14
2-MAVZU: AUDITORLIK FAOLIYATINING PREDMETI VA
METODI
Quyidagi atamalarga izoh bering: Auditning ob’ekti va sub’ekti, auditning
predmeti, auditorlik
tekshiruvining usullari, xo‘jalik faoliyatining tahlili,
inventarizatsiya, hujjatli tekshirish, tahliliy amallar, kuzatish, so‘rovnoma o‘tkazish,
kalkulyasiya, baholash, taqqoslash, skanerlash, tanlash, xo‘jalik shartnomalari.
NAZORAT SAVOLLARI
1. Auditorlik faoliyatining predmeti deganda nimani tushunasiz?
2. Auditda qanday tekshiruv metodlaridan foydalaniladi?
3. Tekshiruvda isbot va dalillar olishning
necha xil usullarini bilasiz, ularni
sanang?
4. Auditorlik faoliyatining asosiy prinsiplari nimalar?
5. Audit moliyaviy nazoratning boshqa shakllaridan qanday farq qiladi?
6. Auditning ob’ekti nima, sub’ektlari kimlar?
7. Qanday audit majburiy audit hisoblanadi?
8. Qanday audit tashabbusli audit hisoblanadi?
9. Ichki audit nima?
10. Tashqi audit nima?
11. Auditorlik faoliyati ob’ektlari klassifikatsiyalari?
MAVZU BO’YICHA MASALALAR
1-masala. “Ishonch-audit” auditorlik tashkiloti «Mubina» AJning 2019 yil
uchun moliyaviy hisobotini tekshiruvdan o‘tkazyapti.
Auditorlik tashkiloti “majburiyat-xati” ni
tayyorlashi va ushbu xatni
yozayotganda quyidagilarni e’tiborga olishi kerak:
15
1) xat “Mubina” AJning Kuzatuv Kengashiga yuborilyapti;
2) auditorlik tashkiloti AJning aksionerlari yig‘ilishida tasdiqlanyapti, bu
haqda mijozdan xat olingan;
3) majburiyat-xatida buxgalteriya hisobi va auditga
doir amal qilayotgan
qonunchilikka yo‘llanma berish kerak;
4) mijoz bilan og‘zaki kelishilganlikning mavjudligi:
- mijozga auditning kalendar rejasini taqdim etish haqida;
- faqatgina buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni emas,
balki soliq
hisobotlarini haqqoniyligini tekshirish haqida;
5) xat mijozga 2019 yilning fevralida yuborilyapti;
6) auditni 2019 yil 1 aprelgacha tugatish rejalashtirilyapti.
Talab etiladi. «Mubina» AJning 2019 yil uchun moliyaviy hisoboti auditini
o‘tkazishga rozilik beruvchi auditorlik tashkilotining
majburyat-xati matnini
tayyorlash.
Do'stlaringiz bilan baham: