"Axborot xavfsizligi" kafedrasi Mustaqil ta’lim ish hisoboti Fan “Kiberxavfsizlik asoslari” Guruh : 21-04 Talaba : Mamatova Maxzuna Rahbar: Rahmatullayev Ilhom samarqand 2022


Elektron raqamli imzo kimlarga beriladi?


Download 0.55 Mb.
bet5/10
Sana20.11.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1788414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mamatova Maxzuna

Elektron raqamli imzo kimlarga beriladi?
ERI kalitlarning sertifikatlari yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bo‘yicha beriladi. Murojatt qilgan shaxs ro‘yxatdan utish va ERI kalitining sertifikatini olish uchun soliq xizmatlari organlarida hisobda turishi zarur (soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami -STIRbo‘lish kerak)
Elektron raqamli imzoni qayerdan olish mumkin?
Bugungi kunga kelib, 6 ta rasmiy davlat ro‘yxatidan o‘tgan (amaldagi) elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish markazlari faoliyat yuritib kelmoqda:

  • Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi;

  • Markaziy bank Xavfsizlik va axborotni muhofaza qilish departamenti;

  • Davlat bojxona qo‘mitasi;

  • Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi “UNICON.UZ” Davlat unitar korxonasi;

  • Moliya vazirligi huzuridagi Axborot-hisoblash markazi Davlat unitar korxonasi;

  • “INTELLECT SOFT” xususiy korxonasi.

Siz shu markazlardan biriga murojaat qilishingiz mumkin.
Elektron raqamli imzoni qanday olish mumkin?
Bundan buyon tadbirkorlik sub’yektlarini davlat ro‘yxatiga olish chog‘ida ro‘yxatga oluvchi organ tomonidan elektron raqamli imzo kalitlari ham topshiriladi.
Agar siz jismoniy shaxs sifatida elektron raqamli imzo olmoqchi bo‘lsangiz, Yagona portaldagi “Jismoniy shaxslar uchun elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlarini berish uchun arizalarni qabul qilish” xizmatidan foydalaning. Yoki ushbu havolaga kirib, shu yerdan xizmat ko‘rsatuvchini tanlang.
Xizmatni ko‘rsatish uchun qanday hujjatlar kerak bo‘ladi?

  1. O‘rnatilgan tartibda ERI kalitini tayyorlash yoki ERI kaliti sertifikatini berish bo‘yicha to‘ldirilgan va o‘z qo‘li bilan imzolangan ariza;

  2. Arizachining pasport nusxasi;

  3. Xizmat ko‘rsatish uchun ariza tomonidan to‘ldirilgan va o‘z qo‘li bilan imzolagan shartnoma;

  4. Shartnoma bo‘yicha xizmat uchun to‘lov to‘langanligi kvitansiyasi yoki to‘lov talabnomasi.

Har bir xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan boshqa qo‘shimcha hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.
ERI olish uchun uni olayotgan shaxs tomonidan eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdoridagi to‘lov amalga oshiriladi. Buni Click, MBANK, UPAY to‘lov tizimlari orqali onlayn ham amalga oshirish mumkin.
Natija
Arizachiga elektron hujjat ko‘rinishida va qog‘oz shaklidagi hujjat ko‘rinishida yuridik va jismoniy shaxslarning Elektron raqamli imzolari kalitlari sertifikatlari beriladi.


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling