Berdaq nomidagi Qoraqolpaq Davlat Universiteti. Tarix va arxeologiya kafedrasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/16
Sana19.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
#751
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16

YI-XI ASRLARDA ARABLAR 
 
R E J A :  
 
1.   Arablar  tarixidagi  uch  davr.  İslom  dini  paydo  bulmasdan  ilgarigi 
Arabiston. 
2.   İslom dinining paydo bulishi. 
3.   Dastlabki xalifalar zamonida arablarning istilolari. 
4.   Ummaviylar, abbosiylar xalifaligi. 
5.   Arab feodalizmi. 

 
128
6.   Arab madaniyati va sanati. 
 
  Arablar  tarixidagi  uch  davr.  Arablar
  tarixi  odatda  uch  davrga: 1) 
Makka-Madina davriga - İslom dini paydo bulmasdan ilgarigi Arabiston va 
islom  dinining  paydo  bulish  davriga (YI-YII asrlar); 2) Damashak  (Suriya) 
davriga - Umaviylar  dinastiyasining  idora  kilish  davriga (661-750) va 3) 
Bagdod  (Eron-Mesopotamiya)  davriga  -Abbosiylar  dinastiyasining  idora 
kilish davri xalifaliklarning turklar tomonidan bosib olish bilavn tugadi.  
  Arab  xalifaligining  turli  siёsiy  markazlari  bilan  boglig  bolgan  bu  uchta 
xronologik davriga arab feodalizmining rivojlanishi xam asosan muvafik keladi. 
Birinchi  davrda  arab  jamiyatida  feodallashuv  protsessi  endi  boshlanaёtganligi 
namoёn  buladi.  İkkinchi  va  xususan,  uchunchi  davrda  evropa  feodalizmidan 
jiddiy  kiluvchi  bir  kancha  tamonlari  bulgan  arab  feodalizmining  xarakterli 
xususiyatlari tarkib topdi. 
  İslom  dini  paydo  bulmasdan  ilgarigi  Arabiston.  Territoriya  jixatidan 
Evropaning  turtan  bir  kismiga  teng  keladigan  juda  katta  yarim  aral  bulmish 
Arabiston  yarim  orolining  kup  kismi  suvsiz  chul  va  saxrolardan  iboratdir, 
ammo  dexkonchilik  kilish  mumkin  bulgan  eri  ozginadir.  Shuning  uchun 
Arabiston  axolisining  zochilik  kismigina  utrok  xaёt  kechirar  va  dexkonchilik 
bilan  shugullanar  edi.  Arablarning  kupchiligi  esa  kushmanchi  -badaviylardan 
iborat  bulib,  kuy,  echki  va  tuya  bakor  edi.  Arabistonning  dexkonchilik  uchun 
eng  kulay  bulgan  ulkasi  janubiy-garbiy  oblast-Yaman  ёki <Arabiston>>  bulib,  bu  reda  kadim  zamonlardaёk  muttasil  ravishda  birining 
urnini ikkinchisi olib kelganbir necha yirik kuldorlik dalati bor edi. Xijozning 
(yarim  orolining  Kizil  dengiz  buylab  chuzilib  ketgan  kambar  kismining)  esa 
fakat ayrim voxalaridagina dexkonchilik kilish mumkin edi. Yarim orolning eng 
katta  kismi  -Najd-sugoriladigan  erlari  juda  kam  bulgan  goyat  katta  yassi 
toglikdan iborat bir joy bulib, fakat chorvachilik uchungina yarar edi. 
 YI-YII asrlardagi arablarning ijtimoiy tuzumida xali urugchilik belgilari 
kushli  edi.  Arablar-kushmanchi  (badaviy)  arablar  xam,  utrok  arablar  xam-
juda kup urug va kabilalarga bulingan edi. Xun olish bor edi. Urugning bayrok 
azolari kurbsizrok karindoshlariga ixtisodiy jixatdan ёrdam berishga lozim edi. 
Xar  bir  kabilaning  uz  diniy  marosimi  bor  edi.  Kabila  va  uruglarning  boshida 
shaёx va saidlar turib, xokimiyat fakat shularning kulida edi. Birok urugchilik 
tuzmining  emirilish  alomatlari  ruy  bera  boshlagan  edi.  Urug-kabila 
zodagonlari eng yaxshi yaylovlari va dexkonchilik uchun yarokli uchastkalarni 
-voxallarni  (bunday  uchastkalarning  uzi  oz  edi)  uz  kuliga  kirgizib  olmakta 
edilar. Zodagon iolalarining kupdan-kup mollari, shuningdek, kullari bular edi. 
Shayx va saidlar shu oilalardan chikar edi. Urushda kulga kiritilgan uljalarning 
eng  kup  kismi  bularga  ajiratilar  edi.  Arablarda  urug-kabila  zodagonlaridan 
tashkari,  yani  kadila-urug  boshliklari  va  oksokollaridan  tashkari,  yana 
shaxarli savdagor-sudxurlardan iborat boshka bir yukori tabaka xam xavj olib 

 
129
bordi,  bu  tabaka  xam  muayyan  bir  kabila  va  urugka  kirgan  bulib,  odatda 
badaviy  kadillarning  boshliklari  bilan  kattik  boglangan  edi.  Urta  dengizdan 
Xindistonga  boradigan  muxim  savdo  yuli  kadimdan  Arabistondan  utar  edi. 
Xijoz orkali shimoldan janubga katta savdo yuli utar edi. Shu savdo yulida ilk 
vaktlardaёk  katta-katta  savdo  punktlari,  Makka,  Yatrib  va  boshkalar  vujudka 
keldi. Makka shaxri ayniksa katta axamiyatga edi. Arablar urtasida juda dongi 
ketgan ibodatxona bulmish Kaba va undagi mukaddas kora tosh (xajari asvad) 
shu  Makkada  edi.  Makkada  shu  Kaba  atirofida  xar  yili  katta  yarmarka  bulib 
turar  edi.  Makkaning  savdogar-sudxurlardan  iborat  bolgan  yukori  tabakasi 
savdodan katta-katta foyda kurar edi. Ular kullarni ekspluatatsiya kilish va kul 
olib sotish bilan xam shugullanar edilar. Shaxardagi mayda xunarmandlar xam 
shu  savdogar-sudxurlardan  xamma  vakt  korizdor  bulib,  iktisodiy  jixatdan 
ularga  karam edi.  
 YI-asrning  oxiri YII-asrning  boshlarida  arablar  kattik  iktisodiy  va 
sotsial  krizisga  uchradi.  Yarim  orolning  axolisi  kupayib,  er  etishmay  koldi. 
Oddiy  arablar  uchun  xam  katta  madad  bulib  kelgan  karvon  savdosi  xam 
tushkinlikka  uchradi. YI-asrda  eronlar  bilan  xabashlar  urtasida  bulgan  va 
uzok-uzok  vakt  davom  etgan  urushlar  natijasida  Yaman  deyarli  butunlay 
xarob  va  vayron  buldi.  Shimoldan  janubga  va  eanubdan  shimolga  tovar  olib 
borish juda xam kamyib ketdi.  
  Eroniylar  Xindistonga  boradigan  va  uzlari  uchun  foydali  bulgan  boshka 
bir  yulga,  yani  Tigr  (Dajla)  va  Evfrat  (Frot)  darёlari  buylab  Fors  kultigiga 
boradigan yulga xomiylik kilardilar. 
  Ana  shunday  sharoitda  arablarda  sinflarning  tashkil  topish  protsessi 
tezlashib  ketdi.  Arab  shaxarlaridagi  axolining  kuyi  tabakalari  uz  axvolidan 
narozi  edi,  ular  sudxur  boylarga  nafratlanib  karar  edi,  bu  narozilikni  va 
nafratlanib karashni dexkonchilik bilan shugullanuvchi utrok kabilalardagi oddiy 
omma  xam  kuvvatladi,  bu  kabilalar  xam  erga  muxtaj  edi  va  uz  urug- 
kabilasidagi feodallasha boshlagan zodagonlardan jabr-zulm kurmokda edi.  
  Arab xalk ammosining ijtimoiy norozligi ideologiya tarzida, yangi din-
islom dinining vujudga kelishi ifodalandi. 
  İslom  dinining  paydo  bulishi.  Muxammad  va  uning  jamoasi. 
Muxammad (570-632) kuraysh  kabilasiga  mansub  bulgan  va  kamballashgan 
xonadondan chikkan edi, bu kabila Makkada xukmron kabila edi. Muxammad 
dastlab  chupan  bulib,  keyin  badavlat  bir  xotinga  uylanish  orkasida  savdogar 
bulib  olgan.  Lekin  uning  sudxurlikka  ilgaridan  ёman  kuz  bilan  karab  kelishi 
uning demokratik elementlar bilan yakinlashuviga sabab buldi. Muxammad din 
targibotshisi (<
>)  sifatida 610 yillarda  maydonga  chikdi. 
Sudxurlikni  koralashdan  tashkari,  u  xar  bir  kishidan  kambagallarga  ёrdam 
berishni,  uz  darodining  undan  bir  kismini  kambagallarni  bokish  uchun 
ajiratishni talab kildi. Shu bilan birga uruglar urtasidagi uzaro urush-janjallarni 
tuxtatishni  xam  talab  kildi,  uruglarning  bir-biridan  kasos  olishiga,  urug  va 

 
130
kabilalarning tor kon-kardoshlik doirasida bikinib ёtishiga karshi chikdi. Arab 
jamiyatining  bundan  buёktagi  rivojlanishiga  gov  bulib  kolgan  urugchilik 
tuzumining  tor  diorasiga  karshi  olib  borilgan  bu  kurash  Muxammadning  kup 
xudolikdan  kaytib,  bitta  xudoga-  ollxga  siginish  kerak,  degan  asosiy  diniy 
talabida  ifodalandi  (islom  dinining <rasulullox>>  degan  asosiy  formulasi- <paygambari>>, demakdir). Ollox -kurayish kabilasidagi bosh xudoning nomi 
bulib,  Muxammad  unga  butun  olam  xudosi  tusini  berdi.  Mumin  musulmonlar 
<>  (Muxammad  uzini  shunday  deb  elon 
kilgan  edi)  suzsiz  itoat  kilishlari  kerak  edi.  Yaxudiy  va  xristian  dini  (bu 
dindagilar usha vaktda Makkaning uzida xam kup edi) yangi dinga tasir etgan 
bulib,  bu  tasir  Muxammadning  talimotida  juda  ravshan  aks  etdi.  İslom  dini 
Muso  bilan  İsoni  Muxammaddan  oldingi  paygambarlar  deb  tanidi.  Yaxudiylar 
va xristianlar singari musulmanlar xam Kuddusni mukaddas shaxar deb xisoblar 
edilar.  Doimo  juma  kunlari  bayram  kilinishi  yaxudiylar  va  xristianlardagi 
shanba va yakshanba kunlariga muvofik kelar edi.  
Muxammad vujudga keltirgan yangi dinning beshta asosiy koydasida, yani: 
1) bitta xudoga -alloxga ishonish, 2) xar kuni albatta besh vakt namozni tark 
kilmaslik, 3) yilda  bir  marta  ramazon  oyida  ruza  tutish, 4) zakot 
(akmbagallarga  ushur)  berish  va 5) xaj  kilishdan  iborat  besh  farzida  xech 
kanday sotsial reforma yuk edi. Muxammad kullikni konuniy deb xisobladi, kup 
xotin olishga fatvo berdi, savdoga va xususiy mulkchilikka xomiylik kildi. Shu 
bilan  birga  yangi  din  dastlabki  vaktlarda  xalk  ommasining  kayfiyati  bilan 
xisoblashishga  xar  xolda  majbur  buldi.  Zakotning  farz  kilib  kuyishi  va 
sudxurlikning birmuncha cheklanishi birmuncha buning ёrkin dalilidir. 
  Dastlabki vaktlarda Makkadagi kurayish aristokratiyasi muxammadga juda 
xam dushmanlik kuzi bilan karadi. Muxammad Makkaning azaldan beri davom 
etib kelaёtgan urf-odatlarining ildiziga balta uraёdgandek, Kabaning  
axamiyatini  guman  ostida  koldiraёtgandek  tuyulgan  edi.  Kurayshlar 
<
>  uzini  va  uning  barcha  muridlarini  uldirmokchi  bolishdi. 
Muxammad  Makkadan  kushni  Yatrib  shaxriga  kochib  ketishga  majbur  buldi; 
Yatrib  usha  vaktda  Makka  bilan  rakobat  kilar  edi.  Bu  vokea  eramizning 622 
yilida yuz berdi.  
  Muxammadning  Yasribga  kochishi  (arabchasiga <>)  islom 
tarixida  bir  era  bulib,  musulmonlar  uz  yil  xsobini  mana  shu  eradan  boshladi. 
Shundan  keyin  Yatrib  shaxri  Madinat-un-Nabi,  yani <
shaxri>>  deb  atala  boshladi.  Madinada  muxammad  muminlar - <bandalari>>ning  katta  jamoasini  tuxzdi (<>  degan  suz <
demakdir). Madinalik davrida xam Muxammad bilan Makka urtasida nixoyatda 
dushmanlik  munosabati  davom  etdi.Madynaga  xada  ittifokchi    badaviy  
kabilalarga    suyanib    turib,  paygambar    Mxummad    kurol    kushi    bilan  
makkaliklarni    uz    xokiyiyatiga    buysindirdi.  Makka    aristokratiyasi    islom  

 
131
dinini    va    Muxammadning    etiborini    tan    oldi.  Lekin  Muxammad    xam  
Makkaning    diniy  ustunligini,  Kabanining  va    undagi  kora  toshning 
mukaddasligini etirof  etib,xar  bir musulmon  Makkaga  xaj  kilishi shart, deb 
elon kilishga majbur  buldi. Bu  
bilan  Muxammadning    yangi  diniy  toshkiloti  kuraysh    zodagonlarining  
siesiy tasirini xam tan oldi. Xakikatda, arablarda turli arab kabilalarini 
bitta  kilib  birlashtirgan  davlat  dini  teokratik  formada  tashkil  topa 
boshladi.Makka  zodaganlari  va  badaviy  kabilalarning  boshliklari  va  yangi 
davlatda  uzlarining  xukmronlik  mavkeini  kengrok,  umum  Arabiston  doirasida 
mustaxkamlab  olish  imkoniga  ega  buldi.  Muxammad  vafot  etgandan  keyin, 
oradan  kup  utmay,  islom  bayrogi  ostiga  birlashgan  arab  kabilalari  Arabiston 
yarim orolidan tashkariga chikib, Vizantiya, Eron erlarini istilo kila boshladi.  
  Dastlabki xalifalar zamonida arablarning istilolari. Muxammadning eng 
yakin  vorislari-xalifalar-arab  xarbiy  jamoasining  saylabkuyiladigan 
boshliklari  bulib,  ular  diniy,  xarbiy  va  grajdan  xokimiyati  zu  kuldariga  olgan 
edilar. Ularning karorgoxi Madina shaxri edi.  
  Bu xalifalar chikib kelishlari jixatidan Muxammadning ё karindoshlari ёki 
yakin  dustlari  edi. 632-661 yillar  davrida  birin-ketin  Abubakr,  Umar, 
Usmon va Adi idora kildi. Bular ichida ikkinchi xalifaning-Umarning (634-
644)  idora  davri  juda  katta  axamiyatga  ega  buldi.  Xuddi  shu  Umar  zamonida 
arablar Suriyani, Falastinni, Misrni, Eronni  bosib oldilar. Arablar bu davrda bir 
kancha  ajoyib  galabalarni  kulga  kiritdi.  Ular  Suriyda (636 y)  Ёrmik  darёsi 
buyida  Kuddus  ёnida (638 y)  vizantiyaliklarni,  Kadisiya (637 y)  va  Nexavan 
(642  y)  shaxarlari  enida,  kadimiy  Ekbatanlar  yakinida  eronliklarni  tor-mor 
keltirdi.  Arablarning  galaba  kozonishiga  shu  narsa  katta  ёrdam  berdiki,  usha 
vaktda xar ikkala katta davlat- Vizantiya xam, Eron xam bir-biri bilan uzok 
urush kilib, xoldan ketgan edi, bu ikkala mamlakatning uz ichida keskin sotsial 
ziddiyatlar xukim surar edi. Arablar esa xarbiy ishda katta afzalliklarga ega edi. 
Ularning asosiy ammosi erkin kishilardan ega bulib, bular urugchilik alokalarini 
malum  darajada  saklab  kolgandi,  ammo  shu  bilan  birga  ular  juda  katta 
umumarab  siёsiy  tashkilotiga  birlashgan  edi.  Kushmanchi  badaviy  kabilalar 
birinchi  darajali  engil  suvoriylar  bilan  dong  chikardi,  ular  uzlarining 
shiddatliligi  bilan  dushmanning  piёda  askarini  daxshatga  solar  va  uning 
besunakay otlik kismlari ustiga zur muvafakiyat bilan bostirib kelar edi. Arablar 
birlashtiruvchi  mafkuralarini  bayrok  kilib  chikardilar.  Er  va  boshka  xil  uljalar 
uchun  olib  borilaёtgan  urushga <>  mukaddas  urush  tusi 
berar, bunga arablar juda kizikar edi. 
  Arablarning  Vizantiya  va  Eron  bilan  bulgan  dastlabki  tuknashishlaridaёk 
katta  muvaffakiyatlariga  erishiuvchi  ularni  ruxlantirib,  yangi  istilolar  kilishga 
niktadi.  Suriya  Misr  va  boshka  mamlakatlardagi  ezilgan  ommaning  bir  kismi 
arablarga  diniy  zulmdan,  krepostnoylik  jabr-jafosi  va  moliyaviy  zulmdan 
kutkazuvchilar  deb  karadi.  Arablar  uz  ustilolarida  odatda  asosan  maxaliy 

 
132
boylarning  mol-mulklarini  bosib  olardi.  Xukmronliklarning  dastlabki 
vaktlarida  xalkni  solik  bilan  uncha  kiynamadi.  Ular  buysundirilgan  axoliga 
diniy  jamoalarining  boshliklariga  topshirdi.  Ammo  shu  bilan  birga  ular  turli 
engilliklar  berib,  axolini  musulmanlikni  kadul  kilishga  kiziktirdi.  İslom  dinini 
kabul kilganlar, arablarning uzi singari, barcha soliklardan ozod kilindi.  
  Arablar istilo kilgan mamlakatlarida maxaliy axoliga aralashmay, aloxida 
xarbiy  koloniyalarga  bulinib  yashadi.  Ularning  xaёtida  xarbiy  patriarxal 
soddalik birmuncha vaktgacha saklanib koldi. 
  Mestopotamyadagi  Kufa,  Basra  va  boshkalar,  shuningdek,  Misrdagi 
Fuslat  (keyinchalik  Koxira)  arablar  tomonidan  bunёd  etilgan  xarbiy 
poseleniyalarning eng yiriklaridan edi.  
        Nifokning  boshlanishi.  Birok  arablar  tomonidan  bosib  olingan 
mamlakatlarning  ixtisodiy  va  sotsial  jixatdan  eng  tarakkiy  topgan  kismida 
yashagan  arab  zodagonlari  oradan  kup  vakt  utmay  maxalliy,  aristokratiya 
tasiriga berilib ketdi. Bu tasir savdo yaxshi rivoj topgan boy mamlakat bulmish 
Suriyada  ayniksa  kushli  buldi.  Arablarning  xarbiy  boshliklari  bu  erda  yashab 
turib,  Suriyadagi  yukori  sinfining  zeb-ziynatli  xaёtini  tez  uzlashtirib  oldi. 
Suriyadagi  katta  er  egalaridan  va  kuldorlardan  urnak  olib,  ularning  uzi  xam 
erlarni  batamom  xususiy  mulk  kilib  tortib  ola  boshladi,  kullar  asray  boshladi, 
bog-roglar  va  pomstelar  barpo  kila,  saroylar  kura  boshladi.  Bunday  arablar 
uchun <>ning  oddiy  patriarxal  xaёti  maroksiz  va  eskirib 
kolganday  kurinardi.  Suriyadagi  arab  aristokratiyasiga  Madina  xamda 
mesopotamiya va Misr xarbiy demokratiyasi ёmon kuzbilan karardi.  
  Muxammadning  vorislaridan  uchinchisi - xalifa  Usmon (644-656) 
kush-kuvvatdan  ketib,  bukchayib  kolgan  irodasiz  bir  chol  edi.  U  Makka 
zodagonlarining  odami  bulib,  shu  bilan  bir  vaktda  uni  Suriya  arablari  xam 
kullab-kuvvatlar edi. Suriya noibi amir Muoviya Usmonning yakin karindoshi 
edi.  Madinada  etibori  tushib  ketgan  Usmon  fitnachilar  tomonidan  uldirildi. 
Uning  urnini  Ali  egalladi.  Ali  Muxammadning  kuёvi  bulib,  uning  kizi - 
Fotimaga  uylangan  edi.  Ali  Madinadagi  demokratik  elementlariga  suyanishga 
xarakat  kildi  (birok,  u  kadar  izchillik  bilan  xarakat  kilmadi).  Muoviya  va  uni 
kurshab turgan suriya-arab zodagonlari bu  yangi xalifaga karshi bosh kutardi. 
661  yilda  Ali  bir  xorijit  tomonidan  uldirilgandan  keyin,  Muoviya  uzini  xalifa 
deb  elon  kildi,  lekin  Makka  xam,  Madinaga  xam  bormay,  Damashkda  koldi. 
Ana  shu  tarzda  xalifalik  tarixining  yangi  davri  boshlandi.  Arablar  siёsiy 
xaёtining markazi arab shaxarlaridan Suriyaga kushirildi. 
   Umaviylar  xalifaligi.  Damashk  xalifaligi 90 yilgacha (661-750) 
davom  etdi. Shu vakt ichida xalifalik zu erlarini nixoyat darajada kengaytirdi. 
YIII asrning boshlarida Shimoliy Afrikaning butun kirgogi bosib olindi. 711-
714  yillarda  arab  Pireneya  yarim  orolini  istilo  kildilar.  Muoviyaning  uzi 
Konstantinopolga  ikki  marta, 669 va 680 yillarda  yurish  kildi. 717-718 

 
133
yillada  arab  uchinchi  marta  Konstantinopol  ostonasiga  kelib,  uni butun  bir yil 
kamal  kilib  turdi.  Sharkda  esa  arab  lashkarboshilari  Urta  Osiёning 
ichkarisigacha  kirib  borib,  Xivani,  Buxoroni  ishgol  kildi,  Afgonistonni  va 
Xindistonning shimoliy-garbiy kismini to Xind darёsiga kadar bulgan erlarni 
istilo  kildi.armaniston  bilan  Gruziya  xam  umaviylar  xalifaligi  sostaviga  kirar 
edi. Xalifalikning chegaralari garbda Atlantika okeanigacha, sharkda Xitoy bilan 
Xindiston  chegaralarigacha  borib  etdi  va,  shunday  kilib,  kadimgi  buyuk 
monarxiyalarning - Aleksandr  Makedonskiy  monarxiyasi  ёki  Avgust  va 
Trayan zamonlaridagi Rim imperiyasi monarxiyasining territoriyasidan xam olib 
ketdi.  
  Damashk  xalifaligining  xarakterli  xususiyati  shu  buldi-ki,  Makka-
Madina  davridagi  xali  xarbiy  demokratiyaning  bazi  xislatlarini  saklab  turgan 
teokratik  respublikadan  chikib,  nasldan-naslga  meros  bulibutadigan  sharkga 
xos  girt  despotik  monarxiyaga  aylandi.  Muoviya  Umaviylar  dinastiyasiga  asos 
soldi. Bu dinastiyaning xalifalari juda katta zeb-ziynatda yashadi. Ularga juda 
kup erlari  va juda kup kullari bulgan saroy axli xam ergashdi. Xalifa ilgaridek, 
islom  dinining    boshligi  bulib  kolaberdi.  Birok  xalifa  xokimiyatining  diniy 
alomatlari batamom ikkinchi uringa surilib, birinchi urinni sharkka xos bulgan 
odatdagi xukmron despotik alomatlari oldi.  
  Umaviylar  zamonida  idora  kilish  apparati  ancha  murakkablashdi. 
Axolidan  er  va  jon  soligi  oladigan  juda  keng  tarmokli  moliya  amaldorlari 
apparati  tashkil  kidlindi.  Shu  narsa  xarakterli,  endi  fakat <>  emas, 
balki  musulmanlar  xam  solik  tulaydigan  buldi.  Uch  xil  solik  asosiy  solik 
xisoblanar  edi: 1) xaraj-er  soligi 2) juzya-majburiy  tulanadigan  ushur,  bu 
solik  xam  bevosita  xalifaning  uziga  kelib  tushar  edi.  Xaraj  bilan  juzya  xalk 
uchun ayniksa ogir soliklar edi.  
 
  Sud  va  boshka  mamuriy  ishlar  arab  tidlida  olib  boriladigan  buldi.arab 
konunlari kodeksi vujudga keltirildi. Bu kodeksga arablarning kalomi sharifi - 
Kuron asos kilib olindi; Kuron muxammadning xikmatli suzlaridan, yani uning 
shogirtlari  va  muxlislari  tomonidan  ёzib  olingan  xikmatli  suzlardan  xamda 
Kuronga  kilingan  kushimchalardan  iboratdir,  bu  kushimchalar  Sunnat  deb 
ataladi.  Arablarning  xammasi  xam  yangi  tartiblarni  tan  olavermadi.  Mumin 
musulmonlar olami Umaviylar zamonida bir-biriga dushman bulgan bir nechta 
kismga  bulinib  ketdi.  Xalifa  xomiylik  kilgan  okim  musulmonlikda  rasmiy 
xukmron  okim  deb  xisoblandi.  Bu    sodik  musulmanlar  sunniylar  deb  ataldi, 
s u n n i y l a r  degan suz <> suzidan olingandir. Lekin arablarning 
bir  kismi  Sunnatni  tan  olmadi.  Bunday  musulmonlar  shiylar,  yani  maslagidan 
kaytganlar,  nifokchilar  deb  ataldi.  Shiylar  Misr,  eron  va  Mesopotamiyada  kup 
edi. Bularga urdirilgan Alining urug-aymoklari xomiylik kilardi. 
  Nixoyat,  demokratik  xarakterdagi  yana  bir  mazxab-xorijiylar  bulib, 
bular  sunniylarni  xam,  shiylarni  xam,  umaviylarni  xam,  Alilarni  (Ali 
avlodlarini) xam tan olmadi. Xorijiylar erni baravar taksimlashni talab kildilar. 

 
134
Keyinchalik xorijiylar xam mayda-chuyda mazxablarga bulinib ketdi.  
  Xukmron  sinflarning  manfaatlari  nuktay  nazaridan  olib  karaganda  xam 
umaviylarning sotsial bazasi ancha mukammal emas edi. Asosan Suriya-Arab 
zodagonlari  bilan  boglangan  umaviylarnin  manfaatlari  sharkiy  viloyatlarga  ёt 
edi.  Musopotamiya  arablari  Damashkka  doim  karshi  kayfiyatda  bulib  keldi. 
Fors  (Eron)  feodal  elementlari  xam  umaviylarga  uncha  buysinmas  edi. 747 
yilda sharkiy Eron ёki Xuroson dexkonlari xarakatiga Abu-Muslim boshchilik 
kildi,  u  erli  jamoachi  dexkonlarning  axvolini  yaxshilash  maxsadida  umaviylar 
karshi kuzgolon kutardi. Kuzgolon keng tu oldi va kattagina siёsiy okibatlarga 
olib  keldi.  Eron  va  Mesopotamiya  feodallari  birlashib  turib, 750 yilda 
umaviylarni agdardi, bunda ular Abu-Muslim boshlik xalkdexkon xarakatidan 
foydalandilar.  Xalifalik  taxtini  Abul-Abbos  Konxur  egalladi,  u 
Muxammadning uziga Mesopotamiyadagi xarbiy-arab oilasiga mansub bulgan 
xamma  shaxzodalar  kirib  tashlandi.  Bu  shaxzodalardan  Abduraxmon  ismli 
bittasigina  ulimdan  kutilib  koldi.  U  uzok  İspaniyaga  kochib  borib,  u  erda 
oradan kup vakt utmay uzini mustakil amir deb elon kildi (756 yil).   
  Abu-Muslimni  xam  Abbos  kulga  tushurib,  turmaga  tashladi,  bir  necha 
yildan keyin u xalok buldi. 
  Abbos  yangi  dinastiyaga - Abbosiylar  dinastiyasiga  asos  soldi,  bu 
dinstiya 750-yildan 1055-yilgacha  idora  kildi.  Xalifalikning  poytaxti 
Abbosning keyingi xalifa Mansur davrida -762-yilda kurilgan Bagdod shaxri 
buldi.  Shunday  kilib,  arablar  siёsiy  xaёtining  markazi  Suriyadan 
Mesopotamiyaga kushirildi. 
  Abbosiylar  xalifaligi.  Abbosiylar  zamonida  arab  davlati  juda  xam 
tarakkiy  topdi.  Bagdod  xalifaligi YIII-IX asrlarda  ayniksa  kushli  edi.  Bu 
vaktda -Bagdodni barpo etgan Mansur (754-775), Karl Buyukka zamondosh 
bulib,  u  bilan  dustona  diplomatik  aloka  kilgan  Xorunal  Rashid (786-809), 
arab  ilm-faniga  zur  berib  xomiylik  kilgan    Al-Mamun (813-833) kabi 
kudratli  xalifalar  idora  kildi.  Abbosiylarning <>  Mutadid 
zamonida (892-902) tugadi.  Xalifalik  ana  shu  vaktdan  boshlab  tushkinlikka 
yuz tutdi. 
  Abbosiylar davlatida Eronning tasiri kushli edi. Bu tasir vazirlik (buyuk 
vazir-xalifaning    birinchi  ministri)  unvonning  joriy  kilinishida  xam,  solik 
solishda eron usullarining uzlashtirishida (er kadastrlarnig eronlardagiga uxshab 
tuzilishida)  xam,  xalifalik  mamuriy  jixatdan  viloyatlarga  bulinib,  ularga 
gubernatorlar - amirlar  boshlik  kilib  kuyilishida  xam  namoёn  buldi(bu 
gubernator-amirlar  tula  xokimiyatga  ega  bulishlari  bilan  kadim  Eron  va  ilk 
urta asrlardagi sosniylarning satraplarini eslatar edi).  
  Eronning  feodallashgan  zodagonlari  xalifalikni  idora  kilishda  aktiv 
katnashdi.  Buyuk  vazirlik  lavozimga  odatda  eroniylardan  taynlanar  edi  va  bu 
lavozim  nasldan-naslga  utar  edi  (masalan,  mashxur  Barmokilar  familiyasi). 
Xalifaning  juda  kup (160 000 kishiga  yakin)  dimiy  kushini  bulib,  bu 

 
135
kushinning kupchiligi turli varvar otryadlaridan iborat edi. IX asrning ikkinchi 
yarimidan  boshlab  esa  asosan  turk  otryadlaridan  iborat  buldi.  Xalifaning 
gvardiyasi katta siёsiy axamiyatga ega edi, bu gvardiya xarbiy ishga ёshligidan 
boshlab urgatilgan kullardan tuzilgan edi. 
  Xalifalik  xujalik  ishlarining  turli  soxalariga  xam  katta  etibor  berdi,  bu 
borada  xam  xisman,  Eron,  kisman  Mesopotamiya  traditsiyalaridan  foydalandi. 
Chunonchi, maxsus pochta maxkamasi bulib, bu maxkama pochta ishlari, katta 
yullarni tartibka solish bilan shugullandi, bu yullar tegislandi, suv bilan tamin 
kilindi,  unda  xar  bir  muayyan  masofada  maxsus musofirxona,  karvon  saroylar 
tashkil kilindi. Abbosiylar zamonida dalalarni suniy sugarish sistemasi goyat avj 
oldi. Buning uchun turli katta-kichiklikdagi er osti va er usti kanallari kurildi. 
İrrigatsiya  kurilishlari  tuktovsiz  davom  etdi  va  bu  ish  bilan  xukumatning 
maxsus maxkamasi shugillandi.  
  Abbosiylarning  poytaxti  -Bagdod  juda  katta  bir  shaxar  bulib,  unda 
xalifaga va uning yakin odamlariga karashli juda kkup saroy va boglar bor edi. 
Shaxar doira shaklida bulib, uning atrofi ikki kator devor bilan uralgan edi. Bu 
shaxar  zodagonlar  shaxri,  xalifaning  karorgoxi  va  uning  mamuriy  poytaxti 
bulish bilan birga juda katta bir xunarmandchilik, ayniksa savdo markazi xam 
edi.  Bagdod  bozarlariga  uzok-uzok  mamlakatlardan  savdogarlar  kelar  edi- 
bu  reda  vizantiyaliklar,  xitoylar,  xindlar,  malayyaliklar,  Shimoliy,  Garbiy  va 
xatto Markaziy Afrikada yashovchi kishilarni xam uchratish mumkin edi.  
  Xalifalikning  iktisodiy  yuksolishi.  Abbosiylar  davrida  Old  va  Urta 
Osiёning,  shuningdek,  Shimoliy  Afrikaning  juda  keng  territoriyasida  malum 
vaktgacha  tinchlik  va  xavsizlik  karor  topishi  natijasida  xalifalik  iktisodiy 
jixatdan goyat tarakiy topdi. Markaziy xukumat irrigatsiya sistemasiga muttasil 
etibor  berishi  natijasida,  bu  davrida  dexkonchilik  soxasida  katta  yutiklarga 
erishildi.  Bogdorchilik  va  gulchilik  sanoat  axamiyatiga  ega  buldi.  Juda  keng 
atirgul plantatsiyalari porfyumeriya (atir, upa-eliklar) uchun maxsus essentsiya 
berar  edi.  Arablar  kimmatbaxo  nasldor  ot  va  kuylar  urchitardilar.  Arablarning 
xunarmandlik  buyumlari  xam  katta  shuxrat  kozondi.  Bu  erda  yung,ipak  ip 
gazlamalar,  yaxshi  navli  pulat  va  kurol  (mashxur  damashk  pulati),  shisha  va 
oynadan yasalgan buyumlar, zargarlik va attorlik buyumlari ishlab chikarilardi. 
IX-X  asrlarda  xalifaliklar  ekonomikasida  keng  kulam  olgan  ichki  savdo  va 
ayniksa tashki xalkora savdo juda katta urin tutar edi. Arab savdogarlari yirok 
shimolgacha-yukori Volgagacha va xatto Baltika dengizi kirgoklarigacha borib 
savdo  kilardilar.  Arablar  Yakin  Sharkda  -Levantda  (Yakin  Sharkni 
evropaliklar  keyingi  vaktlarda  Levant  deb  yurita  boshlagan  edilar),  ayniksa 
kizgin  savdosining  asosiy  rayonlari  bulib,  arablar  bu  erlarda  Vizantiya 
savdogarlari  bilan  rakobat  kilardilar  va  tovarlarini  shu  erlaridan  Garbiy 
Evropaga  yuborardilar.  Arablar  savdosida  kul  savdosi  katta  urin  tutardi,  bu 
kullar asosan, osiёlik, afrikalik va bir kismi evropaliklardan iborat edi.  
  Arab  feodalizmi.  Bagdod  xalifaligi  davrida  arablarda  feodal 

 
136
munosabatlari  uzil-kesil  karor  topdi.  Xalifalikka  karashli  mamlakatlarda 
ekspluatatsiya kilinuvchi asosiy sinf jamoachi dexkonlar edi. Birok arablardagi 
feodalizmning  uziga  xos  xususiyatlari  bor  edi.  Jamoachi  dexkonlarning 
kupchiligi  xalifaning  erlarida  yashab,  feodal  rentani  bevosita  davlatning  uziga 
tular edi. Arab kanunlariga muvafik butun er xalifaga karashli bulib, xalifa bu 
erning    biror  kismini  uz  xizmatkorlariga  vaktinchagina  berar  edi.  Shu  tufayli 
xalifalikda  katta  er  egaligining  nasldan-naslga  utishi  urta  asr  Evropasidagi 
kabi katiy emas edi. Biror aёn ulgandan keyin, uning mol-mulki odatda xalifa 
xazinasiga  utar  edi.  Bu  mol-mulkni  ulganning  vorisiga  (ёki  vorislariga) 
berish-bermaslik  xalifaning  xoxish  va  iltifotigigina  boglik  edi.  İkkinchi 
tamondan  odatda  xalifada  xam,  uning  zodagonlarina  xam  feodal  Evropasida 
bulgani singari, barshchinali, yani ishlab beradigan rentali pomestelari yuk edi. 
Karam dexkonlar esa barshchinada ishlamas edilar, fakat maxsulot bilan ёki pul 
bilan renta tular edilar, xolos. 
  Shunga  karamasdan,  Bagdod  xalifaligi  zamonida  feodal  mulkchiligi 
sezilarli  darajada  rivojlanib  bordi.  İ k t a -  xarbiy  xizmat  utaganiligi  uchun 
beriladigan  chek  er  bulib,  Garbiy  Evropa  benefitsiyalariga  uxshab  ketadi, 
m u l k - inom  kilingan  va  asta-sekin  nasldan-naslga  meros  bulib 
koladigan  er-mulklar,  x i s s a   va  boshka  imtiёzli  erlar  gazanga  solik 
tulashdan  ozod  kilingan  bulib,  bular  usib  kelaёtgan  feodal  xususiё  er 
egaligining  formalari  edi.  Erlarning  malum  kismi - v a k i f   erlar- 
machitlarga  berilar  edi.  Xalifaning  davlat  feodal  mulkchiligini  kiskartirish 
xisobidan yirik va urta darajadagi xususiy er egaligining usishi arab feodalizmi 
rivojlanishining  xarakterli  xodisalaridan  biri  bulib,  bu  xol  xalifalikka  karashli 
juda  katta  territoriyani  tashkil  etgan  turli  xil  mamlakat  va  ulkalardagi  erli 
feodallarning ajralib chikish va separatistik kayfiyatlarining tobora avj olishida 
ancha katta rol yunadi. 
  Arab  feodalzimining  yana  bir  xususiyati  -kulchilik  elementlarining 
ancha  saklanib  kolganligi  edi.  Arablarda  Bagdod  xalifaligi  davrida  xam  kullar 
juda kup eid. Kullar eng ogir ishlarda: irrigatsiya inshootlarin kurishda, tosh va 
ruda  konlarida,  paxta  dalalarida  va  shunga  uxshash  ishlarda  juda  kuplab 
ishlatilar edi. Afrikadan keltirilgan kora tanli kullar ayniksa kup edi. Kora tanli 
kullarni  arablar  zanjirlar  deb  atardilar,  zanji  degan  suz  Zanzibar  orolining 
nomidan olingandi. Ok tanli kullardan esa juda kuplab uy xizmatkorlari, xaram 
kanizaklari, rakkos va rakkosa, ashulachi, akrobat va shunga uxshashlar sifatida 
foydalanilar  edi.  Xalifalarning  saroy  gvardiyasi  xam  shu  ok  tanli  kullardan 
tashkil etilardi. 
  Xalk  kuzgolonlari.  Arablar  xukmronligining  ilk  davrida  ancha  engil 
tortgan  xalifalik  mexnatkash  axolisining  axvoli  keyinchalik  ogirlasha  boshladi. 
Dexkonlar  kisman  natura  shaklida  (maxsulot  bilan)  va  kisman  pul  shaklida 
katta-katta  soliklar  tulardi,  bu  esa  mayda  ishlab  chikaruvchi  -dexkon  ёki 
xunarmandning  deyarli  xamma  kushimcha  maxsulotini  yamlab  ketar  edi-da, 

 
137
natijada  ularning  uzlari  juda  xam  achinarli  xolda  kun  kechirar  edi. 
Amaldorlarning uzboshimchiligi va jabr-zulmi, dexkonlarning xukuksizligi va 
ximoyasizligi,  ularni  xakikatda  yarim  kul  xoliga  solib  kuygan  edi.  Xalifalikda 
kullarning  axvoli  esa  nixoyat  darajada  ogir  edi.  Ularni  kaddan  tashkari, 
vaxshiёna  suratda  ekspluatatsiya  kilardilar.  Mexnatkashlar  ommasining - 
dexkonlar,  shaxar  kambagallari  va  kullarning  kattik  ekspluatatsiya  kilinishiga 
javoban feodallarga va ularning manfaatini ximoya kiluvchi xalifaga karshi bir 
necha marta kuzgolon kutarildi.  
  Bagdod  xalifaligi  davridagi  xalk  kuzgolonlari  kishini  xayratda 
koldiradigan  darajada  katta  kuzgolonlar  bulib,  bazan  butun-butun  okruglarni 
va  xatto  viloyatlarni  uz  ichiga  olardi.  Bu  kuzgolonlar  odatdan  tashkari  uzok 
davom  etardi  va  juda  xam  kattik  bulardi.  Chunonchi,  Mansur  xalifa  ulgandan 
keyin,  oradan  kup  vakt  utmay,  Urta  Osiёda  dexkonlarning  katta  kuzgoloni 
kutarildi. U 776 yilda boshlanib, 783 yilda tamom buldi. Bu kuzgolonga Marv 
shaxri  atirofidan  chikkan  M u k a n n a  (<>) 
lakabli X o s h i m   i b n   X a k i m  degan bir kirchi boshchilik kildi. 
Bu  kuzglonda  mazdakiylar  masxabining  tasiri  aks  etdi,  mazdakiylar  mol-
mulkining  urtada  bulishini  va  xaytining  noz-nematlaridan  foydalanishda 
xammo  teng  bulishini  talab  kilar  edi. IX asrning  boshida  Ozarbayjonda  xam 
dexkonlarning  ikkinchi  bir  katta  kuzgoloni  kutarildi,  u  keyin  Eronga  va 
Zakavkazening boshka joylariga xam tarkaldi. Bu kuzgolonga Babek degan bir 
kishi  bosh  bulib,  u  xam  erkin  jamoa  tartiblarining  tiklanishini  talab  kildi.  Bu 
kuzgolon 20 yildan ortikrok davom etdi (815-837). 
 XI 
 
asrning oxiri -X asrning boshlarida xalifalikning janubida dexkonlar 
xarakati  kutarildi,  bu  xarakatga  Karmat  degan  odam  bosh  bulib,  u  uzini 
<
> deb elon kildi. Uning atirofiga juda kuplab kochok dexuon va 
kullar  kelib  tuplandi.  Kuzgolonchilar  katta  kala  kurdilar,  bu  kalani  xalifa 
kushinlari ololmadi.  
  Oxir  natijada  karmatchilar  Fors  kultigi  kirgoklarida  uziga  xos  bir 
dexkonlar  respublikasini  tuzishga  muvaffak  buldi,  bu  respublika  Xasrning 
oxirigacha umr kurdi.  
  Karmatchilar  xarakati  bilan  bir  vaktda  Basra  atrofida  kul  zanjilarining 
juda  katta  kuzgoloni  bulib,  bu  kuzgolon 14 yil (869-883) davom  etdi. 
Zanjilarga  shia  Ali  ibn  Muxammad  bosh  bulib  u  uzini  xalifa  deb  elon  kildi. 
Zanjilar  kuzgolonini  bostirish  uchun  xukumat  ularga  karshi  juda  katta  kushin 
yuborishga majbur buldi.  
  Xalifalikning  parchalanip  ketishi.  Keng  kulam  olgan  xalk  xarakatlari 
xalifalikni  larzaga  keltirib,  kup  vaktgacha  uning  birligini  buzib  kuydi.  Birok 
xalifalikning  parchalanishiga  boshka  sabablar  xam  bor  edi.  Xalifalik  turli 
mamlakatlarni  uz  ichiga  olgan  bulib,  turli-tuman  xalklarning  murakkab  bir 
konglomeratidan biorat ediki, bulardan bazilari utmishda uzining ёrkin tarixiga 
ega  edi;  shuning  uchun  xam  bu  xalklar  uz  mustakilligin  tiklashga  intilar  edi; 

 
138
ishlab  chikaruvchi  kuchlarning  rivojlanishi  natijasida  maxalliy  alokalar 
mustakkamlanib  borgan  sari  bu  intilish  kushayib  borardi.  Shu  bilan  birga 
xalifalik  xokimiyati  tobora  zaiflashib  bormokda  edi.  Feodallashuv  protsessi 
Sharkda  uziga  xos  xususiytlari  ega  bulishiga  karamasdan,  feodalizm 
tarakkiёtining ilk davrida Garbda kanday natijalarga olib kelgan bulsa, bu reda 
xam xuddi shunday natijalarga olib keldi. Maxalliy erdor zadogonlar markaziy 
xukumat  zarariga  kushayib  bordi  va  ajralishga  intildi.  Amirlar,  yani 
viloyatlarning  gubernatorlari  maxalliy  feodal  er  egalariga  suyanib  turib, 
uzlarining  maxalliy  dinastiyalarini  vujudga  keltira  boshladilar.  Xalifalik 
amoldorlari  tomonidan  markazlashtirilgan  er  rentasi  soligining  tuplanishiga 
karshi  kutarilgan  dexkon  kuzgolonlaridan  maxalliy  zodagonlar  uzlarining 
seperatistik maxsadlarini amalga oshirish uchun foydalanar edilar.  
  Xalifalik  xakikatda YIII asrdaёk  parchalana  boshlagan  edi. 756 yilda 
Kurdoba  amirligi  ajralib  chikkandan  keyin (929 yildan  boshlab  u  xalifalikka 
aylandi) YIII asrning oxiri IX asrningt boshlarida Marokash bilan Tunis ajralib 
chikdi. IX asrning  urtalarida  Misr  mustakil  bulib  koldi  (bu  erda  avvalgi 
tulunlar,  keyinchalik X asrda  Alining  avlodlari - Fotimiylar  idora  kila 
boshlab, ular 969 yildan itiboran Misrni mustakil Kozira xalifaliga aylantirdi). 
IX  va X asrlarda  Eron  ajralib  chikdi.  Amudarёning  bu  tomonidan 
Mavoraunnaxr  deb  atalgan  joyda  Somoniylar  davlati  tuzuldi,  uning  markazi 
Buxara  shaxri  buldi,  bu  davlat X asrning  boshidan  kariyb  oxirigacha  yashadi. 
Frotda  mustakil  bir  davlat - Movsul    sultonligi  tuzildi. X asrning  urtalarida 
Sharkiy  Eron  erlari  va  Afgonistonning  bir  kismi  kushilib,  eron-turklardan 
iborat  kushli  Gaznaviylar  davlati  vujudga  keldi,  bu  davlatning  poytaxti  Gazna 
shaxri  buldi. X asrning  urtalariga  kelib  xalifaning  kul  ostida  Arabiston  va 
Mesopotamiyaning Bagdod atirofidagi bir kismigina koldi. 945 yilda Erondagi 
shia feodal xonadonlaridan biri bulgan Buiylar xonadoni Bagdodni bosib olib, 
xalifalikning kolgan erlarini uzok vaktgacha idora kildi. 
 1055 yilda  Bagdodni  saljukiy  turklar  bosib  oli.  Turklarning  boshligi 
Tugrulbek  sulton  deb  elon  kilindi.  Shundan  keyin  xalifalar  kulida  fakat  diniy 
xokimiyatgina  koldi.  Mana  shunday  uziga  xos <>  sifatida 
xalifalar Bagdodda uzok vaktgacha, mugullar istilosigacha, yani 1258 yilgacha 
yashab keldi.  
  Arab  madaniyati.  Xalifalikning  arab  madaniyati  tugrisi,  arab  tilidagi 
madaniyat uz zamonasi uchun juda yuksak madaniyat bulib, Garbiy Evropa urta 
asr  jamiyatiga  katta  tasir  kursatgan  edi.  Arab  tilida  olib  borilgani  va  vujudga 
kltirilishida arablar katta rol uynaganligi sababli arab madaniyati deb atalgan bu 
madaniyatning  ancha    kismi  xalifalik  sostavidagi  kup  xalklarniki  edi.  Arab 
tsivilizatsiyasining turli soxalarida Gretsiya - Suriya (Vizantiya), Eron (Fors), 
Zakavkaze  (Ozarbayjon),  Urta  Osiё  (xorazm,  tojik  xalklari  va  xokiza), 
Xindistonning tasiri bor edi.  
  Shu  narsa  shoёn  dikkatdirki:  vizantiyaliklar  singari,  arablar  xam  antik 

 
139
traditsiyalarni  davom  etdirdilar,  grek  klassiklarining  asarlarini  kunt  bilan 
urgandilar va arab tiliga tarijma kildilar. Aristotel, Gippokrat, Ptolomey Evklid 
asralarini  arab  olimlari  yaxshi  bilar  edilar.  Evropaliklar  Aristotelning  asarlari 
dastlab arabchadan latin tiliga tarjima kilingan nuskalar orkali tanishdilar. Turli 
xalifaliklarning  poytaxtlarida  Bagdod,  Kurdoba  va  Koxirada - urta  asr 
Evropasidagi universitetlarga uxshagan oliy maktablar bulib, bularning Kuronalr 
va musulmanlarning diniy kitablaridan tashkari dunёviy ilmlar va kunalar bilan 
urganilardi.  Yuz  minglab  kitoblarni  uz  ichiga  olgan  katta-katta  kutubxonalar 
(Kurdoba,  Koxira  va  boshka  joydagi  kutubxonalar)  goyat  katta  bilim  xazinasi 
edi.  Bagdod,Yu  Damashk  va  Samarkantda  katta-katta  rasadxonalar  bor  edi. 
Arab astronomlari juda kup yangi yulduzlarni topdilar va yulduzlar osmonining 
juda kimmatli kartasini tuzdilar. 
  Arab  madaniyatining  uziga  xos  xususiyati  shu  ediki,  unda  anik  fanlar 
juda  tarakiy  topgan  edi.  Arablar  meditsina  soxasida  katta  muvaffakiyatlariga 
erishgan  edi,  ular  tirik  organizmni  tilish  yuli  bilan  tekshirib,  odam  tanasining 
anatomiyasini  juda  yaxshi  bilib  oldilar.  Arab  meditsinasi  darsliklari  Garbiy 
Evropada butun urta asr davomida ukildi. Fakat Sharkdagina emas, balki butun 
Evropaga dongi ketgan mashxur vrach va fiziolog A b u   A l i   i b n  
S i n o  (930-1037) millati  tojik  bulib,  Somoniylar  davlatida  yashadi.  İbn 
Sino  meditsina,  fizika  va  falsafaga  oid 100 ga  yakin  kitob  ёzgan.  Uning  eng 
asosiy asari  <> latin tiliga tarijma kilindi, bu ketob urta asr 
Evropasi  vrachlari  uchun  kariyb XYI asrga  kadar  dasturilamal  bulib  xizmat 
kildi.  
  Matematika 
soxasida 
arablar 
geometriya 
va 
trigonometriyani 
rivojlantirdilar. Ular algebrani rivojlantirish borasida kup ishlar kildildar va va 
xind  rakams  sistemasini  mukamallashtirib,  unga <<0>> (nol)  alomatini 
kushdilarki,  buning  natijasida  rakamlar  bilan  xar  kanday  katta  sonni  xam 
ifodalashga imkon tugildi.  
  Arablar  juda  yaxshi  sayёx  edilar.  Eng  kuzga  kuringan  arab  sayёxi, 
geografiya  va  tarixchisi  M a s u d i y   bulib (956 yilda  vafot  edgan),  u 
xaliflikning  xamma  viloyatlarini  aylanib  chikkan  edi.  U  uz  sayёxatlarining 
natijasini <>  degan  umumiy  bir  nom  bilan  chikkan 
kitoblarida baёn kildi. Kupgina arab sayёxlari -İ b n   D a s t ,   İ b n  
F a d l a n  va boshkalar -slavyan mamlakatlariga borganlar va slavyanlar 
tugrisida kizik malumotlar ёzib koldirganlar. 
 IX asrning  oxiri -X asrning  boshlarida  yashagan  arab  tarixchilari 
orasida  ayniksa  mashxur  T a b a r i y   bulib (923 yilda  vafot  etgan)  u 
<
>ni,  yani  xalifalar  tarixin  ёzgan  edi,  bu 
tarix 915 yilgacha bulgan davrni uz ichiga oladi. 
  Arablar  nafis  adabiёt  soxasida  mashxur  asarlar  yaratdilar. <kecha>>  nomli  mashxur  kitob XII asrda  uzil-kesil  vujudga  keldi.  Bu  asar 
arab  musumonlar  olamidagi  turli  xalklar  yaratgan  goyat  kup  ertak  va  kissalar 

 
140
yigindisidan  iborat  bulib,  bu  ertak  va  xissalarning  manbalari  kisman  kadimgi 
dunё  xalklarining  folkloriga  (Urta  podsholik  davridagi  Misr  ertaklariga  va 
boshkalarga) borib tokaladi. Lekin <>ning vujudga kelishida 
YI asrdaёk tuplangan Eron ertaklari ayniksa katta rol uynadi. 
  Eron-arab  eposining  eng  yirik  ёdgorlaridan  biri  shoir  A b u l -
K o s i m   F i r d a v s i y n i n g  (935-1020) kaxromonlik 
dostoni <>  bulib,  u  chamasi 1000 yillarda  ёzilgan.  Doston  arab 
tilida emas, balki fors tilida ёzilgan. Unda 60 000 sher bor, buni yuzish uchun 
Firdavsiy  juda  boy  xalk  ogzasi  ertaklaridan  foydalangan,  bu  ertaklarga  adabiy 
jixatdan juda nozik saykal bergan. 
  Arab  sanati.  Arab  sanatida  asosiy  urini  arxitektura  egallaydi.  Arablar 
monumental  binolar:  machitlar,  saroylar,  makbaralar,  xammomlar  va  boshka 
jamoat  binolari  kurganlar.  Arab  arxitekturasining  eng  kadimgi  ёdgorliklaridan 
biri Kuddustdagi Umar machiti deb atalgan machit bulib, u Umaviylar davrida 
688  yilda  kurilgan.  Bu  machit  kubbalari  juda  baland,  Nixoyatda  salmogdor 
sakkiz  burchakli  kilib  ishlangan.  Unda  Vizantiyaning  monumental  uslubi  aks 
etib  turadi.  Ammo  arablar  odatda,  engil,  xushbichim  binolar  kurardilar.  Bu 
binolarning  xarakterli  tomoni  shu  ediki,  ularning  minora  va  minorachalari 
kurkam,  xushbichim,  ustunlari  ingichkadan  kelgan,  toki  ravoklarining  nakshi 
ancha jun bular edi. Arab binolarini yanada kurkam kilib bezab turgan narsa - 
uning  devorlariga  juda  moxirlik  bilan  rang-barang  kilib  usimliklar,  kisman 
xayvonlar  olamiga  oid  mativlardagi  galati  nakshlar,  shuningdek,  xar  kil 
geometrik chizik va figuralardir. Xaddan tashkari sipo, ammo uzining nixoyatda 
nozik sanatkoroni ishlanganligi bilan kishini xayratda koldiradigan juda zinnatli 
naks  solish-  arab  rassomchiligining  xarakterli  xususiyattidir.  Kul  ёzmalar, 
kitob  mukovalari,  zastavkalar,  kontsovkalar  va  shu  kabilar  mana  shu  xildagi 
rasmlar  bilan  bezatilar  edi.  Tunmush-xayёtdan  olingan  xilma-xil  temadagi 
ajoyib miniatyuralar xam kul ёzmalarga bezak bulib xizmat kilar edi. Arablarda 
katta xajmli surat bosish uncha rivojlanmagan edi. Buning sabablaridan biri shu 
ediki,  Kuron  musulmonlarining  kup  xudolikka (<>ka) 
kaytishidan kurkib kishilar va xayvonlarning suratlarini solishni takiklagan edi.        
    
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling