Bayonnomasi №1 2022-yil 9-sentyabr Qatnashdilar: Maktab direktori: M. Alqarov Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari: Sh. Mamasodiqov Maktab xodimlari: 44 nafar xodim Kun tartibidagi masala


Download 410.4 Kb.
bet8/34
Sana09.06.2023
Hajmi410.4 Kb.
#1471235
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34
Bog'liq
7 Ma\'naviyat ma\'rifat o‘quv bayonnomalari(1)

Yig’ilish raisi: M.Alqarov
Yig’ilish kotibi: Sh.Mamasodiqov
PAXTAKOR TUMANI 7-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT O’QUVLARI YIG’ILISHINING
Bayonnomasi №8
2022-yil 28-oktabr
Qatnashdilar: Maktab direktori: M.Alqarov
Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha
direktor o’rinbosari: Sh.Mamasodiqov
Maktab xodimlari: 47 nafar xodim
Kun tartibidagi masala:
1. Dovyurak va botir insonlar kelajakda sodir bo‘ladigan qiyinchiliklardan qo‘rqmaydi” Buyuk alloma Abu Ali Ibn Sino hayoti va faoliyati
Axborotchi : E.Daminov
Kun tartibidagi masala yuzasidan O`TIBDO` B.Djumanov so’zga chiqib Dovyurak va botir insonlar kelajakda sodir bo‘ladigan qiyinchiliklardan qo`rqmaydi” Buyuk alloma Abu Ali Ibn Sino hayoti va faoliyati mavzusida gapirdi:
Maʼlumki, Abu Ali ibn Sino tarixda yorqin iz qoldirgan buyuk allomalarimizdan biri boʻlib, uning boy ilmiy merosi insoniyatga hamon gʻurur va iftixor bagʻishlab kelmoqda. Alloma Sharq va Gʻarb ilm-fani, maʼrifati, madaniyat taraqqiyotiga katta taʼsir koʻrsatgani bois, oʻz davrida “Shayx ur-rais”, “Olimlar boshligʻi”, “Tabiblar podshohi” kabi yuksak maqomlarga sazovor boʻlgan. “Tib qonunlari” asari esa asrlar davomida tabobatning mufassal qomusi boʻlib qolmoqda. Ibn Sino tibbiyot va falsafadan saboq olishni matematikadan tayanch bilimni olib bo‘lganidan so‘ng 14-15 yoshlarida boshlagan. O‘n olti va o‘n sakkiz yoshlar orasida u mantiq, fizika va matematika bilan shug‘ullangan, o‘zining ta’biri bilan aytganda, “usta” bo‘lgan.
Ibn Sinoga o‘z davrining taniqli matematik olimlaridan birortasi saboq berganmi, yo‘qmi, aniq emas. Lekin o‘sha kezlarda Buxoroda Appoloniyning arab tiliga o‘girilgan “Konus kesimlar”i hamda Arximedning “Doirani o‘lchash kitobi” va “Silindr doirasi kitobi” mavjud bo‘lgan.
Ko’rib chiqilgan masala yuzasidan yig’ilish qaror qiladi:
1.O`TIBDO` B.Djumanov so’zga chiqib Dovyurak va botir insonlar kelajakda sodir bo‘ladigan qiyinchiliklardan qo`rqmaydi” Buyuk alloma Abu Ali Ibn Sino hayoti va faoliyati mavzusida ma`ruzasi ma`lumot uchun qabul qilinsin. Ajdodlarimizning bebaho merosi abadiyatga daxldor ma’naviy xazina ma’ruzani har bir pedagog xodim individual o’rganib chiqishi va xulosalar chiqarishi barcha o’qituvchilarga yuklatilsin.
2.Ushbu ma’ruzalari yuzasidan maktab o’quvchilari orasida ham tushuntirish ishlarini olib borish O.Ungalov va barcha sinf rahbarlarga topshirilsin.
3.Ushbu ma’ruzalardan dars jarayonida foydalanish barcha o’qituvchilarga yuklatilsin.
Ushbu qarorlar bajarilishini nazorat qilishni o’z zimmamda qoldiraman.



Download 410.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling