Moliya” fanidan mustaqil ishi mavzu: Zamonaviy (amaliy) moliya va risklar. Tayorladi m-90-2 guruh talabasi Juraboyev Jaxongir Rustam o`g`li


Download 117.42 Kb.
bet2/8
Sana24.12.2022
Hajmi117.42 Kb.
#1050776
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Zamonaviy (amaliy) moliya va risklar JURABAYEV J

Markazlashgan iqtisodiyot sharoitida barcha xo`jalik sub`ektlari qat`iy yo`riqnomalar, buyruqlar, me`yoriy xujjatlar bo`yicha faoliyat olib borganligi uchun risk va uning darajasini o`ylashga to`g`ri kelmasdi. Oldindan qancha foyda olish yoki zarar ko`rish mumkinligi aniq bo`lar edi. Ko`rilgan zarar odatda, korxonaning yuqori tashkiloti yoki vazirlik tomonidan, ba`zi xollarda turli xil yo`qotishlar bilan birga budjet mablag`lari hisobidan qoplanardi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat ko`rsatish korxonalardan faoliyatning yuqorida keltirilgan tamoyillarini o`zgartirishni talab qiladi. Zamonaviy moliya-bank tizimini risksiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Moliya sohasini risksiz operatsiyasi yo`q, uning barcha operatsiyalari risk bilan bog`liq bo`lib, ularning darajasi operatsiya turiga qarab har xil bo`lishi mumkin. Moliya-bank amaliyotida riskni umuman yo`q qilish mumkin emasligi bois, uni oldindan ko`ra bilish, uni kamaytirish choralarini ko`rish lozim.

Shunday qilib, yuqorida bayon etilgan fikrlar kursning asosiy yo`nalishlarini tashkil etib, ushbu yo`nalishlarning mazmun va mohiyatini chuqur o`rganish va bo`lg`usi moliyachilargaa o`rgatish “Moliyaviy risklar nazariyasi” fanining asosiy maqsadini tashkil etadi. “Moliyaviy risklar nazariyasi” fani moliya-bank sohasi faoliyatida yuzaga keluvchi risklar, ularning turlari, tahlili va ularni hisoblash yo`llari, tijorat banklari kredit siyosati va uning mezonlari, tijorat banklarining kreditlash jarayoni bilan bog`liq risklar, mijozning kreditga layoqatlilik ko`rsatkichlari va ularni takomillashtirish yo`llari, moliya sohasi korxonalari faoliyatida yuzaga keluvchi boshka risklar va ularni boshqarish masalalarini o`z ichiga olgan.

Moliyaviy risklar deganda korxonalarning boshqa moliyaviy tashkilotlar bilan o`zaro moliyaviy munosabatlarini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan risklarni tushunish mumkin. Bularga misol qilib, korxonalarni tijorat banklari, sug`urta kompaniyalari, investitsion kompaniyalar, fond birjalari va boshqa moliyaviy muassasalar bilan moliyaviy munosabatlarni amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan moliyaviy risklarni kiritishimiz mumkin. Korxonalarda moliyaviy risklarni yuzaga kelishiga misol uchun, inflyatsion omillar, banklarda kreditlarni foiz stavkalari ortib ketishligi, qimmatli qog`ozlarning narxining tushib ketishligi kabi omillar ta'sir qiladi.


Download 117.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling