Bazalt minerali asosida termik destruksiyaga chidamli polimer kompozitsion materiallar olish, ularning fizik-mexanik xossalari va tuzilishini fizik-kimyoviy usullar yordamida tadqiq qilish” 70530101 – “Kimyo


-§. Mineral to‘ldiruvchi asosida olingan polimer materiallarning mexanik va relaksatsion xossalarini o‘rganish


Download 0.78 Mb.
bet28/32
Sana22.06.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1649220
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
С,М,РАСУЛОВА ДИССЕРТАЦИЯ2222 2 2 1 (3)

3.3-§. Mineral to‘ldiruvchi asosida olingan polimer materiallarning mexanik va relaksatsion xossalarini o‘rganish
Ko‘p hollarda polimer materiallarni o‘rtacha deformatsiya va yuklar ostida ishlashini hisobga olgan holda, bu sharoitlarda relaksatsion jarayonlar polimerlar tarkibining buzilish jarayonlarida ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Aslida, polimer asoslarning mexanik ishlash qobiliyatini aynan relaksatsion jarayonlar aniqlab beradi, lekin nisbatan muhim xarakteristikalardan biri elastiklik moduli hisoblanadi. Polimerlar asosidagi nanokompozitlarning mexanik ishlash qobiliyati va relaksatsion xossalariga to‘ldiruvchilarning ta’siri haqidagi ma’lumotlar adabiyotlarda yetarlicha keng yoritilmagan.
Ushbu ishda barcha namunalarning siqilish egri chiziqlarini o‘lchash ishlari xona haroratida olib borildi. O‘rganilayotgan namunalarning elastiklik moduli (YE, MPa) siqilish egri chiziqlarining boshlang‘ich qismi qiyaligidan boshlanadi. Tangenslarning egri chiziqning ikkita shoxida kesishishi bilan to‘g‘ri chiziqlar kesishish nuqtasiga to‘g‘ri keladigan majburiy elastiklik moduli (σu, MPa) aniqlandi.Dastlabki to‘ldirilmagan polimerlarning siqilish egri chiziqlari 3.3.1-rasmda keltirilgan. Boshqa barcha o‘rganilgan namunalarning siqilish egri chiziqlari bir xil analogik turga mansub.

3.8-rasm. To‘ldirilmagan poliamidning siqilish egri chiziqlari
Olib borilgan tadqiqotlarda barcha namunalarning elastiklik moduli va siqilishdagi majburiy elastiklik moduli chegarasi aniqlandi.O‘lchash natijalari 3.17-jadvalda keltirilgan.
3.17-jadvalda ko‘rinib turibdiki, to‘ldiruvchilar tutmagan dastlabki polimerlar namunalari elastiklik modulining past (310 MPa) ko‘rsatkichlarini namoyon qiladi. Nisabatan yuqori elastiklik modulini
PY-342 asosida olingan PY-342PEMA/TEAS/BT tarkibli kompozit namoyon qiladi.Ushbu kompozitning elastiklik moduli 684 MPa ga teng.
Barcha namunadagi to‘ldiruvchilar bilan to‘ldirilgan nanokompozitlar dastlabki to‘ldirilmagan polimerga nisbatan yuqori elastiklik modulini namoyon qiladi.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling