O’zbek tilining asosiy imlo qoidalari. Unli va undosh harflar imlosi, asos va qo’shimchalar imlosi
(2-amaliy mashg‘ulot, 2 soat)
Reja:
O’zbek-lotin alifbosining imlo qoidalari.
O’zbek tili imlosining nazariy asoslari va tamoyillari.
O’zbek tili imlo qoidalarining bo’limlari
Unlilar imlosi
Yonma-yon keladigan unlilar imlosi
Undoshlar imlosi
Yonma-yon keladigan undoshlar imlosi
Asos va qo’shimchalar imlosi
Tayanch so‘z va iboralar: lotin alifbosi, imlo, imlo qoidalari, orfografiya, unli harflar, undosh harflar, asos, qo’shimcha, alifbo, harf
Nazorat uchun savollar:
“Lotin grafikasiga asoslangan yangi o’zbek alifbosiga o’tish to’g’risida”gi qonun qachon imzolandi?
Alifbo nima?
Harf nima?
“Orfografiya” so’zining ma’nosi?
“Orfografiya” nima?
O’zbek tili imlosining nazariy asoslari va tamoyillarini bilasizmi?
Tutuq belgisining qanday vazifalari bor?
Topshiriqlar:
1-topshiriq. Kirill va lotin yozuviga asoslangan alifbolar bo’yicha tuzilgan imlo qoidalari haqidagi fikrlaringizni og’zaki bayon eting
2-topshiriq. Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosiga o’tilishi munosabati bilan ishlab chiqilgan imlo qoidalari va uning ayrim bandlari bo’yicha fikrlaringizni og’zaki bayon eting
3-topshiriq. O’zbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida”gi qonunini o’qing
4-topshiriq. O’zbek lotin yozuvi tarixi haqida gapiring
5-topshiriq. Yangi o’zbek lotin alifbosi haqida gapiring
6-topshiriq. Asos va qo’shimchalar imlosi haqida so’zlang
7-topshiriq. Qo’sh unli harflarning ishlatilishini aytib bering
8-topshiriq. Qo’sh undosh harflarning qo’llanishini izohlang
9-topshiriq. Harflarning qo’shaloq kelishiga misollar ayting va daftaringizga yozing
Do'stlaringiz bilan baham: |