MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR
1-Mashq. Berilgan so’zlarning birinchi harflariga qarab alifbo tartibida joylashtiring.
Sabzavot, zamin, gulbog’, dangasa, xo’roz, muallim, kitob, baxt, hunar, xarsang, teletanlov, teleko’rsatuv, teleserial, televizor, tarjimon, xazina, bahor, yulduz
2-Mashq. Matnni o’qing. Tutuq belgisi haqida olgan nazariy ma’lumotlaringiz asosida misollar tuzing.
Tutuq belgisining vazifalari:
A’lo, ra’no kabi so’zlarda unlidan keyin kelib, uning cho’ziqroq talaffuz qilinishini talab etadi
San’at, in’om singari so’zlarda unlidan oldin qo’yiladi va unlining undoshdan ajratib talaffuz etilishini ifodalaydi
Is’hoq, as’hob kabi so’zlarda “s” va “h” undoshlarini “sh” harf birikmasidan farqlash uchun ishlatiladi
San’at-sanat, sa’va-sava, qal’a-qala, she’r-sher, ta’na-tana, a’yon-ayon kabi so’zlarda so’z ma’nosini farqlaydi
Mo’tadil, mo’jiza, mo’tabar kabi so’larda tutuq belgisi yozuvda tushirib qoldiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |