Arobiznes korxonalari faoliyatini tashkiliy-iqtisodiy asoslari


Qo‘shimcha mas'uliyatli jamiyati


Download 75.86 Kb.
bet5/6
Sana23.04.2023
Hajmi75.86 Kb.
#1384113
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-мавзу

Qo‘shimcha mas'uliyatli jamiyati

  • Qo‘shimcha mas'uliyatli jamiyatning faoliyati asosan mas'uliyati cheklangan jamiyatga oid huquq normalari bilan tartibga solinadi.
  • Qo‘shimcha mas'uliyatli jamiyatning o‘ziga xos xususiyati uning ishtirokchilarini jamiyat majburiyatlari bo‘yicha javobgarligi ularning ustav kapitaliga qo‘shgan ulushlari bilan cheklanmaganligidadir, ya'ni jamiyatining ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha o‘z mol-mulklari bilan qo‘shgan hissalari qiymatiga nisbatan hamma uchun bir xil bo‘lgan, jamiyatning ta'sis hujjatlarida belgilanadigan, karrali miqdorda solidar tarzda subsidiar javobgar bo‘ladilar.
  • Jamiyatning zaxira fondi uning zararlarini qoplash va jamiyat tomonidan jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni (ulushning bir qismini) olish uchun mo‘ljallangandir.

Unitar korxonalar

  • Unitar korxona - o‘ziga biriktirib qo‘yilgan mol-mulkka nisbatan mulkdor tomonid
  • Unitar korxonaning mol-mulki bo‘linmasdir va u qo‘shilgan hissalar (ulushlar, paylar) bo‘yicha, shu jumladan korxona xodimlari o‘rtasida ham, taqsimlanishi mumkin emas.
  • Unitar korxonaning firma nomida uning mol-mulkining egasi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
  • Unitar korxonani boshqarish organi uning rahbari bo‘lib, bu rahbar mulkdor tomonidan yoki mulkdor vakil qilgan organ tomonidan tayinlanadi hamda ularga hisob beradi.
  • Unitar korxona o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradi.

Aksiyadorlik jamiyatlari

  • Aksiyadorlik jamiyati - ustav fondi (ustav kapitali) aksiyadorlarning aksiyadorlik jamiyatiga nisbatan huquqlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan tijorat tashkiloti.
  • Aksiyadorlik jamiyatining asosiy ustunligi uning yirik ishlab chiqarishni tashkil etishdagi roli va shu asosdagi faoliyatining barqarorligidadir. Masalan, to‘liq shirkatdan to‘liq sherikni chiqib ketishi shirkatni tugatilishiga, mas'uliyati cheklangan jamiyatdan esa uning ishtirokchisini chiqib ketishi ustav kapitalining sezilarli darajada kamayishiga sabab bo‘ladi.
  • Aksiyador esa jamiyatdan chiqib ketayotganda jamiyatdan hech qanday mol-mulk talab qilmaydi, balki o‘ziga tegishli bo‘lgan aksiyani boshqa shaxsga sotib yuborib, o‘z ulushini oladi.
  • Aksiyadorlik jamiyatida ishtirokchilarni jamiyat majburiyatlari bo‘yicha javobgarligining o‘ziga xos ko‘rinishi mavjud.
  • Agar jamiyat zarar ko‘rsa, aksiyador faqatgina aksiya sotib olish uchun sarflagan mablag‘ini yo‘qotadi, xolos.
  • Ishtirokchining cheklangan javobgarligi hamda aksiyalarni sotib yuborish orqali aksiyadorlik jamiyatidan erkin ravishda istalgan vaqtda chiqib ketishi aksiyadorlik jamiyatiga kapitalni jalb etishni osonlashtiradi.

Download 75.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling