Azim Hojiyev


Download 70.64 Kb.
Sana01.04.2023
Hajmi70.64 Kb.
#1317292
Bog'liq
Azim Hojiyev


Azim Hojiyev (1933.18.12, Toshkent viloyati Toshkent tumani) – tilshunos. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (2000), Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi (2000), filol. fanlari doktori (1968), professor (1977). Oʻrta Osiyo universitetining filol. fakultetini tugatgan (1956). Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot institutida kichik, katga ilmiy xodim (1959–69), boʻlim mudiri (1969-90), di-rektorning ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari (1969–73; 1985-90), bosh ilmiy xodim (1998-yildan). Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Tilshunoslik institutining direktori (1991–98), ayni paytda "Oʻzbek tili va adabiyoti" jurnalning bosh muharriri. H.ning ilmiy ishlari oʻzbek tili grafikasi va imlosi, morfologiyasi (xususan feʼl turkumi) va soʻz yasalishi, leksikologiyasi va leksikografiyasi, termi-nologiyasiga, hozirgi oʻzbek tilining shakllanish va rivojlanish tarixiga bagʻishlangan. Oʻzbek tilshunosligi tarixida alohida oʻrin tutadigan "Oʻzbek tili grammatikasi" (1–2 j.lar, 1975–76), "Hozirgi oʻzbek adabiy tili. 1-qism" (1980), 2 j.li "Oʻzbek tilining izohli lugʻati" (1981), "Oʻzbek tili leksikologiya-si" (1981) va boshqa ilmiy asar, darslik, lugʻatlar H. ishtirokida tayyorlangan. Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida"gi, "Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida"gi qonunlarini amalga oshirish maq-sadida yangi alifbo asosida yaratilgan "Oʻzbek tilining asosiy imlo qoidalari" va "Oʻzbek tilining imlo lugʻati" (1995) ham H. rahbarligi va ishtirokida tuzilgan. H. hozirgi kunda nashrga tayyorlanayotgan 4 j.li "Oʻzbek tilining izohli lugʻati"ning asosiy tuzuvchilaridan.
Download 70.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling