B ibragimov, M. Ibragimov


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/184
Sana21.11.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1792562
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   184
Bog'liq
SPORT TURLARI BOYICHA MUSOBAQALAR ДАРСЛИК

Kotibiyatning tuzilishi 
Bosh kotib uning muovinlari 
Dispetcher 
Hujjatlarni 
berish guruhi 
Hakamlar 
hujjatlarini 
qabul qilish 
guruhi 
Statistika va 
rekordlar 
guruhi 
Varaqalarga 
ishlov berish 
guruhi 
Jamoaviy 
natijalar 
guruhi 
Ma’lumot berish guruhi 
Materiallarning nusxasini 
ko’paytirish guruhi 
Turli toifali musobaqalarda guruhlar va ulardagi kotiblar miqdori o’zgarishi 
mumkin. Barcha hollarda kotibiyatning o’ziga xos tuzilishini hamda ish tartibini 
ishlab chiqish lozim.
Bosh kotibning faoliyati 
Bosh kotib musobaqaning bosh hakamiga bo’ysunadi. Bosh kotibning 
majburiyalari: 
- bosh kotibiyat a’zolari orasida vazifalarni taqsimlash va ularning ishini 
tashkil etish; 
- shaxsiy va texnik talabnomalarning qabul qilinishini tashkil etish 
(ishtirokchilarni musobaqalarga kiritish hay’ati bilan hamkorlikda); 
- qaydnomalarni tayyorlash va ularni barcha xizmatlarga tarqatish; 
- alohida sport turlari bo’yicha kotiblar guruhlariga ko’rsatmalar berish va 
ular faoliyatini nazorat qilish; 
- shaxsiy va jamoaviy musobaqalar, shuningdek, ko’pkurashlar natijalarini 
chiqarish; 


15 
- rekord dalolatnomalari tuzilishining to’g’riligini ta’minlash va nazorat 
qilish; 
- natijalar to’g’risidagi ma’lumotlarni bosib chiqarish va nusxasini 
ko’paytirishga rahbarlik qilish; 
Startyor va uning yordamchilari 
1. Startyorlar hay’ati tarkibiga kiradigan hakamlar startyor etib tayinlanishi 
mumkin. 
Asosiy startyorning eng muhim vazifasi – ishtirokchilarning ham start 
signaligacha yugurishni boshlab yubormaydigan tarzda start berishdan iborat
qo’shimcha startyorlarning vazifasi – agar ishtirokchilar start qoidasini buzgan 
bo’lsalar va asosiy startyor ularni qaytarmagan bo’lsa, to’xtash va joylariga qaytish 
uchun signal berishdan iborat. 
Startyorning majburiyatlari: 
- ishtirokchilarning kelganligini tekshirish, start bayonnomasiga qayd etish
keyin marradagi kotibga topshirish; 
- startda mavjud jihozlarni tekshirish; 
- startda ishtirokchilar egallagan holatning to’g’riligini tekshirish; 
- agar oldinroq qur’a tashlanmagan bo’lsa, uni amalga oshirish.

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling