Aniqlash usullari


Download 1.61 Mb.
bet45/133
Sana05.01.2022
Hajmi1.61 Mb.
#214827
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   133
Bog'liq
Абдисамат ВАСИДОВ-lotincha (Lotincha)

p=1- Vqur/Vkam (2.19)

bu erda: Vqur va Vkam - quruq va nam tuproq g‘ovagining hajmlari.

Namunalar (m=1 kg va 30 sm chuqurlikdan) xona va dala erlaridan olingan. Kameralarga yig‘ilgan radon eksxalyasiyasini o‘lchash uchun aktiv va passiv usullar qo‘llanilgan. RAD7 radon monitori uchun ekspozitsiya vaqt 1 soat bo‘lsa, SR-39 detektori uchun 60 kunni tashkil qilgan. Tuproqlarning aktivligi va RET quyidagicha aniqlangan: SR-39 detektori bilan 13980-34520 (Bk/m3)/st va 5,67-14 Bk/m2, va KAB7 monitori bilan esa 622-1720 (Bk/m3)/st.

Liviyaning shimoliy sharqida joylashgan Bengazi (Venghazi) talabalar shaharchasidagi qurilish materiallari va devorlar yuzasining radon eksxalyasiya tezligi SR-39 detektori bilan 90 kunlik ekspozitsiyadan keyin aniqlangan [125]. Materiallarning RET tezligi (va aktivligi) quyidagi oraliqlarda topilgan: g‘ishtli devorlar -0,082-0,21 Bk/m2∙st (107,8-278 Bk/m3); marmar - 0,076-0,23 Bk/m2∙st (100-297,7 Bk/m3) va keramik pollar -0,066-0,21 Bk/m2∙st (87-275,3 Bk/m3).

Avstraliyalik olimlar tomonidan [126], mamlakatning shimoliy qismida joylashgan va hozirgi paytda konservatsiya qilingan Nabarlek (Nabarlek) uran konida radon o‘lchash ishlari olib borilgan. SHaxta ochiq (karьer, orep rit mine) tipda bo‘lib, chuqurligi 72 m, uzunligi 230 m, eni 10 m ni tashkil kilgan. Uran konidagi ishlar 1988 yilda to‘xtatilgandan keyin uning ustki maydoni 1 —3 m qalinlikdagi tuproq-shag‘al aralashmasi bilan yopilgan. Ulchash ishlari dala sharoitida, 1999-2002 yillarda avgust-oktyabrь oylarida ko‘mir detektori va RTE-2 radon o‘lchash asbobi yordamida olib borilgan. Ko‘mir detektordagi hosila radioiuklidlarning (214Rb va 214Vi) gamma-aktivligi NaJ(Tl) kristall detektorida o‘lchangan. Mur va Radon nomli shaxtalaridagi RET mos holda quyidagilarni - 8 va 114 mBk/m2∙sek (RTE-2) va 16 va 91 mBk/m2∙sek NaJ(Tl) tashkil qilgan. Nabarlek zonasidagi RET foni 16—408 mBk/m2∙sek diapazonda aniqlangan. 2000 yilda Naberlek shaxtasining yopiq maydoni RETi 904-3700 mBk/m2∙sek atrofida bo‘lsa, 1979 yil ma’lumotkga ko‘ra [127], u erdagi RET mikdori 3700-44000 mBk/m2∙sek ni tashkil qilgan.

Amaliyotda turli usullar bilan LSHda va DSHda o‘lchangan har xil materiallarning RET qiymatlarini taqqoslash va tashxis qilish natijasida muxim ma’lumotlar olish va hulosa chiqarish mumkin bo‘ladi. 2.9-jadvalda turli mamlakatlar mualliflarining laboratoriya va dala sharoitlarida aktiv va passiv metodlar bilan har xil materiallarda aniqlagan RET qiymatlari (qisqartmalar bilan) berilgan.



2.9-jadval


Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling