Mavzu: Zamonaviy (amaliy) moliya va risklar


Download 309.2 Kb.
bet1/4
Sana08.03.2023
Hajmi309.2 Kb.
#1251220
  1   2   3   4
Bog'liq
OrtiqovJaxongir GaipovYusufjon

Mavzu: Zamonaviy (amaliy) moliya va risklar

Guruh: SMMT-87

Talaba: Ortiqov Jaxongir Zokir o‘g‘li

Talaba: Gaipov Yusuf Akmal o‘g‘li

Reja:

1. “Moliyaviy risklar nazariyasi” kursining tarkibi va yo`nalishlari hamda boshqa iqtisodiy fanlar bilan aloqasi.

2. Iqtisodiyotning turli bo`g`inlarida risklar.

3. Risklar nazariyasi, fikrlar va muammolar.

 

1. “Moliyaviy risklar nazariyasi” kursining tarkibi va yo`nalishlarihamda boshqa iqtisodiy fanlar bilan aloqasi “Moliyaviy risklar nazariyasi” fani moliya sohasida yuzaga keluvchi xavf-xatar va risklarni tasniflash sohasida kasbiy bilim beruvchi, bo`lg`usi moliyachilarni mazkur risklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshirishga yo`naltiruvchi, hamda risklarni baholash va boshqarishning asosiy qonunlarini o`rgatuvchi fandir. Ma`lumki, moliya sohasida risklarni minimallashtirishga risk strategiyasini ishlab chiqish orqali erishish mumkin.

Moliyaviy risklarni boshqarish tizimi riskning yuzaga kelishini oldindan xom-cho`t qilish, risk tufayli yuzaga keladigan salbiy xolatlarga yo`l qo`ymaslik yoki ularning ta`sirini kamaytirish borasida chora-tadbirlar, usullar yig`indisini o`z ichiga oladi. Moliyaviy risklarni boshqarish tizimining ob`ekti moliya sektori faoliyatida yuzaga keluvchi risklar bo`lsa, uning sub`ekti sifatida riskga o`z ta`sirini o`tkazuvchi guruh, moliya sohasi hodimi yoki menejeri hisoblanadi.

Moliyaviy risklarni boshqarish strategiyasini ishlab chiqish uchun bank faoliyatini chuqur bilish, moliyaviy korxonalari bajaradigan operatsiyalarning samaradorligini aniqlay bilish, banklarning kredit, investitsiya, valyuta siyosati va boshqa faoliyatlari bo`yicha optimal qarorlar qabul qilishga erishish, mijozlarning xo`jalik faoliyati va ularning moliyaviy ahvoli, tarmoqlar faoliyatining xususiyatlari va boshqalarni bilish lozim.


Download 309.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling