Moliya” fanidan mustaqil ishi mavzu: Zamonaviy (amaliy) moliya va risklar. Tayorladi m-90-2 guruh talabasi Juraboyev Jaxongir Rustam o`g`li
Download 117.42 Kb.
|
Zamonaviy (amaliy) moliya va risklar JURABAYEV J
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy rahbar: ALLAYAROV S. R.
- 3. Iqtisodiyotning turli bo`g`inlarida risklar.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI SIRTQI BO’LIM IKKINCHI OLIY TA’LIM SOLIQLAR VA SUG`URTA FAKULTETI “DAVLATIY MOLIYA” KAFEDRASI “MOLIYA” FANIDAN MUSTAQIL ISHI MAVZU: Zamonaviy (amaliy) moliya va risklar. Tayorladi M-90-2 guruh talabasi Juraboyev Jaxongir Rustam o`g`li Ilmiy rahbar: ALLAYAROV S. R.TOShKENT – 2022 yil. REJA:“Moliyaviy risklar nazariyasi” kursining tarkibi va yo`nalishlari hamda boshqa iqtisodiy fanlar bilan aloqasi.Risklarni turlariga ajratish.3. Iqtisodiyotning turli bo`g`inlarida risklar.4. Risklar nazariyasi, fikrlar va muammolar.5. Risk menejment tizimining tarkibiy elementlari1. “Moliyaviy risklar nazariyasi” kursining tarkibi va yo`nalishlari hamda boshqa iqtisodiy fanlar bilan aloqasi“Moliyaviy risklar nazariyasi” fani moliya sohasida yuzaga keluvchi xavf-xatar va risklarni tasniflash sohasida kasbiy bilim beruvchi, bo`lg`usi moliyachilarni mazkur risklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshirishga yo`naltiruvchi, hamda risklarni baholash va boshqarishning asosiy qonunlarini o`rgatuvchi fandir. Ma`lumki, moliya sohasida risklarni minimallashtirishga risk strategiyasini ishlab chiqish orqali erishish mumkin Moliyaviy risklarni boshqarish tizimi riskning yuzaga kelishini oldindan xom-cho`t qilish, risk tufayli yuzaga keladigan salbiy xolatlarga yo`l qo`ymaslik yoki ularning ta`sirini kamaytirish borasida chora-tadbirlar, usullar yig`indisini o`z ichiga oladi. Moliyaviy risklarni boshqarish tizimining ob`ekti moliya sektori faoliyatida yuzaga keluvchi risklar bo`lsa, uning sub`ekti sifatida riskga o`z ta`sirini o`tkazuvchi guruh, moliya sohasi hodimi yoki menejeri hisoblanadi. Moliyaviy risklarni boshqarish strategiyasini ishlab chiqish uchun bank faoliyatini chuqur bilish, moliyaviy korxonalari bajaradigan operatsiyalarning samaradorligini aniqlay bilish, banklarning kredit, investitsiya, valyuta siyosati va boshqa faoliyatlari bo`yicha optimal qarorlar qabul qilishga erishish, mijozlarning xo`jalik faoliyati va ularning moliyaviy ahvoli, tarmoqlar faoliyatining xususiyatlari va boshqalarni bilish lozim. Moliyaviy risklarni boshqarish strategiyasi xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning barcha imkoniyatlaridan to`la foydalanish, korxonalarni rivojlantirish istiqbollarini belgilab berish va moliyaviy risklarni oldini olib banklar faoliyatining samaradorligini oshirishga imkon yaratadi. Hozirgi paytda O`zbekistonda ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayoni moliya-bank sektorini barqaror faoliyat yurituvchi tizimini yaratishni ko`zda tutadi. Chunki moliya-bank sektori bozor infratuzilmasining muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Ularning barqarorligi davlat ahamiyatiga egadir.Download 117.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling