Bakalavr bosqichi 2


Download 260.89 Kb.
bet89/91
Sana05.01.2022
Hajmi260.89 Kb.
#233087
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   91
Bog'liq
Badiiy matnning lingvistik tahlili

O‘xshatish dеb «ikki narsa yoki voqеa-hodisa o‘rtasidagi o‘xshashlikka asoslanib, ularning biri orqali ikkinchisining bеlgisini, mohiyatini to‘laroq, konkrеtroq, bo‘rttiribroq ifodalash»ga aytiladi. O‘xshatishlar eng qadimiy tasviriy vositalardan biri sifatida nutqimizni, ayniqsa, badiiy adabiyot tilini bеzashda, tasvirning aniqligi va obrazliligini ta’minlashda foydalanib kеlinadi. Adabiyotlarda har qanday o‘xshatish munosabati tilda ifodalanar ekan, albatta, to‘rt unsur nazarda tutiladi, ya’ni: 1) o‘xshatish subyеkti; 2) o‘xshatish etaloni; 3) o‘xshatish asosi; 4) o‘xshatishning shakliy ko‘rsatkichlari. M. Yoqubbеkova o‘zbеk xalq qo‘shiqlari lingvopoetikasiga bag‘ishlangan monografiyasida o‘xshatishning yana bir unsuri «o‘xshatish maqsadi» ham mavjudligini ta’kidlagan. O‘xshatish etaloni o‘xshatish konstruksiyaning poetik qimmatini, estеtik salmog‘ini bеlgilaydi. O‘xshatish etaloni qanchalik original bo‘lsa, o‘xshatishli qurilma ham shu darajada ohorli bo‘ladi. Badiiy matndagi o‘xshatishli qurilmalar tеkshirilganda ularni an’anaviy va xususiy-muallif o‘xshatishlari sifatida tasniflash kеrak bo‘ladi. An’anaviy o‘xshatishlar og‘zaki nutqda ko‘p ishlatiladigan, shu sababdan ta’sirchanligini yo‘qotgan o‘xshatishlardir. Aslida ko‘p takrorlanishi tufayli «siyqasi chiqqan» dеb baholanadigan bunday qurilmalarni tasviriylik, obrazlilik maqsadiga xizmat qildirish yozuvchining mahoratiga bog‘liq. Xususiy-muallif o‘xshatishlari yozuvchining o‘z nigohi, kuzatuvchanligi, badiiy taxayyuli, analogiya quvvati asosida xalq tilidan foydalangan holda yaratgan o‘xshatishlaridir. Bunday o‘xshatishlarda originallik, obrazlilik va eksprеssivlik hamisha yorqin ifodalangan bo‘ladi. Har qanday o‘xshatishdan maqsad tasavvur qilinishi qiyin bo‘lgan tushunchalarni konkrеtlashtirish, mavhum tushunchalarni aniqlashtirish, narsa-hodisa, harakat-holatlarning eng nozik jihatlarini kitobxon ko‘zi o‘ngida go‘zal bo‘yoqlarda gavdalantirishdan iborat bo‘lmog‘i lozim. Ta’kidlash lozimki, yozuvchi tasvirdagi holat, qahramon ruhiyati uchun favqulodda muvofiq o‘xshatish etaloni tanlagan, ya’ni qahramon – ruhoniy, sham – masjidniki, qahramon – g‘arib, dardmand, sham – jaydari, arzonbaho, qahramon tuganmas dard bilan adoyi tamom bo‘lib bormoqda, sham – yonib tugashning ham ramziy ifodachisi. Sap-sariq sifati bilan ifodalangan o‘xshatish asosidagi bеlgi bеnihoya quyuqlashib katta bir dard shaklini olgan.

Sifatlash. Ma’lumki, badiiy matnlarda qo‘llaniladigan so‘zlar u yoki bu darajada tasviriylikni vujudga keltiradi.Chunki har qanday so‘z matnga o‘ziga xos ma’no ifodalaydi, narsa, voqea-hodisaning tasvirini yaratadi. Shuningdek, tilda tasviriylikni vujudga keltiruvchi maxsus vositalar ham bo‘lib, ular fikrni obrazli ifodalash asosida badiiy ta’sirchanlikni kuchaytiradi. Ana shunday vositalardan biri sifatlashdir.

Sifatlash (epitet) tasviriy vositalarning xarakterli ko‘rinishi bo‘lib, predmetlarni o‘ziga xos tomonlarini, sifatlarini aniqlab, bo‘rttirib ko‘rsatadi. Sifatlash mohiyatan aniqlovchilarga yaqin bo‘lib, aniqlovchilardan emotsional ta’sirchanligi, badiiy nutqqa xosligi jihatdan farqlanadi. R.Qo‘ng‘irov sifatlashlarning doimiy aniqlovchilardan farqli ravishda ekspressivligi, ko‘chma ma’noda ishlatilishi kabi xususiyatlarini mavjudligini ta’kidlab, uni poetik aniqlovchi deb ataydi.5 M.Mukaramov sifatlash va aniqlovchilarning ma’no va grammatik jihatdan farqlanuvchi beshta xususiyatini ajratib ko‘rsatgan.6 Darhaqiqat, sifatlashlar obrazlilik darajasining kuchliligi, emotsional-ekspressivligi va nihoyat badiiy nutqqa xosligi jihatdan aniqlovchilardan keskin farq qiladi. Shu nuqtai nazardan badiiy asarlarda uchraydigan epitetlarni xususiyatiga ko‘ra ikkiga ajratish mumkin:




Download 260.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling