Axloq falsafasi (etika)


Download 448.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/40
Sana31.01.2024
Hajmi448.18 Kb.
#1828455
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40
Bog'liq
Falsafa 6 mavzu

Tinchlikparvarlik. Bu axloqiy tamoyil ham insoniyat hayotida muhim ahamiyatga ega. 
Chunonchi, tinchlikparvarlik urushning, qon to‘kishning har qanday ko‘rinishini inkor etadi, oddiy 
tinchliksevar shaxsning tinch–totuv yashashga bo‘lgan ijobiy munosabati bilangina chegaralanib 
qolmaydi, balki dushmanlik va tajovuzkorlikka qarshi kurashni, zarba berishni taqozo etadi. Unda 
tinchlik haqida chiroyli gaplar aytish, yig‘inlarda ma’ruzalar qilish emas, balki faol xatti–harakat, 
uyushtiruvchilik, tashkilotchilik birinchi darajali zaruriy faoliyat hisoblanadi.


Tinchlikparvarlar fidoyi insonlardir. Ularning ana shu fidoyilarcha xatti–harakatlari pirovard 
natijada har bir inson hayotiga takrorlanmas noyob qadriyat sifatida qarashga, har bir fuqaro 
qadrini, har bir davlat suverenitetini, har bir millatning o‘z hayot tarziga monand yashash huquqini 
muqaddas deb tan olinishiga olib keladi, mamlakatlararo jamoat tartibini saqlashga, avlodlar 
ravnaqiga, tarixiy–madaniy hamkorlikka, millatlar va turli ijtimoiy guruhlar orasida o‘zaro 
tushunishning qaror topishiga xizmat qiladi.
Shuni ham ta’kidlash joizki, ba’zi ulug‘davlatchilik va buyukmillatchilik ruhi hukmron 
bo‘lgan jamiyatlarda tinchlikparvarlar quvg‘in qilinadilar, turmalarga tashlanadilar. Lekin ular o‘z 
tamoyillaridan hech qachon qaytmaydilar. Ular insoniyatni barcha bahsli masalalarni tinch yo‘l 
bilan hal qilishga chaqiradilar, Er yuzida tinchlik o‘rnatish uchun tinimsiz kurash olib boradilar. 
Shunday tinchlikparvar buyuk siymolardan biri sifatida zamondoshimiz, ulug‘ ingliz faylasufi, 
Nobel mukofoti sovrindori Bertran Rassel (1812–1970) shaxsini misol qilib keltirishimiz mumkin. 
O‘ttiz olti yoshida Qirollik Jamiyatiga a’zo bo‘la olgan, har jihatdan jamiyatda obro‘ga ega 
faylasuf tinchlikparvarlik faoliyati uchun ikki bora (dastlab Birinchi jahon urushi paytida, ikkinchi 
marta – AQSHning Vetnamdagi bosqiniga qarshi kurash olib borganida) ingliz ma’muriyati 
tomonidan turmaga tashlandi. Lekin «insonparvarlik va hurfikrlilik havoriysi» (Rassel Nobel 
mukofoti bilan birga shunday faxrli nomni ham olgan edi) umrining so‘nggigacha 
tinchlikparvarlik tamoyilidan chekinmadi. 

Download 448.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling