Antidepressantlar


Download 20.31 Kb.
bet5/5
Sana13.01.2023
Hajmi20.31 Kb.
#1090050
1   2   3   4   5
Bog'liq
ANTIDEPRESSANTLAR.

Ta’sir mexanizmi: kofein fosfodiesteraza fermenti faolligini susaytirib, ayniqsa yurak va miyada sAMFni parchalanishini kamaytiradi, natijada sAMF to‘planadi. Bundan tashqari kofein adenozin bilan raqobatlashadi (chunki ular qarama-qarshi bo‘lgan o‘zgarishlar chaqiradilar). Kofein adenozin ta’sirini yo‘qotadi, chunki uning retseptorlarini bloklaydi. Adenozin bosh miyada qo‘zg‘alish jarayonini kamaytiradi va ularni retseptorlarini metil ksantinlar bilan bloklanishi qo‘zg‘alish jarayonini, shuning uchun ham oshiradi. Kofein organizmning tabiiy metaboliti purin unumlariga o‘xshaydi. SHuning uchun u organizmda tez parchalanadi, yig‘ilib qolmaydi, hamda katta terapevtik ta’sir kengligiga ega.
Qo‘llanilishi: yuqumli kasalliklardagi umumiy zaharlanish, narkotik, uxlatuvchi va shu kabi MNSga susaytiruvchi moddalar bilan zaharlanganda, miya tomirlarini torayishi bilan kechadigan xastaliklarida (migren), ruhiy, aqliy va jismoniy faoliyatni oshirish uchun, gipotoniyalarda. Kofein ichakdan yaxshi so‘riladi. Tarkibida kofeini bor juda ko‘p tabletkalar bor. Xafa qonlik, ateroskleroz, uyqusizlik, glaukoma, qariyalarda ishlatish mumkin emas.
NOOTROP VOSITALAR
(noos - qalb, fikr, tropos – yo‘nalish)
Bu guruh moddalar bosh miyaning organik jarohatlanishi tufayli yuzaga kelgan ruhiy va aqliy qobiliyatni yaxshilaydi, chunki ular miyada energiya almashinuviga ijobiy ta’sir etadilar. GAMK ta’siriga o‘xshab metabolizmni o‘zgartiradilar. Ko‘pgina nootrop vositalar organizmni gipoksiyaga chidamliligini oshiradilar va tirishishga qarshi ta’sir ko‘rsatadilar. Nootrop vositalarning ta’siri sekin asta rivojlanadi va ularni uzoq muddat qo‘llanilgandagina yuzaga keladi (yashirin davri katta).
AMINALON- GAMK-biogen amin bo‘lib, MNSdagi modda almashinuvida ishtirok etadi. GAMK mediator sifatida MNS tormozlanish jarayonida qatnashadi. GAMK energiya hosil bo‘lishini bosh miya to‘qimasinnig nafas olishini, glyukozani ishlatilishini, zaharli moddalarni eliminatsiyasini va bosh miyada modda almashinuvini oshiradi. GAMKning farmakologik ta’siri uning bosh miyadagi dofamin va boshqa retseptorlar bilan bog‘liq GAMKergik retseptorlariga ta’sir etishi bilan bog‘liq. Bunda retseptor sezgirligi va u bilan bog‘lanishni boshqaruvchi oqsil tabiatli GAMK modulining ahamiyati katta. Aminalon bosh miyaning surunkali xastaliklarida aqliy etishmovchilikni kamaytiradi, bunda uning metabolik faolligi muhim rol o‘ynaydi. GEBan GAMK yomon o‘tadi, lekin xastaliklarda GEBdan GAMKni o‘tishi ortadi. GAMK ta’sirida fikrlash, xotira, o‘qish yaxshilanadi, GAMK yumshoq psixostimulyatorlar kabi ta’sir etadi. Miyada qon aylanishini buzilishi tufayli yuzaga kelgan harakat, gapirish va vestibulyar o‘zgarishlarni GAMK bartaraf etadi. Epileptik o‘choqda GAMK miqdorini mo‘‘tadillashishi tufayli aminalon tutqanoq xastaligi xurujlarini kamaytiradi. Aminolon ayniqsa qon bosimi yuqori bo‘lgan hollarda uni tushiradi. Qonda qand miqdorini mo‘‘tadillashtiradi, ya’ni oshgan bo‘lsa kamaytiradi. Kam bo‘lsa oshiradi (glikogenolizni kuchaytiradi). Ta’siri sekin rivojlanadi, davolash bir necha oy davom etadi.
Qo‘llanilishi: - bosh miya qon aylanishining buzilishi tufayli yuzaga kelgan aqliy etishmovchilik (tanqislik), ateroskleroz, insultlardan keyingi holatlar, miyaning lat eyishi, jarohatlari. Alkogol tufayli yuzaga kelgan aql pastlik (telbalik), tug‘ma aql pastlik, tutqanoq xastaligi, gipertoniya.
PIRATSETAM (NOOTROPIL). Ta’siri aminolonga o‘xshash, lekin harakatga ta’sir etmaydi, uyqu chaqirmaydi, og‘riqsizlantiruvchi vositalar ta’sirini kuchaytirmaydi. Kimyoviy tuzilishi siklik GAMKga o‘xshaydi. Zaharsiz. GEBdan yaxshi o‘tadi. Organizmdan o‘zgramagan holda ajratiladi. Aminolonga o‘xshab qo‘llaniladi.
Download 20.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling