Baholash ishi va investitsiyalar


-rasm. Biznes va uning tarkibiy qismlarining turli bozorlarda ishtiroki


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/69
Sana05.01.2022
Hajmi1.5 Mb.
#214321
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   69
Bog'liq
biznes qiymatini baholashning nazariy va amaliy jihatlari

 
2-rasm. Biznes va uning tarkibiy qismlarining turli bozorlarda ishtiroki.
6
 
 
Biznes  tovarining    barcha  belgilariga  ega  va  u  fuqarolik-huquqiy  muomala 
obyekti  bo‗lislu  mumkin.  Lekin  bu  alohida  turdagi  tovar  hisoblanadi.  Va  ana  shu 
alohidalikni  baholovchi  xususiyatlar  uni  baholashmng  tamoyillari,  modellari, 
yondashuvlari va usullarini belgilab beradi. 
Birinchidan,  biznes  -  bu  investitsiya  tovari,  ya‘ni  unga  kelajakda  foyda  olish 
maqsadida sarmoya kiritiladi. Xarajatlar va daromadlar vaqt bo‗yicha ajratilgan. Bunda 
kutilayotgan foydaning miqdori ma‘lum emas, ya‘ni ehtimoliy xususiyatga ega, shuning 
uchun sarmoyador ehtimoliy muvaffaqiyatsizlik xatarini hisobga olishiga to‗g‗ri keladi. 
Agar bo‗lajak daromadlar ularni olish vaqtini hisobga olgan holda investitsiya tovarini 
xarid  qilish  xarajatlaridan  kam  bo‗lsa,  u  investitsiyaviy  jozibadorligini  yo‗qotadi, 
Shunday  qilib,  mulkdor  oladigan  bolajak  daromadlarning  joriy  qiymati  xaridor 
tomonidan bozor narxining yuqori chegarasini o‗zida namoyon etadi. 
Ikkinchidan, biznes tizim hisoblanadi, lekin u butun tizim sifatida ham yoki uning 
alohida kichik bo'lagi va xatto qismi sifatida ham sotilishi mumkin. Ushbu holatda uning 
muayyan  sarmoya  bilan,  muayyan  tashkihy-iqtisodiy  shakl  bilan  aloqasi  uziladi, 
biznesning  qismlari  boshqa,  sifat  jihatdan  yangi  tizimm  (korxonani)  shakllantirish 
                                                           
6
 Xodiyev B.YU., Berkinov B.B., Kravchenko A.N. Biznes qiymatini baholash. – T.: ―IQTISOD-MOLIYA‖, 2007 
y. – 7- b. 
Biznes va uning 
tarkibiy qismlari 
Tovar bozorlari 
Fond bozori 
Ko`chmas mulk 
bozori 
Ko`char mulk 
va jihozlar 
bozori 
Kreditlar bozori 
Nomoddiy 
aktivlar bozori 
Sug`urta bozori 
Boshqaruvchilar 
bozori 


 
13 
 
asosiga  aylanadi.  Bunda  biznesning  o‗zi  emas,  balki  uning  alohida  tarkibiy  qismlari 
amalda tovar bo‗ladi. 
Uchinchidan, tovar sifatida biznesga bo‗lgan ehtiyoj tovarning ichida ham, tashqi 
muhitda  ham  kechadigan  jarayonlarga  bog‗liq.  Bunda,  bir  tomondan,  jamiyatdagi 
beqarorlik  biznesni  ham  beqarorlikka  olib  keladi,  ikkinchi  tomondan,  biznesning 
beqarorligi  jamiyatning  o‗zidagi  beqarorlikning  yanada  o‗sishiga  olib  keladi.  Bundan 
biznesning tovar sifatidagi yana bir xususiyati - uning fuqarolik- huquqiy muomalasini 
tartibga solishga bo‗lgan ehtiyoj kelib chiqadi. 
To‗rtinchidan,  biznes  barqarorligining  jamiyatdagi  barqarorlik  uchun  alohida 
ahamiyatini hisobga olgan holda nafaqat biznes aylanishi mexanizmini tartibga solishda, 
balki biznesning bozor narxini shakllantirishda hamda uni baholashni amalga oshirishda 
ham  davlatning  ishtiroki  zarur.Biznes  tovar  sifatida  tegishli  bozorlar  va  ularning 
infratuzilmasini  rivojlantirish  zaruratini  shart  qilib  qo‗yadi.  Bunda  ushbu  tovar 
butunligicha  ham,  uning  alohida  qismlari  bilan  ham  sotilishi  mumkin,  bu  biznesni 
ko‗char va ko‗chmas mulk bozorlariga ham, fond (sarmoya) bozorlariga ham jalb etish 
imkomyatini nazarda tutadi. Biznesning mulkiy bozorlardagi ishtiroki ular orqali mulk 
huquqlari  va  ular  bilan  bog'liq  manfaatlar  boshqa  shaxsga  o'tkaziladigan,  narxlar 
belgilanadigan  va  yerdan  foydalanishning  turli  raqobat  qiluvchi  variantlari  o'rtasidagi 
kenglik  taqsimlanadigan  tartib  va  mexanizmlar  to‗plamiga  mos  keladi.  Biznesning 
mulkiy qismining mulk bozorlarida ishtiroki ko‗char va ko‗chmas mulknmg turli xillari 
uchun belgilangan mexanizmlaiga muvofiq amalga oshiriladi. 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling