B ibragimov, M. Ibragimov


Hakamlik hujjatlari blankalari


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/184
Sana21.11.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1792562
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   184
Bog'liq
SPORT TURLARI BOYICHA MUSOBAQALAR ДАРСЛИК

Hakamlik hujjatlari blankalari 
Yengil atletika musobaqalarida 50 turga yaqin blanklardan foydalaniladi
lekin buncha miqdordagi blanklar faqat eng yuqori darajadagi musobaqalar uchun 
kerak. 
Hakamlik blanklari o’z vazifasiga ko’ra guruhlarga bo’linadi. 
Talabnoma hujjatlar: 
- talabnoma (erkaklar va ayollar uchun alohida); 
- ishtirokchi varaqasi (umumiy, o’nkurash uchun, yettikurash uchun, estafeta 
jamoasi uchun); 
- ishtirokchi 
so’rovnomasi, jamoa tarkibi haqida so’rovnoma – 
ma’lumotnoma.


28 
Yugurish va sportcha yurish uchun hujjatlar: 
- umumiy qaydnoma; 
- final qaydnomasi; 
- marra qaydnomasi; 
- vaqt o’lchovchi qaydnomasi; 
- fotomarra qaydnomasi; 
- oraliq vaqt qaydnomasi; 
- davralar bo’ylab yugurish qaydnomasi; 
- masofadagi hakam qaydnomasi; 
- sportcha yurish bo’yicha qaydnoma (hakamlik yozuvlari, jamlovchi 
qaydnoma, uslub bo’yicha hakam qaydnomasi); 
- marafoncha yugurish va sportcha yurish trassasida ovqatlanish joyini tashkil 
etish uchun talabnoma. 
Sakrash va uloqtirishlar uchun hujjatlar: 
- uzunlikka va uch hatlab sakrash bo’yicha 6 ta urinishga, shuningdek, 
uloqtirishlar uchun musobaqa qaydnomalari
- balandlikka va langarcho’p bilan sakrashlar bo’yicha musobaqa 
qaydnomasi; 
Yordamchi hujjatlar: 
- qo’shimcha talabnoma – qayta talabnoma blanklari
- boshlang’ich balandliklar haqida ma’lumotlar; 
- shamol tezligini o’lchash qaydnomasi; 
- hakamlarning tayinlanish qog’ozi; 
- musobaqa g’oliblari va sovrindorlari to’g’risida ma’lumotlar; 
- rekordlarni qayd etish dalolatnomalari blanklari; 
- sportchilar uchun ko’rsatilgan natijalar haqida ma’lumotlar.
Ishtirokchilarning raqamlari 
Raqam berishning bir necha tizimi mavjud: 
- raqam ketma-ket beriladi; 


29 
- raqamlar dasturdagi alohida turlar yoki turlarning guruhlari bo’yicha berilib, 
bu turlarning qo’shilishi amalda hech qachon yuz bermaydi; 
- raqamlar ishtirokchilar guruhlari bo’yicha beriladi (masalan, ommaviy 
krosslarda – poygalar bo’yicha). 
Ayrim tashkilotlarda ishtirokchilarga (yoki jamoalarga) butun mavsum uchun 
o’zgarmas raqamlar beriladi. 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling