Asosiy tushunchalar va tahlil usullari


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/35
Sana05.01.2022
Hajmi1.41 Mb.
#216532
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35
Bog'liq
sistem tilshunoslik leksikologiya fanidan (2)

qulochga  sig’maydi.  1—3-  misollarda  bir  sememaning  (gavdaning  bosh 
bilan  son  oralig’i)
 
turlicha  ko’rinishlari  voqelashadi.  Chunki  bu 
misollarning  barchas ida  [tana]  leksemasi  [bosh],  [bo’yin],  [oyoq.], 
[qo’l]  leksemalari  bilan  o’xshashlik  munosabatida  ko’zatiladi.  Ammo 
to’rtinchi  misolda  esa  [tana]  leksemasi  [shox],  [ildiz],  [barg] 
leksemalari  bilan  o’xshashlik  munosabatiga  kirishadi.  Bu  esa  [ta na] 
leksemasidagi  ayni  sememaning  alo hida,  ikkinchi  semema  ekanligidan 
dalolat  beradi.  Ru hiy  tajriba  ham  buni  tasdiqlaydi.  Ya’ni  [tana] 
leksemasini  esga  olsak,  xotiramizda  1)  inson  gavdasi  va  2)  dar aht  asosi 
gavdalanadi.  Ushbu  ikki  semamaning  o’zaro  bog’liq,  ammo  alohida-


 
65 
alohida  sememalar  ekanligini  bu  seme malarning  bir  xil  qurshovda 
voqelana  olishi  ham  tasdiqlaydi.  Masalan,  (tanasini  kesdi]   so’z 
biriikmasda  har  ikkala  semema  yuzaga  chiqishi  va  boshqa  -  boshqa 
ma’nolarni  anglatishi  mumkin.  Bir  xil  qurshovda  voqelashishi,  shu 
qurshovda  qat’iy  mazmuni  va  vazifasini  saqlashi  til  birliklarining 
mustaqilligini  isbotlovchi  eng  mu him  dalil  ekanligini  ta’kidlash 
ortiqchadir. 
Bir  sememali  leksema  ham  nutqda  ko’p  ma’noli  bo’lishi  mumkin. 
Masalan,  asosan,  bir  sememaga  ega»(bo’lgan  [tan]  leksemasi  insonning 
jismoniy  moddi y  tomonini  ifodalovchi  sifatida  uning  ru hiy  tomoni, 
mohiyatini  ifodalovchi  [jon]  leksemasiga  ziddir.  Ammo  nutqda  u  ikki-
to’rt    ma’noga  ega  bo’lishi  mumkin.  Lug’atda  shu  ma’nolardan  ikkitasi 
qayd etilgan. Misollari  quyidagilar: 1)  bunda qolar sening taning; 2) sog’
 
tanda,  sog’
  AQL
.  Ayni  vaqtda  [tan]  leksemasining  yana  boshqa  nutqiy 
ma’nolari ham bor (masalan: Oilamiz kichik, to’rt tandan iborat edi). 
Shunday  qilib,  tilda  bir  sememali  va  ko’p  sememali  leksemalarni 
farqlash lozim.  Nutqda esa ushbu leksemalar  ko’p  ma’noli  so’zlar sifatida 
yuzaga  chiqishi,  voqelanishi  mumkin.  Chunki  nutqda  faqat  leksema 
sememasining  ko’rinishlari  beriladi.  Barqaror  butunliklarning  nut qiy 
ko’rinishlari, xillari esa cheksizdir. 

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling