B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi


Risklar nazariyasi, fikrlar va muammolar


Download 0.55 Mb.
bet9/179
Sana21.04.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1374305
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   179
1.3. Risklar nazariyasi, fikrlar va muammolar


Risk insoniyat faoliyatining barcha bosqichlarida mavjud bo‘lgan tarixiy va iqtisodiy kategoriya bo‘lib, u kishilar faoliyatida yoki tabiiy hodisalarda mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar salmog‘ini bildirgan hamda tarixan jamiyat rivojlanishi bilan odamlarning halokatdan qo‘rqish darajasiga moslashib turgan.

15


Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi riskning iqtisodiy kategoriya sifatida yuzaga kelishiga va subyektlar faoliyatida mus-tahkam o‘rnashib olishiga imkoniyat yaratdi. Shuning uchun ham risklar bizni tunu-kun, har yer va har joyda o‘rab kelmoqda. U bizning hayotimizda har doim ham qochib bo‘lmaydigan va yechish lozim bo‘lgan bir jarayon bo‘lib biror-bir natijani yuzaga kelishiga asos bo‘ladi. Bunday natija salbiy va ijobiy bo‘lishi mumkin. Riskning sinonimi sifatida biz ishonchizlikni, imkoniyatsizlikni, bir voqea bo‘lish-bo‘lmasligini oldindan aytib bera olmaslik kabilarni misol qilib ko‘rsatishimiz ham mumkin. Insoniyat tabiatan riskdan qochishga intiladi. Agar biz riskni nazorat qila olmasak, odatda, un-dan qochishga harakat qilamiz. Chunki, har qanday ishonchsizlik o‘ziga xos tarzda ma’lum darajadagi yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin. Endi riskning tub mohiyatini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, “risk” so‘zi ispancha - portugalcha so‘zdan olingan bo‘lib, “suv ostidagi qoya” degan ma’noni bildiradi. Shuning uchun ham risk xavf tug‘dirish ehtimoli mavjudligini ifoda qiladi.


Taniqli lug‘atchi olim S.I.Ojegov va N.Y.Shevedovaning rus tili lug‘atida “risk” bu “muvaffaqiyatga intilish, baxtli hodisa, umid” degan ma’noni anglatadi deyilsa5, V.T.Sevruk “risk – bu zarar ko‘rish yoki manfaatni qo‘ldan chiqarish bilan bog‘liq ehtimollar o‘lchamidir” degan ta’rif beradi6.


Professor V.M.Usoskin “Risk doimo noaniqlik bilan birga kelib, oxirgi o‘z navbatida oldindan ko‘ra bilish qiyin yoki mumkin bo‘lmagan voqealar bilan bog‘liq bo‘ladi” deb izohlaydi7.


P.G.Grabovoy, S.N.Petrova, S.I.Poltavsevlarning “Риски в современном бизнеса” kitobida “Risk - bu korxona resurslarining bir qismini yo‘qotish yoki daromad ololmaslik, qo‘shimcha xarajatlar qilish xavfidir”8, deb ta’rif berganlar.


1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling