Bakalavr bosqichi 2


Download 260.89 Kb.
bet76/91
Sana05.01.2022
Hajmi260.89 Kb.
#233087
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   91
Bog'liq
Badiiy matnning lingvistik tahlili

Adabiyotlar

  1. Abdupattoev M.T. O‘zbek matnida supersintaktik butunliklar. Filol.fan.nom. ...diss.avtoref. – T., 1998.

  2. Йўлдошев М. Бадиий матн ва унинг лингвопоэтик таҳлили асослари. T.2007

  3. Yo‘ldoshev M. Badiiy matn lingvopoyetikasi. T.: Fan, 2008

  4. Yo‘ldoshev M. Badiiy matnning lisoniy tahlili. T., Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2010

  5. Мамажонов А. Текст лингвистикаси. – Т.:, 1989.

  6. Шомақсудов А., Расулов И. ва бошқ. Ўзбек тили стилистикаси. – Т., Ўқитувчи, 1983.



15-mavzu

Badiiy matnda kitobiy so‘zlar umumiste’moldagi so‘zlar

Reja:

  1. Badiiy matnda umumiste’mol so’zlar.

  2. Umumiste’mol so‘zlarning uslubiy xususiyatlari.

  3. Badiiy matnda kitobiy so’zlar.

  4. Kitobiy so‘zlarning uslubiy xususiyatlari.

Badiiy nasrning muhim xususiyatlarini belgilovchi, nasriy nutqning boshqa turlaridan lug‘aviy jihatdan ajratib turuvchi so‘zlar badiiy-kitobiy so‘zlardir.

Badiiy-kitobiy so‘zlar nutqning badiiy adabiyot turi bilan bog‘liq bo‘lib, usulubiy imkoniyatlari keng bo‘lgan tayanch so‘zlardir.

Badiiy-kitobiy so‘zlar quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi: a) boshqa nutq turlarida deyarli qo‘llanilmaydi; b) umumiste’moldagi sinonimlaridan nozik ma’no ifodalash xususiyatlarining mavjudligi bilan farqlanadi; v) umumiste’moldagi sinonimlariga nisbatan emotsional-bo‘yoqdor bo‘lib, badiiy nutqning emotsional ta’sirchanligini uyushtiradi; g) shaklan jarangdor, jozibali bo‘lganligi uchun badiiy fikr ifodalashga mos. Masalan: badiiy-kitobiy barhayot so‘zi tirik so‘ziga nisbatan nozik ma’no ifodalash xususiyatiga ega.

Zero, barhayot so‘zida «abadiy tiriklik», «mangulik» tushunchasi mavjudki, bu shu so‘zning o‘ziga xos ma’no nozikligi borligini ko‘rsatadi. Yoki musaffo so‘zi umumiste’moldagi toza so‘zining sinonimi bo‘lib, ma’noning kuchli bo‘yoqdorlikda ifodalashi bilan xarakterlanadi.1 Bu so‘zlar va boshqa ko‘pgina badiiy-kitobiy so‘zlar ham shaklan jozibador, shu hijatdan ular badiiy nutq talablariga mos keladi. Zero, badiiy matnga xos muhim xususiyatlardan biri ifodaning nafisligidir. YA’ni badiiy nutq fikrni butun nozikligi bilan, emotsional jihatdan bo‘yoqdor, ifoda jihatidan ta’sirchan, obrazli bayon etuvchi nutq. Badiiy-kitobiy so‘zlar esa xudi shu xususiyatlarni ro‘yobga chiqarishda muhim o‘rin egallaydi. Badiiy nutqning lug‘aviy jihatdan muhim uslubiy belgisi bo‘lgan badiiy-kitobiy so‘zlarning ma’lum qismi muayyan davr uchun eskirgan, biroq ularning badiiy matnlarda aktiv uchrashi ma’lum uslubiy vazifasidan kelib chiqadi.

O‘zbek tilshunosligida til lug‘at tarkibining uslubiy jihatdan kam o‘rganilganligi so‘zlarni nutqning qaysi turiga mansub ekanligini aniqlashda, shuningdek, har bir nutq turiga xos bo‘lgan tayanch so‘zlarning miqdorini belgilashda qiyinchiliklar tug‘diradi. Jumladan, badiiy nutqning tayanch so‘zlari badiiy-kitobiy so‘zlarni ajratishda ham bu holni ko‘rish mumkin. So‘zlarni uslubiy belgilari bilan ajratib ko‘rsatuvchi eng yirik tadqiqot «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»da bu hol yaqqol ko‘rinadi. Lug‘atda mazkur qatlamga oid 927 ta so‘z berilgan. Bulardan 558 tasi «eskirgan kitobiy», 318 tasi «kitobiy» va 53 ta so‘z «poetik» belgilari bilan qayd etilgan.1 Lug‘atda bir qator aynan badiiy-kitobiy bo‘lgan so‘zlar hech qanday belgisiz berilgani holda, masalan: barhayot, baxsh (baxsh etmoq), barhamand, butkul, dargoh, diyor va boshqalar) uchraganidek, so‘zlarni uslubiy jihatdan belgilashda ba’zi noaniqliklarga ham yo‘l qo‘yilgan. Mazkur tadqiqot shu yo‘nalishdagi ilk tajriba bo‘lganligi uchun bu holat tabiiydir. So‘zlarni uslubiy jihatdan belgilashda professor A.Hojiyev aniq yondoshgan. A.Hojiyevning «O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati» kitobida 126 so‘z «kitobiy», 35 so‘z «eskirgan kitobiy», 23 so‘z «poetik», 27 so‘z badiiy uslubga xos va 13 so‘z yozma nutqqa xos sifatida belgilanadi. Shuningdek, 110 so‘zning so‘zlashuv uslubida qo‘llanilmasligi ta’kidlanadi.

Yuqoridagi manbalar va ushbu tadqiqot uchun to‘plangan maxsus kartoteka materiallarida badiiy-kitobiy leksikaga oid 4000 dan ortiqroq so‘z qayd etildi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, avvalo bu miqdor badiiy-kitobiy so‘zlarning aniq moqdori emas. Ikkinchidan, ushbu miqdorni juda katta lug‘aviy qamrovga ega bo‘lgan badiiy matnning lug‘aviy jihatidan alohidaligini ta’minlashi uchun yetarli miqdor ham deyish qiyin. Biroq gap so‘zning miqdorida emas, balki uning uslubiy vazifasi va nutqning shu turida qo‘llanishi uchun tabaqalanganligidir. Shu jihatdan badiiy-kitobiy so‘zlar alohida diqqatni jalb qiluvchi guruh ekanligi shubhasizdir. Badiiy-kitobiy so‘zlar garchand, badiiy nutq uchun xoslangan bo‘lib, badiiy nutqda aktiv qo‘llanilsa-da, badiiy-kitobiy so‘zlar uchramaydigan ko‘plab badiiy-matnlar mavjud. Bu hol shu qatlam so‘zlarining passivligini ko‘rsatmaydi. Aksincha, shu so‘zlarning uslubiy vosita ekanligidan dalolat beradi.

Badiiy-kitobiy so‘zlarni alohida lug‘aviy guruhni tashkil etuvchi so‘zlar sifatida ajratish va ularning badiiy nutq jarayonidagi vazifalarini o‘rganishdan maqsad quyidagilar: a) badiiy-kitobiy so‘zlarning asosiy qismi nutqiy tantanovorlikni, ko‘tarinkilikni ta’minlovchi so‘zlar bo‘lib, ularning xususiyatlari faqat badiiy nutq jarayonida ochiladi; b) badiiy-kitobiy so‘zlar badiiy ta’sirchanlikni ta’minlovchi, nutqining jozibadorligini uyushtiruvchi vositalardan biri, ammo mazkur so‘zlardagi bu xususiyatlar boshqa nutq turida sezilmaydi; v) badiiy-kitobiy so‘zlar o‘ziga xos leksik-semantik va stilistik xususiyatlarga ega bo‘lib, bu xususiyatlar ham badiiy nutq jarayonida ochiladi. Bu holatlar shuni ko‘rsatadiki, badiiy-kitobiy so‘zlar badiiy nutqning muhim uslubiy belgisidir. Ular badiiy nutq jarayonidagi neytral so‘zlarga nisbatan uslubiy bo‘yoqdorlik belgilarining kuchliligi bilan ajralib turadi. Shunga ko‘ra bu guruhga oid so‘zlar badiiy matnlardagi ko‘pgina boshqa lug‘aviy birliklardan farqlanib turadi.

Badiiy-kitobiy so‘zlar xususiyatlariga ko‘ra turli-tuman. Bu qatlamga mansub so‘zlarning bir qismi hozirgi til nuqtai nazaridan eskirgan. Biroq turli uslubiy vazifalarni bajarish jarayonida bu so‘zlar badiiy asarlarda faol qo‘llanilmoqda. Ayniqsa, badiiy matnlarda quyidagi ekirgan so‘zlarni ko‘plab qo‘llanilgan holda umratish mumkin: sarkash, yog‘iy, yonoq, farah, samo, anduh, ag‘yor, bahr, gardun, zabun, dudoq, boda, kishvar, faryod, hajr, mubham kabi arxaik so‘zlar ko‘plab qo‘llanilib, o‘tmishga xoslikni ta’minlash bilan bir qatorda, nutqiy ko‘tarinkilikni uyushtiradi. Eskirganlik belgisi mavjud bo‘lmagan badiiy-kitobiy so‘zlar ot, sifat, qisman fe’l va ravish turkumlariga oid bo‘lib: nigoh, barhayot, boqiy, porloq, mangu, osuda, tug‘yon, tuyg‘u, og‘ush, shafaq, jilva, sukut, yog‘du, teran, so‘nik, mahzun, porloq, ulug‘vor kabi badiiy-kitobiy so‘zlar matnning badiiy bo‘yoqdorligini kuchaytiradi. U ham soqolini tutamlab, bir nuqtaga tikilib o‘tirar, o‘z yurtini eslab, o‘ksingan bo‘lsa kerak, so‘nik yuzida teran bir mahzunlik aks etardi (O.Y. «Ulug‘bek xazinasi»).

Ushbu gapda qo‘llanilgan so‘nik, teran, mahzunlik, aks etmoq badiiy-kitobiy so‘zlari nutqiy ko‘tarinkilikni ta’minlash imkoniyatini vujudga keltirgan. Yoki: Tun yarimdan oqqan olis qirlar ortidan ko‘tarilgan zaifgina hilol shu’lasida borliq sokin, osuda uyquga cho‘mgan. (O.Yoqubov. «Ulug‘bek xazinasi»), gapidagi ortidan, hilol, shu’la, borliq, sokin, osuda, cho‘mgan so‘zlari badiiy-kitobiy so‘zlardir. Bu so‘zlar ushbu gapning qariyib 50 foizini tashkil qilgan. Bu hol badiiy-kitobiy so‘zlarning badiiy matnlarda aktiv qo‘llanilishidan dalolat beradi. Biroq gap badiiy-kitobiy so‘zlarning badiiy nutqda aktiv qo‘llanilishida emas, ularning badiiy nutqda qo‘llanilishi uchun sabab bo‘la olgan omillardadir.

Badiiy nutqdan boshqa nutq turlarida qo‘llanilmasligi uning badiiy bo‘yoqqa ega ekanligidan dalolat beradi. Bu so‘zdagi badiiy bo‘yoqni ham asosan shakl va tantanalilik bilan izohlash mumkin. Turli matnlarda tuymoq, sezmoq, his etmoq so‘zlarining uslubiy sinonimii sifatida qo‘llanilgan. Masalan: Anorxon Sobirning yolqinli nafasini tuyar edi, yurak urushini eshitar edi (Oybek. «Oltin vodiydan shabadalar»). Bu holatdan kishi siqiladiganga o‘xshaydi. Biroq, siqilmaysan. Kishi o‘zini allaqanday sezayotgandek tuyadi. (SH.Xolmirzayev. «Qil ko‘prik»). Ushbu matnlardagi «sezmoq», «his etmoq» ma’nosidagi tuyar va tuyardi so‘zlarini o‘z ma’nodoshlari bilan almashtirish matnning mazmuniga ta’sir etmaydi. Ammo matndagi badiiy ruhning susayishiga sezilarli ta’sir etadiki, bu hol badiiy-kitobiy so‘zlarni badiiy nutq jarayonida muayyan o‘rni borligini ko‘rsatadi. Shuningdek, yuqoridagi birinchi gapda tuymoq fe’lini o‘z sinonimlari bilan almashtirish mumkin bo‘lgani holda, ba’zi matnlarda bunday o‘rin almashtirish mumkin bo‘lmay qoladi. Masalan: quyidagi gapdagi tuyuladi so‘zida «sezmoq» ma’nosi mavjud bo‘lsa ham, uni o‘rnini shu so‘z bilan almashtirib bo‘lmaydi. Bu har qanday so‘zning matnda o‘z mustaqilligi mavjudligini ko‘rsatadi. Tor, timli rastalardan keyin chuqur xandaq bilan o‘ralgan Ko‘ksaroyning kungurador devorlari qorong‘idan cho‘ng qoyaday haybatli tuyuladi. (O.Yoqubov. «Ulug‘bek xazinasi»). Bunday xususiyatlar badiiy nutqda aktiv qo‘llaniluvchi, ammo umumiste’moldagi sinonimlaridan ma’no jihatidan farq qilmaydigan yog‘du (Uning zaif yog‘dusi tashqaridan bosib kirmoqchi bo‘layotgan tun qorong‘isidan qo‘rqqanday titrab qaltiraydi. P.Qodirov. «Bobur»), ko‘klam (Dilimda orzu balandroq edi, lekin ko‘klam bir oz noqulay keldi. Oybek. «Oltin vodiydan shabadalar»), og‘ush (Dadasi, yuragini kemirayotgan qandaydir og‘ir iztirob og‘ushida ko‘zlarini yumib… O.Yoqubov. «Oq qushlar, oppoq qushlar»), ruxsor (… gulday ochilib ketgan ruxsori… O.Yoqubov. «Oq qushlar, oppoq qushlar»), ko‘rkam (… yuragimiz ham boy, ko‘rkam bo‘lsin. Oybek. «Oltin vodidan shabadalar»), batamom (Ko‘pdan aytilmagan bu so‘zlar batamom yodidan ko‘tarilibdi. O.Yoqubov. «Oq qushlar, oppoq qushlar») shuningdek, zukko, hazin, qizg‘in, azim, badiiy-kitobiy so‘zlarda mavjud.

Xullas, badiiy-kitobiy so‘zlar badiiy nutq uchun tabaqalangan, badiiy nutq mohiyatini ochib beruvchi asosiy lug‘aviy vositalardan bo‘lib, ularning xususiyatlari badiiy matn jarayonlarida ochiladi.



on, lahza, mag‘rur, burkanmoq, ulug‘vor, mash’um, ohista, toabad, muntazir, vazmin, beixtiyor, teran, boqmoq, kezmoq, unsin, so‘nik, ma’sum, xayolan, baralla, uzra, sukunat, durkun, otash, shuur, beadad, mungli, shafaq kabi ko‘pgina

So‘zning leksik-semantik va stilistik birlik sifatidagi imkoniyatlari o‘zbek tilini tadqiq etish va o‘qitishga bag‘ishlangan qator darsliklarda, monografik va ilmiy-ommabop broshyuralarda, dissertatsion ishlarda va ko‘plab maqolalarda o‘rganilgan.

Ma’lumki, so‘z tilning eng muhim belgisi sanalib, uning vazifasi voqelikdagi tushunchalarni, narsa va hodisalarni, ijtimoiy hayotda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni ifodalash ekan, ularning barchasi, birinchi navbatda leksikada, tilning lug‘at boyligida o‘z ifodasini topadi.

So‘zlarning asosiy — denotativ ma’nosi bilan bir qatorda konnotati ma’nolarga egaligi ularning funksional va ekspressiv-emotsional chegaralanishlarni ham keltirib chiqaradi. «Tilning asosiy funksiyasi kommunikativ funksiya bo‘lsa-da, biroq kishilar aloqa aralashuv protsessida ifodalanayotgan fikrga o‘zlarining turli tipdagi emotsional munosabatlarini ham ifoda etadilar, — deb yozishadi X.Doniyorov va A.Hojiyevlar. — Tilda bularni ro‘yobga chiqarish imkoniyatlari ham mavjud.

Buni leksikada ham ko‘rish mumkin: lug‘at sostavida ifodalangan fikrga so‘zlovchining turlicha munosabatini anglatishga xizmat qiladigan, shunga xoslangan so‘zlar bor. Ana shu xoslanganlik nuqtai nazaridan o‘zbek tili leksikasini ikki asosiy gruppaga ajratish mumkin: 1) emotsional- ekspressiv buyoq nuqtai nazaridan o‘zbek tili leksikasi; 2) stil (uslub) nuqtai nazaridan o‘zbek tili leksikasi.»

Umumiste’moldagi so‘zlar ijtimoiy hayotning turli jabhalarida faol ishlatiladigan ota, ona, aka, uka, ona, singil, bola, er, xotin, yor, dust, osh, non, tuz, suv, guruch, yog‘, sabzi, piyoz, bug‘doy, arpa, don, satits, sut, oy, yulduz, quyosh, tog‘, qor,yomzir, bulut, tuman, daryo, ko‘klam, kuz, yoz, qish kabi kishilar va jonivorlarni, predmetlar va hodisalarni anglatadigan, chiroyli, xunuk, baland, past, uzoq, yaqin, qattiq, yumshoq, keng, tor, katta, kichik, oq, qora, ko‘k, sariq, yashil, qizil, shirin, achchiq kabi ularning belgilarini ko‘rsatuvchi, yurmoq, turmoq, o‘tirmoq, yotmoq, bormoq, kelmok, yemoq, ichmoq, olmoq, bermoq, sotmoq singari harakatlarni ifodalaydigan elementlardir.

Qadimdan tilimizda yashab kelayotgan bunday birliklarni barcha so‘z turkumlarida ko‘plab uchratish mumknn. E. Begmatov bu kabi so‘zlarni «funksional normativ so‘zlar» deb qaragan bo‘lsa, G. Muhammadjonova «qo‘llanish doirasiga ko‘ra chegaralanmagan leksika» deb ataydi. Ularni funksionallik nuqtai nazaridan «neytral so‘zlar» deb ham nomlaydilar.

Bu tipdagi birliklar, qanday nomlanishidan qat’iy nazar, bir butunimohiyati bilan — qo‘llanish chastotasining faolligi, keng ko‘lamda iste’molda bo‘lishi, barcha funksional uslublar uchun bab-baravar xizmat qilishi bilan tilimizdagi barcha leksik guruhlardan keskin ajralib turadi.

Shu bilan birga, har qanday sharoitda, har qanday matnda ham o‘zining asosiy — kommunikativ hamda leksik-grammatik ma’nolarini saqlab qoladi. Buning ustiga kontekstual qurshovda ma’lum funksional uslub, faraz qilaylik, badiiy nutqning uzviy a’zosiga aylanar ekan, u endi shu paytgacha ega bo‘lmagan xususiyatga — bir emas, bir necha ma’nolarni anglatish xususiyatiga, turlicha sintaktik konstruksiyalarda turlicha emotsional-ekspressiv ma’no anglatish imkoniyatlariga ega bo‘lishi mumkin, bu narsa so‘zga yangicha salobat va qudrat bag‘ishlaydi.

Quyidagi parchalarga e’tibor beraylik: - Sizlarniki qiziq-ku, juda? Muttahamgarchilikning bari sizlardami, deb qo‘ydim! Uyat emasmi?! Men sizni o‘n yildan beri bilaman axir! Sizga achinaman! Nega lallayasiz ammamning buzog‘idek?! Yoki qo‘rqadigan joyingiz bormi? Yoki sizlarning ilmingizda birovnikini birov qo‘rqmay yeb ketaveradimi?! Y, astag‘furullo, umrimda ko‘rmagan odamlarim nega sizga sherik chiqishyapti, nega sizni talashadi?! Nima degan gap bu axir? Uyat, insofbormi o‘zi? Kasalman, noiloj tusholmadim. Bo‘lmasa!.. (O‘.Usmonov.Girdob).

Matnda kitobxonga tanish bo‘lmagan bironta ham so‘z yoki ibora yo‘k, hammasi oddiy o‘zbek kishisining tilida faol qo‘llaniladigan birliklar.

Parchadagi olimlar dunyosini ifodalovchi - sizlar, umumlashtiruvchi- dialektal — bari, suhbatdoshning sustkashligiga ishora qilgan-lalaymoq, ammamning buzog‘i, nom ko‘chish natijasida borolmaslik ma’nosini berayotgan— tusholmadim, hayratlanishni ko‘rsatayotgan — yo, astag‘furullo kabi so‘z va iboralar, birining ketidan ikkinchisi hayajon bilan aytilayotgan gaplar — bularning hammasi so‘zlovchining ijtimoiy ahvolidan, hatto kichik matni asarning katta matnidan ajratib olganimizda ham, dalolat beradi. Oddiy so‘z va jumlalar, sodda tuzilgan gaplar, ammo ulardagi chuqur bir samimiyat va rostgo‘ylik, qolaversa uyat va insofni o‘rtaga qo‘yish gap muallifining haqiqattalab, jo‘shqin kishi ekanligini sezdirib turadi. Darhaqiqat, tasvirlanishicha, bu gaplarni aytgan kishi Muhammad chatoq ham hayotda aslida shunday odam. Ko‘rinadiki, badiiylikka xizmat qilish faqatgina emotsional-ekspressiv bo‘yog‘i yaqqol sezilib turadigan birliklarninggina vazifasi emas. Badiiy asardagi ifodaning umumiy ruhi, tafsilotlar oqimi undagi har bir birlikni badiiy-estetik manzarani yaratishga xizmat qiluvchi uzviy a’zoga aylantira oladi.

Undan tashqari, leksik birliklar orasida shunday elementlar mavjudki, ular ana shu muhim vazifani bajarishga boshqa birliklarga qaraganda ko‘proq xizmat qiladi. Chunki ularning ma’no ottenkasi tabiati shuni taqozo etadi. Bu holatni E. Begmatov birmuncha kengroq tarzda izohlab beradi: «...boshqa funksional stillar uchun xos bo‘lgan leksika (masalan, ilmiy va rasmiy ish uslubiga xos bo‘lgan terminlar) ning badiiy stilda keng qo‘llanilmasligi va faqat badiiy stilda qo‘llanuvchi maxsus vositalarning mavjudligi badiiy stilga xoslangan leksikani alohida ajratishga asos bo‘ladi.» Darhaqiqat, «O‘zbek tiliningizohli lug‘ati» (M., 1981) 1 tomiga ko‘z yugurtnrishniig o‘ziyoq bu fikrni to‘la tasdiqlaydi. Masalan, unda «poetizmlar» belgisi bilan quyidagi so‘zlar berilgan: abru, albat, armugon, bazmaro, balsimots, bahoriston, boda, bo‘ston, gavharafshon, giryon, gulbahor, guliston, gulro‘, gulshan, deboch, dilafro‘z, dilxona, dolg‘a, durafshon, duto, jahonbaxsh, jondosh, jo‘shmoq, jo‘shqin, kabk, kuylamoq, -la, libos, lolagun, lo‘livash, maygun, mardonavor, mastona, mahvash, mahpora, moviy, moh, mujda, mug, mayfurush, naylayin, nash’a, nash’ali, netay, nuqra, otashlanmoq, otashqalb, paymona va boshqalar.

Agar bu qatorga «kitobiy» va «eskirgan kitobiy» belgilari bilan

ajratilgan so‘zlarni ham kiritsak (kiritishimiz kerak, albatta), ular tilimizda salmoqli o‘rinni tashkil qiladi. Emotsional-ekspressiv ma’no ottenkasini ifoda etish asosiy o‘lchov sanaladigan badiiy uslubga xos chegaralanganlik ana shu tarzda namoyon bo‘ladi. Bir narsa yoki voqea-hodisani anglatuvchi tushunchaning tilda bir necha xil ifodasi mavjud bo‘lishi bunday chegaralanish, boshqacha aytganda, qamrov va tanlash doirasini yana ham kengaytiradi. Shuning natijasi o‘laroq, tilimizda yuzaga kelgan poetik leksika hamda kitobiy leksika deb ataluvchi guruhdagi so‘zlarning aksariyat qismi badiiy uslubniig funksional uslublar orasida o‘z qiyofasiga ega bo‘lishida asosiy poydevor sifatida qaraladi.


Download 260.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling