Mavzu: Zamonaviy (amaliy) moliya va risklar


Download 309.2 Kb.
bet4/4
Sana08.03.2023
Hajmi309.2 Kb.
#1251220
1   2   3   4
Bog'liq
OrtiqovJaxongir GaipovYusufjon

“Risk va noaniqlilik kategoriyasi iqtisodiy munosabatlarda katta rol o`ynaydi. Xo`jalik faoliyatining ajralmas qismi bo`lgan noaniqlilik barcha murakkab va muxim iqtisodiy xodisalarning asosida yotadi. Noaniqlilik mohiyati riskda namoyon bo`ladi”.

3. Risklar nazariyasi, fikrlar va muammolar Risk insoniyat faoliyatining barcha bosqichlarida mavjud bo`lgan tarixiy va iqtisodiy kategoriya bo`lib, u kishilar faoliyatida yoki tabiiy hodisalarda mumkin bo`lgan yuqotishlar salmog`ini bildirgan, hamda tarixan jamiyat rivojlanishi bilan odamlarning halokatdan qo`rqish darajasiga moslashib turgan. Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi riskning iqtisodiy kategoriya sifatida yuzaga kelishiga va sub`ektlar faoliyatida mustahkam o`rnashib olishiga imkoniyat yaratdi.

Shuning uchun ham risklar bizni tunu-kun, har yer va har joyda o`rab kelmoqda. U bizning hayotimizda har doim ham qochib bo`lmaydigan va echish lozim bo`lgan bir jarayon bo`lib biror-bir natijani yuzaga kelishiga asos bo`ladi. Bunday natija salbiy va ijobiy bo`lishi mumkin. Riskning sinonimi sifatida biz ishonchizlikni, imkoniyatsizlikni, bir voqea bo`lish bo`lmasligini oldindan aytib bera olmaslik kabilarni misol qilib ko`rsatishimiz ham mumkin.

Insoniyat tabiatan riskdan qochishga intiladi. Agar biz riskni nazorat qila olmasak, odatda, undan qochishga harakat qilamiz. Chunki, har qanday ishonchsizlik o`ziga xos tarzda ma`lum darajadagi yo`qotishlarga olib kelishi mumkin. Endi riskning tub mohiyatini ko`rib chiqadigan bo`lsak, “risk” so`zi ispancha - portugalcha so`zdan olingan bo`lib, “suv ostidagi qoya” degan ma`noni bildiradi.

Shuning uchun ham risk xavf tug`dirish ehtimoli mavjudligini ifoda qiladi. Taniqli lug`atchi S.N.Ojegovning rus tili lug`atida “risk” bu “muvaffaqiyatga intilish, baxtli hodisa, umid” degan ma`noni anglatadi deyilsa, mashhur Vebstera lug`atida riskga “havf, zarar yoki talofat ko`rish ehtimoli”, deb qaralgan. V.T.Sevruk “risk - bu zarar ko`rish yoki manfaatni qo`ldan chiqarish bilan bog`liq ehtimollar o`lchamidir” degan ta`rif beradi.


Download 309.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling