Mavzu: Foiz risklarining iqtisodiy mohiyati va uni yuzaga kelish sabablari
Mavzu: Foiz risklarining iqtisodiy mohiyati va uni yuzaga kelish sabablari Guruh:________________________ Bajardi: _______________________ Qabul qildi: ___________________
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MOLIYA INSTITUTI
Reja: Kirish Kirish Markazlashgan iqtisodiyot sharoitida barcha xo‟jalik sub‟ektlari qat‟iy yo‟riqnomalar, buyruqlar, me‟yoriy hujjatlar bo‟yicha faoliyat olib borganligi uchun risk va uning darajasini o‟ylashga to‟g‟ri kelmasdi. Oldindan qancha foyda olish yoki zarar ko‟rish mumkinligi aniq belgilab qo'yilardi. Ko‟rilgan zarar odatda, korxonaning yuqori tashkiloti yoki vazirlik tomonidan, ba‟zi hollarda turli xil yo‟qotishlar bilan birga budjet mablag‟lari hisobidan qoplanardi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‟jalik faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalardan faoliyatning yuqorida keltirilgan tamoyillarini o‟zgartirishni talab qiladi. Endi har bir bozor munosabatlari sub‟ektining faoliyati qonun doirasida o‟z me‟yorlariga ega bo‟ldi. Nobarqaror, tez o‟zgarib turuvchi bozor munosabatlari sharoitida banklar o‟z mijozlari, raqobatchilari tomonidan bo‟ladigan harakatlar va qonun hujjatlari o‟zgarishi bilan bog‟liq turli xil natijalar va ularning bank faoliyatiga ta‟sirini inobatga olib borishi lozim. Chunki bunday o‟zgaruvchan holatlar bank faoliyati davomida yuqori risk qilishga olib keladi. Zamonaviy bank tizimini risksiz tasavvur qilib bo‟lmaydi. Bankning risksiz operatsiyasi yo‟q, uning barcha operatsiylari risk bilan bog‟liq bo‟lib, ularning darajasi operatsiya turiga qarab har xil bo‟lishi mumkin. Binobarin, bank amaliyotida riskni umuman yo‟q qilish mumkin emasligi bois, uni oldindan ko‟ra bilish, uni kamaytirish choralarini ko‟rish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |