Аудиторское заключение


Download 1.55 Mb.
bet13/95
Sana16.06.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1500301
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   95
Bog'liq
Аудит укув кўлланма амалий, 2 13 (2)

4-masala. Siz «Daimler-Benz AG» kompaniyasini tekshirayotgan auditorsiz. Sizning auditorlik kompaniyangizga ofis uchun ijaraga bino kerak. «Daimler-Benz AG» kompaniyasini Sizga o‘zining mulki hisoblangan binoni ijaraga olishni taklif qildi.
Talab qilinadi:

  1. Bu taklif qabul qilinsa, auditorlik kompaniyangizning mustaqilligi yo‘qoladimi? Holatlarni tahlil qiling.

  2. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim.

Masala. "Grant Thornton" auditorlik kompaniyasi 3 yil oldin tashkil etilgan. U hozirgi kunga qadar kattalashib ketgan va o‘z filliallariga ega. Auditorlik kompaniyasi auditorlik xizmati ko‘rsatadi va qo‘shimcha ravishda soliq qonunchiligi masalalari bo‘yicha maslahatlar beradi.
Talab qilinadi:
1. Bu maslahatlar auditorlik xizmatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Masala. “KPMG” auditorlik firmasining auditori Djon Veyxmeyer o‘zining malakaviy xizmati to‘g‘risida matbuotda va radioda reklama qilib, mahoratlilik darajasi va boshqa auditorlarga nisbatan yuqori malakali ekanligini e’lon qildi. Shuning bilan birgalikda xizmati uchun to‘lanadigan so‘mmani ham oshkor qildi.
Talab qilinadi: Auditor Djon Veyxmeyerga kasbiy etika me’yorlariga rioya qilgan holda qanday bo‘lishi haqida maslahat bergan bo‘lar edingiz?
Masala. «Ernst & Young» auditorlik kompaniyasining 3 kishidan iborat auditorlari «Gross insurance» sug‘urta kompaniyasini auditdan o‘tkazmoqda. Auditorlardan biri korxona bosh direktori muoviniga yaqin qarindoshchiligi borligi aniqlandi.
Talab qilinadi:

  1. Bunday holda auditning etika me’yorlariga zid bo‘ladimi?

  2. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim.

Masala. Auditorlardan mijoz-korxona buxgalterlari tomonidan quyidagicha savollar bilan murojaat qilindi:

  1. Joriy hisobot davriga tegishli, hisobot tuzilganga qadar aniqlangan xatolar buxgalteriya hisobotida qanday aks ettiriladi?

  2. Joriy hisobot davrida aniqlangan o’tgan yillardagi xatolar hisobda qanday aks ettiriladi?

  3. Korxona turli faoliyat bilan shug’ullanadigan bo’lsa foyda solig’i bazasi qanday aniqlanadi?

  4. Transport vositasiga 100% eskirish hisoblangan bo’lib shartnoma bahosida 1840000 so’mga sotib olingan. Bu transport vositasiga amortizatsiya hisoblash kerakmi? Transport vositasini asosiy vositalar tarkibiga qqshilganda qanday buxgalteriya provodkalari beriladi?

  5. Korxona telefon o’rnatish va uning xizmati, kommutator xizmati, o’t o’chirish sistemasi, signalizatsiya moslamalari xarajatlari qanday xarajatlar tarkibida hisobga olinadi?

  6. Yilning natijasi bo’yicha o’tkaziladigan majburiy auditorlik xizmati uchun to’lov sarflari qaysi xarajatlar tarkibida hisobga olinadi va soliqqa tortish bazasiga qo’shiladimi?

  7. Temir yo’l chiptasida temir yo’l ta’rifi va sug’urta summasi ko’rsatilgan QQS summasini qanday ajratish mumkin. Temir yo’l chiptasining jami summasidanmi yoki temir yo’l ta’rifi summasidanmi?

  8. Sho’’ba korxona alohida balans va hisob-kitob schyotiga ega. Nizom talablariga ko’ra o’zining tushumini bosh korxonaga pul ko’chirish orqali o’tkazib berish kerak. Bosh korxonaga naqd pulda belgilangan limitda ortiqcha to’lash huquqiga egami?

  9. Xo’jalik shartnomasi shartlarini bajarmaganlik uchun jarima summalari qaysi mablag’lar hisobidan qoplanadi?

  10. Ustav kapitalidagi xorijiy ta’sischilarning ulushini baholash tarkibi qanday amalga oshiriladi?

  11. Kichik korxonalarida yagona soliq to’lash mezonlari qanday tartibda amalga oshiriladi?

  12. Sho’’ba korxona va qaram korxonalarni tuzishda qaysi me’yoriy hujjatlarga asoslanadi?

  13. Safar xizmati xarajatlarini hisobdan chiqarish tartibi qanday amalga oshiriladi?

  14. Xorijiy mamlakatlar bo’yicha safar xizmatlarini hisoblash va hisobdan chiqarish xususiyati qanday amalga oshiriladi?

  15. Vakillik xarajatlari me’yorlari va ularni hisobdan chiqarish qanday amalga oshiriladi?

  16. Reklama xarajatlari me’yorlari va hisobdan chiqarish tartibi qanday amalga oshiriladi?

  17. Kadrlar tayyorlash xarajatlari qanday hisobdan chiqariladi?

  18. Asosiy ishlab chiqarishdagi ishchilar uchun berilgan moddiy yordam pullari mahsulot tannarxiga kiritiladimi?

  19. Kredit foizi summalari mahsulot tannarxiga kiritiladimi?

  20. Korxona investitsiya uchun qilingan sarf xarajatlar, jumladan sotib olingan asosiy vositalar qaysi qiymatda (boshlang’ich yoki qoldiq) soliq solish bazasidan imtiyoz sifatida chegirib tashlanadi?

  21. Asosiy vositalar boshqa tashkilotlarga sotilganda qanday tartibda va qaysi qiymatidan QQS to’lanadi?

  22. Tekinga olingan asosiy vositalarga eskirish hisoblanadimi?


Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling