Barkamol avlod


V) Kuzgi mavsumlarga aloqador marosimlar


Download 420.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana22.10.2017
Hajmi420.97 Kb.
#18413
1   2   3   4   5

V) Kuzgi mavsumlarga aloqador marosimlar 

 

Haydar–haydar, 



Ota-onang o‘libdir, 

Moli senga qolibdir, 

Bolang suvda oqibdir, 

SHamolingni qo‘yib ber. 

 

G) Qishki mavsumlarga aloqador marosimlar 

 

Qishki marosim folokloriga “gap-gashtak” marosimlari kiradi. 



Alyor bo‘lsin-ay, 

Xo‘jam yor bo‘lsin-ay. 

Xo‘jam bergan davlatga 

Dushman zor bo‘lsin-ay 

 

 

 


17 

 

«G‘ijim ro‘mol» 



(Mavsum qo‘shiqlar turkumidan) 

G‘ijim ro‘moling bo‘lsa yo,   

18 yoshimdayo kasbi –  

Ko‘rpa qatiga tursa.   

 

hunarni tanladim , 



Yurtimiz obod bo‘lsa yo, 

 

Endi vatan xizmatiga  



Boshda xilpirab tursa.  

Chindan belimni boyladim. 



 

“ALLA” 

 

(Mavsum-marosim va urf –odat kushiklar turkumidan) 

 

Bolalarni  uxlatish  vaqtida  onalar  tomonidan  kuylangan  qo‘shiqlar  alla  deb 

ataladi.  O‘tmishda  Alla  qo‘shiqlarida  zaxmatkash,  mushtipar,  ezilgan  mazlum  sharq 

onasi  obrazi  gavdalanadi.  Uning  betinim  hatti  –  harakati,  beminnat  mehnati 

tufayligina murg‘ak go‘dak ulg‘ayadi, voyaga etadi. Onaning mehri daryo, deydilar. 

Allalarda  onalarga  xos  bag‘ri  kenglik,  quyoshday  mehribonlik  Mayin,  dil  qa’ridan 

sizib  chiqqan  yoqimli  kuylarday  taraladi.  Ularda  ezgu  orzu-  havaslar,  umidbaxsh 

yaxshi  niyatlar,  onaning  bola  kelajagi  haqidagi  orzu  –  o‘ylari  chiroyli  tasviriy 

bo‘yoqlarda  kuylanadi.  Alla  naqarotlarida  beshik  yoki  belanchakda  yotgan  bolaning 

nomi qo‘shib aytiladi. qo‘shiqni onaning o‘zi, cholg‘usiz ijro qiladi.  

 

Senga qo‘ydim yaxshi ot, Alla, 



Yaxshi niyatdir murod Alla. 

Yurtu elga suyansang, Alla, 

Senga bo‘lg‘usi qanot, Alla. 

 

 



«O‘rog‘im olmos» 

(Mehnat qo‘shiqlari turkumidan) 

 

O‘rog‘im olmos , 



O‘rishdan qolmas, 

Sira ham tolmas, 

O‘rmasam bo‘lmas. 

 

G‘ujmoqi bug‘doy, 



Donginang to‘q –ay. 

To‘p bo‘l, o‘raylik, 

Xo‘pda ko‘raylik. 

 

O‘rog‘im chaqqon, 



Sen menga yoqqan, 

Qo‘lginam chaqqon, 

Mehnat-da boqqan. 

 

 



 

 

 

18 

 

«Xa dursa, dursa, dursa.» 



(Erkalanma qo‘shiqlar turkumidan) 

 

Ha dursa, dursa, dursa, 



Otim bozorga borsa. 

Sabzi, piyoz keltirsa, 

Onasi pazanda bo‘lsa. 

 

Ha dursa, dursa, dursa 



Otasi bozorga borsa. 

Shirmoyi non keltirsa, 

Bolasi xo‘randa bo‘lsa. 

 

11. Laparlarni yod olish va ijro etish qoidalari. 



 

O‘zbek  to‘y-marosim  qo‘shiqlarida  lapar  muhim  o‘rin  egallaydi.  Laparlar 

boshqa  qo‘shiqlardan  voqeabandligi,  raqsbop  kuyga  ega  bo‘lishi  hamda  dialog 

shaklida  ikki  qo‘shiqchi  tomonidan  ijro  etilishi  bilan  ajralib  turadi.  Laparlar  asosan 

ishq-muhabbat,  hazil,  ro‘zg‘ordagi  totuvsizlik,  ota-onalarning  farzandlari  bilan 

bo‘lgan munosabatlari kabilar ba’zan engil, ba’zan achchiq kulgu orqali aks ettiriladi. 

Lapar  qo‘shiq  sifatida  asosan  kichik  diapazonli,  shakli  tuzilish  jihatidan  ikki  qismli 

bo‘ladi. 



Katta  ashula-  og‘zaki  an’anadagi  professional  musiqaning  yirik  shaklidagi 

ashula  janridir.  Patnus  yoki  tarelkani  rezonator  kabi  ishlatilgani  uchun  uni  xalq 

orasida “Patnusaki ashula” deb ham atashadi. Katta ashula, asosan, ikki ba’zan uch-

to‘rt o‘quvchi tomonidan sozlar jo‘risiz ijro etiladi.katta ashula janri asosan Farg‘ona 

vodiysi va Toshkent viloyatida keng tarqalgan. 

Ashula- lirik xarakterdagi janr bo‘lib, metodik-intonatsion rivoji, metro-ritmik, 

shakli va hajmi murakkabdir. Ashulada qo‘shiqlarga nisbatan ritmik shakl erkin kuy 

rivojlanishi va diapazoni kengdir. Ashulalar lirik g‘azal yoki xalq so‘zlaridan tashkil 

topadi. Falsafiy ma’noli fikrga ega bo‘lgan, shuningdek, alam va hasratni ifodalovchi 

mazmun ko‘proq ashula mvzusi uchun xosdir. 

 

                  ERTA BILAN TURAMAN 



 

Erta bilan turaman, nahori nashta-yo, nahori nashta, 

O‘ng qo‘limda ignayu, tizzamda kashta-yo, tizzamda kashta. 

Borib ayting o‘sha qalami qoshga-yo, qalami qoshga, 

Ho, boraveradi-kelaveradi, va’dasi boshqa-yo, va’dasi boshqa. 

 

Ey nozli yorim, ko‘zi xumorim, 



Mehr bilan menga qarang, vafoli yorim-o, vafoli yorim. 

 

O‘yinga tushgan ukamning nozi chiroyli-ga, nozi chiroyli, 



O‘ng yuziga yarashgan holi chiroyli-ga, holi chiroyli. 

O‘ng yuziga yarashgan holi bo‘lsachi-yo, holi bo‘lsachi, 

Ho, savlatiga yarashgan yori bo‘lsachi-yo, yori bo‘lsachi. 

 


19 

 

Ey nozli yorim, ko‘zi xumorim, 



Mehr bilan menga qarang, vafoli yorim-o, vafoli yorim. 

 

Doira dum-dum 



 

Doira dum-duma, bahori mavsum-a, 

Kelsa bahor gulg‘unchalar qilar tabassum-a. 

 

YUrak duk-duk urodi yor oldiga borgani, 



So‘zi uchun boraman-o, dardga davo olgani. 

Doira dum-duma, bahori mavsum-a, 

Kelsa bahor gulg‘unchalar qilar tabassum-a. 

 

Ko‘ring yuqori tog‘da kecha-kunduz yog‘ar qor, 



Ayrilib ketay desam-o kichiklikdan sevgan yor. 

Doira dum-duma, bahori mavsum-a, 

Kelsa bahor gulg‘unchalar qilar tabassum-a. 

 

Lapar aytish an’anasi hozir Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Porkent, Piskent, 



Yangiyo‘l,  shuningdek,  Janubiy  Qozog‘istonning  Turkiston  va  Chimkent 

muzofotlarida  an’ana  sifatida  hamon  davom  etib  kelmoqda.  Taniqli  folklorshunos 

T.Mirzaevning ta’kidlashicha “ilgari obu-osh tortilgach, hovlida gulxan yoqilib hovli 

bazmi o‘tkazilgan. Shundan keyin qizlar ro‘mol yoyilgan uyga,  ya’ni kelinning sepi 

yoyilgan  maxsus tayyorlangan uyga  kirganlar.  Qizlar  uy  ichida  yigitlar  tashqarida – 

eshik  oldida  yoki  qizlar  uyning  to‘rida  –yigitlar  poygakda  tik  turib  lapar  aytishgan. 

Lapar aytishni e’tiborli kayvoni ayol, hamma tan olgan laparchi childirma jo‘rligida 

yoki  childirmasiz  boshqarib  turgan.  O‘z  navbatida  qizlar  ham  lapar  aytib,  yigitlar 

belbog‘iga  biror  narsa  tugub  qaytargan.  Buni  “Lapar  solishish”  deb  aytiladi.  Shu 

tariqa  lapar  aytishish  davom  etadi”.  Laparni  odatda,  kuyov  tomonidan  biror  yigit 

boshlab  bergan.  Buni  “boshlang‘ich  laparlar”  deyishgan,  lekin  so‘zga  chaqqon 

tajribali laparchi ayol jarayonni nazorat qilib turgan. 

 

Avval boshlab aytganda, qiz boshlamas, 



Qiz boshlagan laparni el xushlamas. 

Aytmayin deb bir xayol qilib edim, 

Yoru-jo‘ram qo‘ymadi, endi bo‘lmas. 

 

“Kelin o‘tirsin”    



 

“Kuyov o‘tirsin” 

 

Oppoq upaday kelinim,    

Kuyov to‘ra o‘tirmasa, 

Maydon supaday kelinim.  

 

Uylarni berdim, 



Husni Samarqanddan kelgan,   Qozoqda kishnagan, 

Ko‘nglimdagi kelinim,    

 

Duldulni berdim



Kelinposhsho o‘tirsinlar 

 

Laparlar bolalar tomonidan ham ijro etiladi. 

 

La-la-la-lay, la-la-la-lay 



Olti pulga choy olay. 

20 

 

Choynagimning sopi yo‘q, 



Kelin ayam tobi yo‘q. 

Tomga sepdim sedana, 

Terib esin bedana. 

Taqir-tuqur objuvoz, 

Mening akam qo‘rchoqboz. 

La-la-la-lay, la-la-la-lay 



 

12. Topishmoq va tez aytish qoidalari. 

 

To‘garak a’zolariga topishmoq, tez aytishlar va so‘z o‘yinlari. 

Tez  aytishlar  kichik  yoshdagi  bolalar  tili  va  tafakkuri  taraqqiyotida  muhim 

o‘ringa egadir. Har bir mintaqadagi tez aytish o‘ziga xoslikka ega. Ayrim hududlarda 

“q”  tovushining,  ba’zilarida  “ra”  qo‘shimchasining,  boshqa  birlarida  esa,  “o‘” 

tovushining  aytilishidagi  o‘ziga  xosliklar  tez  aytishga  mo‘ljallangan  aytimlar 

tarkibini belgilashda katta ahamiyat kasb etadi. 

Topishmoq ham xalq og‘zaki ijodining eng qadimgi va boy janrlaridan biridir. 

Topishmoqlar  odatda,  xalqning  urf-odatlari,  ruhiyati  hamda  axloqiy-estetik 

qarashlarini  o‘zida  aks  ettiradi.  Topishmoqda  narsaning  bir  necha  xil  belgilari 

yashirin,  sirli  holda  beriladi  va  har  bir  topishmoqning  zamirida  topilishi  lozim 

bo‘lgan bir ma’no va “kim?”, “nima” so‘roqlarida yashirin javob yotadi.Odamlar shu 

so‘roqlarga  qarab,  topishmoqda  yashiringan  narsani  topishga  harakat  qiladilar. 

Ayniqsa, bolalar topishmoqdagi jumboqni bilishga, uni topishga juda qiziqadilar. 

Topishmoqlar mavzui tabiat va kundalik hayotda uchrab turadigan aniq hodisa 

va narsalardan iborat bo‘ladi. 

Mubolag‘a yo‘li bilan yaratilgan tpishmoqlar ham anchagina; 

“Bir chuqurda ming o‘ra” 



(Angishvona)

 

Savol-javob  shaklidagi  topishmoqlar  bolalar  qiziqishini  orttirishi  bilan  ajralib 



turadi. 

 

U nimadir, havodagi do‘langan?  



Bulut bo‘lar havodagi do‘langan, 

U nimadir, er yuzini suv olgan?  

Yomg‘ir bo‘lar er yuzini suv olgan. 

U nimadir, orqasida og‘zi bor ?  

Tegirmondir orqasida og‘zi bor, 

U nimadir, o‘rtasida mag‘zi bor?  

Bug‘doy bo‘lar o‘rtasida mag‘zi bor, 

U nimadir, suv ichida joni bor?  

Baliq bo‘lar suv ichida joni bor. 

 


21 

 

 



 

YUradi, le k joyidan, 

Bir qadam jilgan emas. 

Egasidan beso‘roq, 

Biror ish qilgan emas. 

Uch xil turi bor uning 

Hohi devorga osing. 

Hohi qo‘lga taqingu, 

Hohi cho‘ntakka soling. 

Gar ishin kuzatsangiz, 

Bilasiz bu bir san'at. 

Vaqtni qaydan bilasiz, 

Agar bo‘lmasa, 

(soat)


 

 

YAproqlari shildirab,  



SHo‘x-sho‘x qarsak chaladi, 

Har fasl libos kiyib, 

Atlasdek tovlanadi.  

Ham mevalar beradi, 

CHiroy qo‘shar borliqqa. 

Ham havoni tozalar, 

Negiz bo‘lar sog‘liqqa. 

Topolmay bo‘lma karaxt, 

Borliq farzandi –

(daraxt)


 

 

Mo‘‘jaz taxta ustida, 



Raqiblar jangi ketar. 

Rosa dona surishib, 

Aqllirog‘i yutar. 

Oq-qora kataklarda 

Go‘yo hayot va mamot. 

Juda qadimiy o‘yin, 

Nomini bilsang, 

(shaxmot) 

 

 

 



 

CHiziqchali bor to‘nim, 

YAshildir mening po‘stim. 

YAshildir menda kamzul, 

Ichim esa qip-qizil. 

Qora, kichik urug‘im,  

YOzda otar palagim. 

Topa oldingmi hanuz, 

Ayt-chi, nomimdir 

(tarvuz)


 

 

YOshligimda yam-yashil, 



Bo‘laman men dovuchcha. 

Bolalar terishadi, 

To‘ldirishib hovuchga. 

Sabr qiling ozgina, 

Tosh otib, qilmang zo‘rlik, 

YAna biroz kutsangiz, 

Pishadi shirin

 (o‘rik)


 

 

Dumaloqman, olovrang, 



Ichim esa oppoq rang. 

Artsang, ko‘zing yoshlayman, 

Taomga yo‘l boshlayman. 

Mikroblarni yo‘qotaman, 

Yo‘talga asqotaman. 

CHesnokka etma qiyos, 

Deydilar achchiq 

(piyoz)


 

 

Tez aytishlar. 

 

Xalq og‘zaki ijodi turlaridan biri bo‘lmish tez aytish ayrim nutq tovushlarining 



ko‘p  qaytarilishi  yoki  tovushlarning  so‘z  va  iboralar  tarkibida  talaffuzni 

qiyinlashtiradigan  darajada  murakkab  joylashishiga  asoslanadi.  Ayniqsa,  bu  iboralar 

tez  aytilayotgan  paytda,  aytuvchi  bu  murakkab  tovushlarni  talaffuz  qila  olmasdan 

adashib ketishi bilan qiziqarlidir. 

 

Ko‘kchaning ko‘chasi kechgacha gavjum. 



Bobo, bobo qorbobo, 

Bobo, bobo qorbobo, bog‘-rog‘larga boq bobo. 

Belbog‘ini belga bog‘lab, bog‘bon bobo boqqa bordi. 

Qiziq, qizil chiziq chizdik, qiziq, qizil chiziq chizdik. 

Do‘mboqqina durdona, Nuronaga dugona. 

Kakku kaklikka ko‘k ko‘ylak tikdi.  

Qumrining qo‘g‘irchog‘i qimirlasa qiqirlar. 

Savatdagi sariq sabzi sarg‘ayibdi so‘libdi 

Saodatchi sabzilarni suvga solib qo‘yibdi. 

Gulnor gulzor oralab, gullarni saraladi.  

Tez aytishlar yoki so‘z uyinlari o‘zbek xalq og‘zaki badiiy ijodi turlaridan biri 


22 

 

bo‘lib, ayrim nutq tovushlarining ko‘p qaytarilishi yoki tovushlarning so‘z va iboralar 



tarkibida murakkab joylashishiga asoslanadi. 

Tez aytish bolalarda aqliy o‘tkirlikni, sezgirlikni tarbiyalaydi. 

Xalq  og‘zaki  ijodida  muayyan  tovushlar  takrori  asosiga  qurilgan  tez  aytish 

namunalari she’riy shaklda ham yaratiladi. 

 

Sora allalaydi, 



Lola arralaydi. 

 

Non yasashasizmi, 



SHoli sanashasizmi? 

Bolalarni  biyron  so‘zlashga  o‘rgatib,  ularga  estetik  zavq  beradigan,  fikr  va 

qobiliyatini  o‘stiradigan,  xotirasini  mustahkamlaydigan  bunday  o‘yinlarning  bolalar 

adabiyotidagi roli kattadir. 

Bolalardan  ona  -  Vatanga  sadoqat,  mehnatga  ishtiyoq,  qaqramonlik,  do‘stlik, 

kabi  oliyjanob  insoniy  fazilatlarni  tarbiyalashda  buloqdek  qaynab  toshgan  halq 

og‘zaki  ijodining  roli  beqiyosdir.  Ayni  choqda  u,  bolalar  yozuvchilarning  g‘oyaviy-

estetik  tomondan  yuksalishga  ham  katta  ko‘mak  beradi,  so‘z  san’atkorlarini  yosh 

avlodga munosib badiiy asarlar yaratishga undaydi.  

O‘zbek  xalq  og‘zaki  ijodiyotida  tez  aytishlar,  kichik  va  katta  yoshdagi 

bolalarning  nutq  va  xotira  xususiyatlariga  qarab,  qisqa  va  uzun  jumlalar  shaklida 

yaratiladi.  Tez  aytishlar  kichik  va  maktab  yoshidagi  bolalar  nutqidagi  ayrim 

tovushlarni buzib talaffuz etish hollarini tuzatishga, to‘g‘ri so‘zlaydigan bolalarda esa 

adabiy  talaffuz  normalarini  mustahkamlashga,  nihoyatda  bolalarni  jumlalardagi 

mantiqiy urg‘uni topib olishga yodam beradi. 

 

13. Yakuniy konsert dasturi. 

 

Yakuniy  konsert  dasturini  namoyish  etish  tartibi.  To‘garak  a’zolarining  yil 



davomida o‘rgangan qo‘shiq, yalla, raqs, laparlardan tuzilgan yakuniy konsert dasturi 

namoyish etish. 



 

Toy-toy ukajon. 

(Erkalama qo‘shiqlar turkumidan) 

 

Toy-toy ukajon toy-toy, 



Shirin erkatoy ukam. 

Toy-toy ukajon, toy-toy, 

Yumshoq sari moy ukam. 

O‘zimning shu oy ukam 

Toy-toy ukajon toy toy 

 

Naqorat 



 

Andi bora, andi bor, 

Labida shakar qandi bor. 

Toy – toy ukajon toy-toy . 

Shunday asal bolaning, 

Menday jigar bandi bor. 

Toy-toy ukajon toy-toy. 


23 

 

Naqorot. 



 

Har bir bosgan izingdan, 

Gullar unsin jon ukam. 

Toy-toy ukajon toy - toy 

Har bir bosgan qadaming. 

Baxt keltirsin jon ukam, 

Jonim ukajonim, ukam. 

 

Desam-chi hoy desamchi. 

(Erkalanma qo‘shiqlar turkumidan) 

 

Desamchi,  ho desamchi, 



Chorboqqa gul eksamchi. 

Sedanali nonni, 

Qaymoq bilan esamchi. 

 

Gul ekdimo, gul ekdim, 



Gulim g‘unchalab qoldi. 

Buncha shirin bo‘larkan-e 

Meni achomlab oldi. 

 

Naqorot. 

 

Sadqa bo‘lay so‘zingga, 



Parvonaman o‘zingga. 

Eru-ko‘kka ishonmayman, 

Xas tushmasin ko‘zingga. 

 

Naqorot. 



 

Laylak keldi yoz bo‘ldi 

(Fasliy qo‘shiqlar turkumidan). 

 

Taqir-taqir, taqir-taqir. 

Qo‘shiq aytadi laylak. 

Laylak keldi, yoz bo‘ldi. 

Qanoti qog‘oz bo‘ldi. 

Laylak boradi toqqa, 

Quloqlarida halqa. 

 

Naqorot. 



Halqani ob qochaylik, 

El boshiga sochaylik. 

 

Naqorat. 



Laylak balandroq uchsin, 

Xalqim murodga etsin. 



 

Chitti gul-a,chitti gul. 

(Bolalar ko‘ngilochar o‘yin 

 qo‘shiqlar turkumidan) 

 

Chitti gula chitti gul, 

Ha-yu chitti gul . 


24 

 

Chuchvara qaynaydiya, 



Ha-yu chitti gul. 

Qozonda o‘ynaydi-ya 

Ha-yu chitti gul 

Acham bizga bermaydiya, 

Ha-yu chitti gul. 

Ob qochamiz bilmaydiya, 

Ha-yu chitti gul. 

Chitti gul-a chitti gul, 

Ha-yu chitti gul. 

Gul yaxshi-yu,gul yaxshi, 

Ha-yu chitti gul. 

Gulning popugi yaxshi, 

Ha-yu chitti gul. 

O‘ynayotgan qizchaning, 

Ha-yu chitti gul. 

Haydar kokili yaxshi 

Ha-yu chittigul 

CHittigul-a chitti gul 

Ha-yu chitti gul 

 

Ha dursi-dursi. 



(Erkalanma qo‘shiqlar turkumidan) 

Naqorot. 

Ha do‘rsa, do‘rsa, do‘rsa, 

Otasi bozorga borsa. 

Sabzi, piyoz keltirsa, 

Onasi pazanda bo‘lsa. 

Ha do‘rsa, do‘rsa, do‘rsa. 

Otasi bozorga borsa. 

Shirmoyi non keltirsa, 

Bolasi xo‘randa bo‘lsa. 

Ha do‘rsa, do‘rsa, do‘rsa. 

Otasi bozorga borsa. 

Qandu-asal keltirsa, 

Akasi xo‘randa bo‘lsa. 

Ha do‘rsa, do‘rsa, do‘rsa. 

Otasi bozorga borsa, 

Danaksho‘rak keltirsa, 

Bolasi xo‘randa bo‘lsa. 

Ha do‘rsa, do‘rsa, do‘rsa. 

Otasi bozorga borsa. 



 

 

 



 (Quvnoqroq ohangda.) 

Yakka:-Sabzi, piyoz keltirsa, 

Hamma:-Ha do‘rsa, do‘rsa, do‘rsa. 

Yakka:-Shirmoyi non keltirsa, 

Hamma:-Ha do‘rsa, do‘rsa, do‘rsa. 

Yakka:-Qandu-asal keltirsa. 

Hamma:-Ha do‘rsa, do‘rsa, do‘rsa, 

Yakka:-Danaksho‘rak keltirsa. 

Hamma:-Ha do‘rsa, do‘rsa, do‘rsa. 

Ha do‘rsa, do‘rsa, do‘rsa. 

Otasi bozorga borsa. 

 

 



14. Yakuniy nazorat ishi  

 

Amaliy mashg‘ulot: 

Yil davomida o‘rgangan laparlardan birini ijro etish. 

 

 


25 

 

 “FOLKLOR” TO‘GARAGI O‘QUV QO‘LLANMASI 



 

(ikkinchi o‘quv yili uchun) 

 

1.  Xalq og‘zaki ijodi va turlari. 

 

Dunyo xalqlarining og‘zaki ijodinini bezab turgan, bir-biridan qadimiy doston 

va  ertaklar,  askiya  va  laparlar,  qo‘shiq  va  topishmoqlar  odamlarni,  bashariyatni 

nurafshon kunlar sari etaklaydi. 

Xalq  ijodi  tushunchasi  g‘oyatda  keng,  u  folklor,  xalq  musiqasi  (musiqa 

folklori), xalq teatri (tomosha san’ati), xalq o‘yinlari, qo‘g‘irchoq o‘yin, xalq tasviriy 

va  amaliy  san’atini o‘z  ichiga  oladi.  Folklor  asarlar katta hayajonlantiruvchi kuchga 

ega,  adabiyot  va  san’at  uchun  tuganmas  manbadir.  Inson  nutqi  shakllanishi  bilan 

og‘zaki  so‘z  san’atining  qadimiy  tur  va  janrlari  ham  qorishiq  holda  yuzaga  kela 

boshladi.  Kishilik  badiiy  tafakkurining  turli  shakllarini  o‘z  ichiga  olgan  bu  ijod 

namunalari  ibtidoiy  odamlar  maishati  va  faoliyatining  barcha  jihatlari  bilan  uzviy 

bog‘langan  bo‘lib,  qadimiy  kishilarning  diniy,  mifologik  va  e’tiqodiy  qarashlari, 

boshlang‘ich  ilmiy  bilimlari,  tabiat  va  jamiyat  haqidagi  tasavvurlarini  aks  ettirgan. 

Biroq  qadimiy  folklorning  bunday  namunalari  bizgacha  etib  kelmagan.  YOzuvning 

yuzaga  kelishi  natijasida  folklor  bilan  tarixan  bog‘liq  bo‘lgan  adabiyot  ham  paydo 

bo‘ldi. 


Adabiyot  o‘zining  taraqqiyoti  davomida  folklordan  deyarli  barcha  estetik 

tushunchalar va poetik shakllarni oldi. So‘z san’atining mustaqil turi sifatida folklor 

ham  adabiyot  birgalikda  yonma-yon  yashab  keldi.  Folklor  va  adabiyot  asarlari 

yaratilgan  ijtimoiy  muhitdagi  farqlar,  ijodiy  jarayonning  xilma  xilligi  ularning 

o‘zlariga xos xususiyatlarini yanada kuchaytirdi. Natijada folklor va adabiyot og‘zaki 

hamda yozma tur sifatida shakllandi va rivojlandi. 



 

2. Folklor qo‘shiqlar ijrochiligida sahna kiyimlari. 

 

O‘zbek xalqining kiyim-kechaklari butun bir fan sohasini tashkil qilib alohida 



mutaxassislarni ilmiy izlanishlarini talab qiladi. Konsert kiyim-kechaklarida xalqimiz 

an’anasiga  ijobiy  munosabatda  bo‘lib  ijrochilik  vazifalari  taqozo  etadigan 

viloyatlararo farqlardan unumli foydalanishni talab qiladi. Har bir raqsning o‘z kiyim 

kechagi  bo‘ladi.  Bosh  masala  shundaki,  yagona  shakl  to‘garak  faoliyatining 

muvaffaqiyatli chiqishini ta’minlaydi. 

Folklorning  asosiy  xususiyati  ijodiy  jarayon-yaratuvchilik  va  ijrochilik 

jarayoning  og‘zakiligi  va  jamoalik  xarakteriga  egaligidadir.  Uning  an’anaviylik, 

o‘zgaruvchanlik, variantlilik, ommaviylik, anonimlik kabi belgilari folklorga xos ana 

shu ijodiy jarayonning bosh xususiyati doirasida namoyon bo‘ladi.  

Folklor  asari  ko‘pchilik  tomonidan,  ajdodlar  va  avlodlar  aloqadorligida 

yaratilgan  poetika  elementlari,  an’anaviy  uslub  vositalari  asosida  yuzaga  keladi,  u 

muayyan  eshituvchilar  guruhiga  mo‘ljallangan  va  xalq  ommasi  tomonidan  e’tirof 

etilgandagina ijtimoiy va tarixiy axamiyat kasb etadi. 

Folklor namunalari og‘zaki yaratilib, og‘zaki tarqalishi, ommaviy repertuardan 

keng  o‘rin  olishiga  poetik  shakllarning  barqarorligi,  matndan–matnga  o‘tuvchi 


26 

 

umumiy  o‘rinlarning  qat’iylashganligi,  o‘xshash  syujetlarning  ko‘pligi  imkoniyat 



yaratadi. 

Har bir ijod va ijroda an’anaviy asardagi ayrim unsurlar o‘zgaradi yoki tushib 

qoladi. Bunday o‘zgaruvchanlik ijtimoiy-maishiy sharoit, eshituvchilar talabi, ijodkor 

salohiyatiga  bog‘liq.  Lekin  har  qanday  o‘zgarish  sayqal  topgan  qat’iy  an’analar 

doirasida  sodir  bo‘ladi.  Badihago‘ylik  folklor  asarlarining  ko‘p  variantlarda 

tarqalishiga  olib  keladi.  Folklorning  jamoalik  xarakteri  yakka  ijodchilar  faoliyatini 

inkor  etmaydi.  Iste’dodli  ijodkorlar  og‘zaki  an’analar  doirasida  uni  yanada 

mukammallashtiradilar, yangilarini yaratadilar. 



Download 420.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling