Mavzu: Zamonaviy (amaliy) moliya va risklar


Download 309.2 Kb.
bet3/4
Sana08.03.2023
Hajmi309.2 Kb.
#1251220
1   2   3   4
Bog'liq
OrtiqovJaxongir GaipovYusufjon

2. Iqtisodiyotning turli bo`g`inlarida risklar Bozor iqtisodiyoti sharoitida risk bu – tadbirkorlik faoliyatiga ta`sir etuvchi eng asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Riskning o`ziga xos xususiyatlari bu - noaniqlik, kutilmagan xolat, ishonchsizlik va tahmin. Siyosiy va iqtisodiy nobarqarorlik sharoitida risk darajasi oshadi. Riskning ikkita funksiyasi bor: rag`batlantiruvchi va himoyalovchi. Riskning rag`batlanturuvchi funksiyasining ikkita jihati bor, ya`ni konstruktiv va destruktiv. Konstruktiv jihati shunday bir holatda yuzaga keladiki, bunda risk iqtisodiy qarorlarni hal qilishda katalizator rolini o`ynaydi, ayniqsa innovatsion, investitsion qarorlarni qabul qilishda.

Destruktiv ko`rinishi esa asoslanmagan risk bilan qabul qilingan va amalga oshirilgan qarorlar natijasida yuzaga keladi. Riskning himoyalovchi funksiyasi ham ikki jihatga ega: tarixiy-genetik va ijtimoiy - huquqiy. Tarixiy-genetik jihati shundan iboratki, insonlar doimo stixiyali tarzda kutilmagan noxush voqealardan o`zlarini asrash shakllari va vositalarini izlaydilar. Amaliyotda bu sug`urtalangan rezerv fondlarini tashkil etish, tadbirkorlik risklarini sug`urtalash kabi ko`rinishlarda namoyon bo`ladi.

. Ijtimoiy-huquqiy jihati esa, xo`jalik, mehnat, jinoiy qonun 7 hujjatlari to`plamida risk kategoriyalarini joriy qilishda namoyon bo`ladi. Bulardan tashqari riskning yana quyidagi xususiyatlari mavjud bo`lib, ular qaramaqarshilik, alternativlilik va noaniqliklardir. Qarama-qarshiliklar quyidagilarda namoyon bo`ladilar: risk bir tomonlama muhim iqtisodiy, siyosiy va ma`naviy-ahloqiy natijalarga olib keladi, ya`ni ijtimoiy, texnik rivojlanishni tezlashtiradi, jamiyatning fikr va ma`naviy muhitiga ijobiy ta`sir qiladi.

. Ikkinchi tomonlama esa, aksincha ta`sir qilishi mumkin, ya`ni risk ijtimoiy-iqtisodiy va ma`naviy rivojlanishga to`sqinlik qilishi mumkin. Alternativlilik, bu bir yoki bir qancha ko`rinishdagi qarorlarni tezlik bilan tanlashda namoyon bo`ladi. Tanlash lozim bo`lmagan joyda riskli jarayonlar ham vujudga kelmaydi va risk bo`lmaydi. Noaniqlilik, bu albatta noaniq, ya`ni kutilmagan xolatlar bilan bog`liq. Uning yuzaga kelish va tus olish shakli noaniq bo`lib qolaveradi. A.Marshal, Dj.fon Neyman, O.Morgenshtern, F.Naytlar riskga quyidagicha yondashganlar:


Download 309.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling