2-mavzu. Jinsi to'qimasini ishlab chiqarish uchun tanda tayyorlash. Indigo bo'yash texnologiyasi bilan tanishish ma'ruza rejasi


Download 1.96 Mb.
bet1/4
Sana29.04.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1401463
  1   2   3   4
Bog'liq
2-Mavzu. — копия

2-MAVZU. JINSI TO'QIMASINI ISHLAB CHIQARISH UCHUN TANDA TAYYORLASH. INDIGO BO'YASH TEXNOLOGIYASI BILAN TANISHISH

Ma'ruza rejasi

  • Jinsi to'qimasini ishlab chiqarish uchun tanda tayyorlash.
  • Indigo bo'yash texnologiyasi bilan tanishish.

Jinsi to‘qimasini ishlab chiqarish.

XIX asrda Fransiya davlatining Rhone vodiysida va Italiyaning Rivierasi bo‘ylab ishlab chiqaruvchilari tomonidan og‘ir paxtali (x/b) to‘qima “Tissude nemes” va “Blue de genes” nomlari bilan mashhur bo‘lgan to‘qima ishlab chiqarila boshladi.

Hozirgi davrda “Denim“ va “Jinsi” nomlari bilan yuqoridagi to‘qimalar ishlab chiqariladi. Birinchi jinsilar og‘ir paxtali to‘qimadan ishlab chiqarilib maxsus ishchi kiyimlar tikishga mo‘ljallangan bo‘lib, Leviy Straus tomonidan 1870- yillarda AQShda ishlab chiqarilgan. Odatdagi jinsi to‘qimalari “indigo” usulida bo‘yalgan paxta iplaridan (yuqori chiziqli zichlikli) ishlab chiqariladi. Bu to‘qimaning yemirilishga chidamliligi yuqori bo‘lib, to‘qimaning yuza zichligi 1m2 yuqori bo‘lib, sarja 3/1 o‘rilishida ishlab chiqariladi.

Jinsi to‘qimasini ishlab chiqarish.

Bugun dunyo bo‘yicha boshqa to‘qimalarga nisbatan denim to‘qimalari ko‘p miqdorda ishlab chiqariladi. Denim to‘qimalari juda ko‘plab maqsadlarda ishlatiladi. Bu standart to‘qimani ishlab chiqarish jarayonining har bir bosqichida maxsus nau-xau lardan foydalaniladi.

Bugungi kunga kelib ham jinsi to‘qimasini ishlab chiqarishda indigo bo‘yash usulidan foydalaniladi (1897-yildan sun’iy ishlatiladi)

“Bukhara Cotton Textile”

  • Buxorodagi “BCT Cluster” paxta-toʻqimachilik klasteri mamlakatimizda eng birinchi tuzilganlardan. U davlatimiz rahbarining 2017-yil 19-maydagi qaroriga asosan tashkil etilgan.
  • Bugungi kunda mazkur klaster paxta yetishtirishdan tortib uni chuqur qayta ishlashgacha boʻlgan barcha texnologik jarayonlarni yaxshi oʻzlashtirgan. Xususan, Romitan tumanidagi 8 ming gektar maydonda paxta yetishtirilsa, uning tolasidan ip yigirish, kalavani boʻyash, mato toʻqish va kiyim tikish yoʻlga qoʻyilgan.
  • “Bukhara Cotton Textile” korxonasi ushbu ishlab chiqarish zanjirining oxirgi xalqasi hisoblanadi. Uni tashkil etish uchun 65 million AQSH dollaridan ziyod investitsiya yoʻnaltirilgan.
  • Yana bir muhim jihati shundaki, ushbu korxona ilgari qarovsiz boʻlib qolgan sobiq toʻqimachilik kombinati oʻrnida paydo boʻldi. Bu yerda bitta eski bino kapital rekonstruksiya qilinib, 19 ta yangi bino va inshootlar barpo etildi. Germaniya, AQSH, Belgiya va Fransiyadagi ilgʻor texnologik liniyalar, asbob-uskuna va dastgohlar bilan jihozlandi.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling