Axborot xurujiga qarshi yoshlarda ogohlik tuygularini tarbiyalash


Download 1.5 Mb.
bet5/13
Sana19.06.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1606680
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Dissertatsiya

Bunday informatsiyalar jamiyatda ma’lum ijtimoiy fikrning shakllanishiga ta’sir etmay qolmaydi. Shu munosabat bilan birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning yoshlarni ochiq axborot olish davrida hukm suradigan umumbashariy axloqiy inqirozdan asrash muammosiga alohida e’tibor qaratgani diqqatga sazovor: ―.keyingi yillarda ko‘plab namoyish etilayotgan jangarilik filmlarini olaylik, - deydi U. - Bu filmlarni ko‘pchilik, ayniqsa, yoshlar maroq bilan ko‘radi, chunki odamzot tabiatan mana shunday to‘polonlarni tomosha qilishga moyil… Afsus bilan ta’kidlashimiz lozim: tarix tajribasi shundan dalolat beradiki, inson tabiatidagi insoniylikdan ko‘ra vahshiylik, ur-yiqit instinktlari, ya’ni xattiharakatlarini qo‘zg‘atib yuborish osonroq. Ongi shakllanib ulgurmagan aksariyat yosh tomoshabinlar bunday filmlardan ko‘pincha turli yovuzlik, yirtqichlik, shafqatsizliklarni o‘rganadi, xolos. Natijada ularning diydasi qotadi, qalbidan toshbag‘irlik, zo‘ravonlik, axloqsizlik kabi illatlar joy olganini o‘zi ham sezmay qoladi. Hatto shunday tomosha va filmlarning qahramonlariga ko‘r-ko‘rona taqlid qilishni istaydigan yigit-qizlar ham topiladi. Chunki ular bunday uydirma talqinlar ta’sirida qo‘l urayotgan ishi qanday ayanchli oqibatlarga olib kelishini tushunib yetmaydi.

II BOB. Oʼzbekistonda axborot sohasidagi oʼzgarishlar davrida milliy mustaqillikni asrash g‘oyalari

II BOB. Oʼzbekistonda axborot sohasidagi oʼzgarishlar davrida milliy mustaqillikni asrash g‘oyalari

Bugungi kunga kelib ijtimoiy boshqaruv texnologiyalari yanada rivojlanganligini hamda takomillashganligini qayd etish zarur. Zamonaviy ommaviy ommaviy axborot kommunikatsiyalari axborotdan foydalanish samaradorligini bir necha karra kuchaytirish orqali mutlaqo yangi imkoniyatlar yaratdi. Hokimiyat va ijtimoiy boshqaruv texnologiyasi evolyusiyasining asosiy yo‘nalishi, ularni o‘zgartirish va takomillashtirishdan ko‘zlangan maqsad – mablag‘ hamda resurslarni imkon qadar kamroq sarflagan holda odamlarga ta’sir ko‘rsatishning eng yuqori samarasiga erishishdan, ularning ixtiyoriy bo‘ysinuvini ta’minlashdan iborat bo‘lgan va hozirgi vaqtda ham shunday bo‘lib qolmoqda.Bu borada postindustrial jamiyatda asosiy e’tibor mashinalarni o‘zgartirishga emas, axborotga, kishilar ongi va madaniyatini o‘zgartirishga qaratilishi haqidagi g‘oyalarni ilgari surgan amerikalik sotsiolog O.Tofflerning fikrlarini eslash maqsadga muvofiqdir. Hokimiyat resurslarini iloji boricha kamroq sarflab, mo‘ljallangan maqsadlarga erishish: odamlarni ular ushbu maqsadlardan manfaatdor bo‘lishga ishontirish; dushmanlarni ittifoqchilarga aylantirish imkonini beradigan bilimlar hozirgi zamon hokimiyati faoliyatining sifatini oliy darajaga ko‘taradi va samaradorlgini eng ko‘p darajada oshiradi.


Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling