Berdaq nomidagi Qoraqolpaq Davlat Universiteti. Tarix va arxeologiya kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: XI-XV-asrlarda Frantsiya Reja
- Safaviylarning yuksalishi va safaviylar davlatining xarakteri
- Abbbos 1 ning urushlari
ADABİЁTLAR. 1. Grekov B. D. Kievskaya Rus. M., 1953. 2. Lyapushkin İ. İ. Slavyane vostochnoy Evropa nakanune obrazovaniya drevno- russkogo gosudarstva. L., 1968. 3. Tretyakov N. N. U istokov drevnerusskoy noradnosti. L., 1970. Mavzu: XI-XV-asrlarda Frantsiya Reja: 1. XI-XIII asrlarda Frantsiyaning iqtisodiy taraqqiёti. 2. Kapetinglar dinastiyasi davrida Frantsiya 3. XIII asrda Frantsiyada deh’qonlar h’arakati 4. Yuz yillik urush davrida Frantsiya 5. Jakeriya qwzg’oloni 6.Lyudovik XI davrida Frantsiyani birlashtirishning tugallanishi Frantsiyaning iqtisodiy taraqqiёti XI-XII va XIII asrlarning ikkinchi ermida Frantsiyada ishlab chiqaruvchi kuchlarning juda tez rivojlanganligi kwrinadi. Deh’qonchilik ancha wsdi. Erning bir qismi bir juft h’wkiz qwshilgan g’ildiraksiz engil plug bilan, boshqa bir qismi ikki ёki uch juft h’wkiz qwshilgan og’ir plug bilan yaxshilab h’aydalar edi. Bunday javdar, suli, arpa va boshqa boshoqli ekinlar h’osili kwpayib, ekilgan urug’likka qarag’anda bir va h’atto olti h’issa ortiq g’alla yig’ib olinadigan bwldi. Bog’dorshilik, polizchilik, uzumchilik soxasida katta yutuqlarga erishildi. Shah’arlarning wsish bilan ozuqa mah’sulotlari-non, gwsht, eg’, sabzavot va boshqalarga, shuningdek, turli qishloq xwjalik xom ashesiga bwlgan talab kwpaydi. Tovar munosabatlari frantsuz qishlog’iga kira boshlab, uni mah’alliy shah’arlar bilan juda yaqindan bog’ladi. Parij wsib borishi bilan u faqat wziga tutashgan okruglardan qishloqlardagina emas, balki ancha uzoq okruglardan qishloqlardan h’am wzini qishloq xwjalik mah’sulotlari bilan taminlashni talab qildi. XI-XII asrlarda Frantsiya shah’arlarning katta yuksalishini boshdan kechirdi. Janubdagi 85 shah’arlarning kwpchiligi, shu jumladan, kwpgina kwh’na Rim shah’arlari, ancha katta sanoat markazlariga aylanibgina qolmay balki ular İtaliya va yaqin Sharq bilan h’am qizg’in savdo-sotiq olib bordilar. Bular orasida Marsel, Tuluza, Monpele, Narbonna aloh’ida ajralib turadi. Ayni zamonda shimolda va shimoliy-sharqda Amyan, Suasson, Lan, Sanlis, Bove, Ruan, Trua va boshqa kwpgina shah’arlar wsib chiqdilar va sanoatning muh’im markazlariga aylandilar. Bu shah’arlarda movut va kanop gazlamalari etishtirilardi, mwyna ishlanardi, temir, qalayi, kumush emal va boshqalardan turli metall buyumlar tayёrlar edilar. Rivojlanaёtgan shimoli-sharq savdo-sanoatining gavjumligi kwp sonli ermarkalarda namoёn bwldi. Shampanning turli shah’arlarida Tuada, Provenda, Brida, Lanvida va boshqa joylarda deyarli butun yil bwyi savdo sotiq qilinar edi. Umuman, savdo oborotlarining mih’esi va tashqi savdoda ishtirok etish jih’atdan Frantsiyaning shimoli-sharqiy viloyatlari janubiy shah’arlarga qaraganda h’ali orqada edilar. Ammo ikkinchi tomondan shimoldagi h’unarmandchilik ishlab chiqarish janubdagina nisbatan kamroq rivojlangan edi. Shimoli sharqning savdo sotiq munosabatlari qisman xalqaro ayrboshlash (Germaniya, Niderlandiya, Shimoliy İtaliya bilan savdo sotiq qilish), qisman shimoli-sharqiy viloyatlar wrtasidagi ichki ayrboshlash xarakteriga ega edi, shuning wzi bilan Shimoliy Sharqiy Frantsiyaning keng ichki bozoriga asos solindi. Ana shu ichki bozor zaminida kelajakja umumfrantsuz milliy bozori vujudga kelishi lozim edi. Parij kwproq savdo va sanoat markazi ah’amiyatiga mashq bwlib, bunga faqat shimoliy va shimoli-sharqiy viloyatlargina emas, balki shimoli-g’arbiy va g’arbiy rayonlar h’a’m yaqinlasha boshladilar. Korollik poytaxtining Sena, Marna va Luara singari buyuk darё h’avzasida joylashganligi uni shakllanaёtgan milliy, iqtisodiy til va madani aloqalarning tabiiy markaziga aylantirdi. Birinchi Kapetinglar h’okimiyati dastlab tamomila zaif edi. X va XI asrlarda Frantsiya G’arbiy Evropaning eng tarqoq monarxiyalaridan biri edi. Korol bu erda knyaz-feodallardan birining, h’attoki kuchli bwlmagan knyaz feodalning oddiygina wrnini egallardi. Kwpgina qwmni yirik feodallar h’ar qaysisi wz h’olicha koroldan kuchliroq edi. Va faqat feodallarning wzaro raqibligi cherkovning keyinroq esa shah’arlarning Kapetinglarni qwllab- quvvatlashi, bu dinastiya vakillarining ustalik qilib, oqista siesat yurgizishi birinchi paytlarda loaqal wz urug’ining korollik unvonini qwldan chiqarmay, balki uni nasildan-naslga meros qilib qoldirish imkonini berdi. Korol wzining merosiy domenida –İlde Frans gertsogiligida ozmi-kwpmi xwjayn edi. Bu nisbatan kambar mintaqada bwlib, shimoldan janubga qarab chwzilib ketgan va ammo ikkita kattagina shah’arni-Parij bilan Orleanni wz ichiga olgan edi, shu bilan birga, bu territoriyaga boshqa mulklar h’am suqilib kirgan edi. Korol domeni territoriyasi Frantsiyadagi ikki muh’im darening, yani Sena bilan Luara daresining wrta oqim bwylaridagi erlarni wz ichiga olsa da, lekin bu darelarning mansablari, quyi va yuqori oqimlari bwylaridan joylar boshqa 86 feodallarga qarashli edi. Korol domenini h’alqa qilib wrab olgan eng yirik feodal knyazlik mulklari quyidaglar edi: shimolda-Flandriya grafligi, Normandiya gertsogligi, Bretan gertsogligi, g’arbda- Anji grafligi va Akvitaniya gertsogligi, janubda Overn grafligi va swngra Tuluza grafligi, sharqda Shampan grafligi va Burgundiya gertsogligi bor edi. Bu eng yirik gertsonlik va grafliklardan tashqari kichik miqesda wnlab boshqa mustakil feodal erlari h’am bor edi. Hatto korol wziga qarashli domenda h’am mah’alliy boronlarga qarshi qattiq kurash olib borardi. Korol Parijdan Ormanga barganida uni kwpdan-kwp qurolli mulozimlar albatta kuzatib borishlari kerak edi. Hokimiyatni otadan wg’ilga meros qilib qoldirish odatini saqlamoq uchun Kapetinglar X-XI asrlar davrida va h’atto XII asrning birinchi yarmida h’am korol valiah’diga wzi h’aet vaqtidaeq tot kiygizish urf-odatini bajarar edi. Qori korol enida odatda, boshqa esh korol h’am korollikni boshqarar edi. XII asrning birinchi yarmidagina Lyudovik XI va Lyudovik XII h’ukmronlik qilgan davrda korol h’okimiyati bir qadar yuksala boshladi. Lyudovik VI Semiz deyarli butun wttiz yillik h’ukmronlik davrini wz domenidagi baronlarga qarshi kurash bilan wtkazib, pirovardi ularni wziga bwysundirishga muvofiq bwldi. Shimoliy Frantsiyada sanoat shah’arlarining gurillab wsishi muh’im siesiy natijalarga ega bwladi. Frantsiyaning bu qismida yuqorida kwrsatib wtilganidek, shah’arlar kammuna h’uquqini olish uchun zwr berib va qattiq h’arakat qldilar. Lyudovik VI boshda ikkilanib, shah’ar h’arakatiga nisbatan darh’ol qulay mavqini egalladilar. Ammo Lyudovik VII davrida ayniqsa undan keyingi korol Filipp II Avgust davridaeq korollik h’okimiyati h’arakatlarning mah’alliy feodallarga qarshi olib borgan kurashda shu shah’arlarni qatiyan qwllab quvvatladi. Lyudovik VII davrida korol sulolaviy nikoh’ ywli bilan janubi-g’arbdagi juda katta gertsoglikni- Akvitaniyani qwlga kiritishga muvaffaq bwldi. Ammo, tez orada korol Elonora Akvitanskaya bilan qwydi-chiqdi bwlgandan keyin bu katta siesiy yutuq puchga chqdi. Buning ustiga eleonora mashib-pishib wylanib olgan ingliz koroli Genrik «Plantagenet bu eng boy viloyatning egasi bwlib oldi va Kapetinglarning kavfli raqibiga aylandi. XII asr wrtalarida Frantsiyaning diyaerli butun g’arbi ingliz Plantagentlar qwliga wtdi. Plantagenetlar mulkiga Antu, Bretan, Akvitaniya, gaskon, Overninning bir qismi, Turen, Puatu Lin shuningdek, Frantsiyaning shimolidagi Normandiya gertsogligi kirar edi.Frantsuz mulklariga ega bwlgan Platagenetlar Frantsiya qirolining vassalari h’isoblanardi. Ammo bu vassalarning mulklari korol dolinidan bir necha marta kattaroq edi. Lyudovik VII ikkinchi salib yurishida qatnashdi, lekin bu yurish unga kam foyda keltirdi. Lekin korol ywq vaqtida mamlakatni idora qilib turgan abbat Sugeriy h’am mah’alliy baronlarga qarshi muvaffaqiyatli kurashni davom ettirdi. Korollik moliya shlarini g’oyat zwr sugeriy tortibga tushirdi. XIII asrda Frantsiyada qishloqning ah’volida kwzga kwrinarli wzgarishlar yuz berdi. Mamlakatda shah’arlarning wsish va tovar xwjaligi rivojlana 87 boshlashi munosabati bilan krepostnoy deh’qonlarning bir qismi feodallar tomonidan pul oborotiga kwshirildi. Bu masala salib yurishlari deh’qonlarni ozod qilishga birinchi sababchi bwlib ancha katta rol wynadi. Salib yurishiga ketaetgan va bunda odatdagi pulga muh’tojlik sezgan feodal wz krepsotnoylariga pul twlab ozodlikka chiqishni eki shu evaziga loaqal eng og’ir krepostnoylik majburiyatlardan kutilishni taklif etar edi. Natural majburiyatlarni ana shu tariqa pul bilan ayirboshlash deh’qonlarni shaxsan ozod bwlishiga erdam qildi va bu h’ol progressiv xarakterga ega bwldi. Ammo XII asrda va XIII asrning brinchi yarmida bu jaraen Frantsiyada h’ali etarli darajada keng tarqalmagan edi. Barshchinada ishlatiladigan va natural abrok yig’ib oladigan krepostnoylik tuzumi feodal ekspluatatsiyasining ustun forsmasi bwlib qolaverdi. İkkinchi tomondan, deh’qonlar tovar pul xwjaligiga h’oli etarli darajada tartilmaganliklari sababli obrokni pul bilan twlashga wtishning wzi bu vaqtda deh’qonlarga og’irlik qilardi. Korol kazinasiga twlanadigan twlovlar va jumladan salib yurishlari bilan aloqadar noh’aq soliqlar (salib yurishi soliqni twlash, korol Lyudovik IX ni asrlikdan qutqazish uchun pul yig’ish) dexqonlar gardaniga og’ir yuk bwlib tushdi. XIII asrning wrtalarida Frantsuz qishlog’idagi deh’qonlar oilasi ah’volining emonlasha borishi zaminida kwplab h’ar qanaqanggi mah’alliy janjallar va deh’qonlarning senorlarga qarshi chiqishlari yuz berib turdi. Dexqonlarning bu chiqshlari bazan ancha keng tus olib butun butun viloyatlarni wz ichiga olgan ommaviy g’alaenlarga aylanib ketardi. Frantsiyaning anchagnna qismiga eyilgan bunday yirik qwzg’alanlar jumlasiga 1251 yilda chwponlar h’arakati nomi bilan mashh’ur bwlgan h’arakat kiradi. İdeologiya jih’atdan bu h’arakat salib yurishlari bilan aloqador edi. Deh’qonlar orasida taribot olib borilib, ularning wzlarini salib yurishida jumladan korol Lyudovik IX ni asirlikdan kwtqazishga qatnashishga davat qilinardi. Deh’qonlar yangi salib yurishining toshkilotchisi sayer vazgwy «vengriyalik muallim» Yakov nomli kishi bwlib, u wzining xalqqa qilgan vazlarida senorning «oddiy xalqqa» kwrsatgan adalotsizliklari va zwrovonliklari twg’risidagi sotsial temalarga h’am twxtalib wtardi. Kwp sonli deh’qonlar olamini Parijga twplanib, swngra, u erdan janubga tomon ywl oladi, senorlarning ywlda uchragan kwralarani paymol qiladi va ulardagi mol-mulkni bosib oladi. Qwzg’olonchilarni Orman va Tur shah’arlaridan kambag’allar qwllab quvvatladilar. Qwzg’olonchilarning soni tez wsib bordi. Bazi bir voqeanavislar aytishicha ularni soni 100 ming kishi 1328 yilda kopetinglarning katta avlodi tugadi. Filipp IV vafotidan keyin uning birin ketin korollik qilgan uch wg’li qozo qilib ulardan erkak zurrieti qolmadi. Feodallar korollik taxtiga Kopetinglar kichik avlodining vakili Filipp VI Valuani saylab qwydilar. Valua korolligi davrida Frantsiyaning janubi- sharqida muh’im Dofine viloyati qwshib olindi. Yuz yillik urushning boshlanishi 1337 yildagi 1453 yilgacha goh’ twxtab, goh’ davom etgan. Yuz yillik urush ikki qwshni feodal davlatning twqtaluvi bwlib 88 ularning h’ar biri bu vaqtga kelib siesiy jih’atdan ancha-muncha markazlab olgan va katta moddiy mablag’larni qwlga kiritgan edi. İngliz feodallari bilan Frantsuz feodallari wrtasida kontinentdagi mulklar uchun chiqqan azalgi territoriya majaralari urushning chiqishiga asosiy sabab bwlgan edi. İngliz feodallari Normondiya bilan Antuning qwldan ketganini sira sira unutalmadilar. Frantsuz korollari h’ali inglizlar qwlida qolib kelaetgan Akvitaniyadagi mulklarni uzil-kesil tugatishga h’arakat qilardilar. Ammo Akvetaniya Angliya uchun iqtisodiy jih’atdan katta ah’amiyatga ega edi. Akvitoniyadan qimmatbah’o vino, meva zotdor otlarni Angliyaga olib ketilardi. Akvitaniyada ingliz feodallarining kwpdan kwp er-mulklari bor edi. İnglizlar bu erda eng katta mamuriy va sudllik lavozimlarini egallab katta-katta daromadlar aladilar. Frantsiya masalasida h’am Angliya bilan Frantsiya wrtasida nizo chiqdi. Filipp IV bu kichik, lekin sanoat jih’atdan boy wlkani egallash uchun butun kuch-quvvatini sarflagan edi. Yuz yillik urushda jang h’arakatlari juda sekinlik bilan bordi. Urush rasmiy suratda 1337 yilda boshlandi. Flandriya va u bilan qwshni Brabant Angliya tomoniga wtdilar. Frandriya grfi frantsuz koroli tomoniga qochib wtdi. Ammo 1340 yilga kelib inglizlar qatiy h’arakatlar boshlab, frantsuzlarning sles enida turgan flotini ywg’ qildilar. Dengizda qozonilgan bu g’alaba ingliz flotini dengizda h’ukmron qilib qwydi. Lekin inglizlar bilan frantsuzlar quruqlikda twqnash kelgunlarigacha oradan yana bir necha yillar wtdi. Bu twqnash kelgunlarigacha oradan yana bir necha yillar wtdi. Bu twqnashuv shimoli-sharqiy Frantsiyaning Kresna yaqin joyiga Frandriya chegarsidagi 1346 yilda bwlgan jang edi. Frantsuz feodallari katta- talofat kwrdilar. Eduard boshchiligidagi ingliz qwshinlari twla g’alabaga erishdilar. Frantsuzlarning engilishining asosiy sababi frantsuz ritsarlarining umumiy safda turib jang qilishga qobiliyatsizligi edi. İngliz qwshinlari orasida ajoyib wqey otuvchilarning bwlishi ularning qwlini baland qildi. İngliz qamonchilari yuqori tabaqa dexqonlar orasidan tanlab olingan ellanma qyachshni h’isoblanardi. Yolinlar 350 qadam masofadan turib og’ir kamonlardan mwljalga aniq urardilar. Yuz yillik urushda ikkinchi yirik jang 1356 yilda Puatega yaqin joyda bwlib wtdi. İngliz qwshinlari bu safar Frantsiyaning shimoliga emas, balki g’arbiga keltirib tushirdi. XIII asr wrtalaridaeq Frantsiyada deh’qonlar noroziligi yuz berganligi yuqorida aytib wtilgan edi. Krepostnoy deh’qonlarning wnlab ayrim mah’alliy chiqishlari XIII asrning ikkinchi yarimi XIV asrning birinchi yarmidan xronikalarda rwyxatga olingan. Keng deh’qonlar h’arakatining asosiy sababi feodal sistemasining emirilishi, feodal-krepostnoylk ekspluatatsiyaning eski formalaridan tovar pul munosabatlariga asoslangan, deh’qonlar ammosi uchun yanada og’irroq bwlgan uning yangi ixchamroq formalariga wtilishi mumkin. Dexqon-servlarning shaxsiy krepostnoy qaramlikdan ozod etilishi va ularning 89 «Yangi vakillariga aylantirilishi frantsiyada XIII asrning ikkkinchi yarmi va XIV asr boshlarida zwr berib davom etdi. XVI-XVII asrlarda Eron XVI-asrning boshlarida Eron. XVI asr boshlariga kelib Eron bir qancha mustaqil feodal erlariga bwlinib ketgan edi. Eronning Sharqiy qismi-Xuroson poytaxti Hirotda bwlgan Temuriylar h’okimiyati ostida edi. Sharqiy qismida bir- biri bilan dushman bwlgan turli turkman sulolalari h’ukmronlik qiladilar. Markaziy, G’arbiy va janubiy Eronning ayrim viloyatlari aslida mustaqil davlatlar bwlib, mah’alliy xonlar tomonidan boshqarmalardi, xonlarning bir qismi kwchmanchi qabilalarning boshliqlari edi. Eronning G’arbiy qismi terroritoryasida h’ukmronlik qiluvchi ana shunday xonlar wn ikkitaga etgan edi. Shimoli-G’arbiy Eron va Janubiy Ozarboyjon savdo sanoat jih’atidan eng rivojlangan viloyatlar h’isoblanardi. Tabriz, Xamadon va bu wlkaning boshqa bir qancha shah’arlari yirik savdo-h’unarmandchilik markazlari edi. Ularda ip-gazlama va jun gazlama, gilam, ipaklik va charm buyumlar ishlab chiqarish twplangn. Eronning ana shu shimoliy qismidan muh’im karvon ywllari wtardi. Bu yillardan Wrta Osiё ipagi Evropaga etkazib berilardi. Eron Zakavkaze bilan katta savdo munosabatlari olib borardi, bu savdo sotiq ishlarida Eron savdogarlari h’am, arman savdonarlari h’a’m bab-baravar qolgan deh’qonchilik-bog’darchilik h’amda tog’liq tog’ bag’ri yaylovlari joylashgan rayonlariga nisbatan biz tilga olib wtgan shimoliy viloyatlar wz iqtisodiy h’aёtining jonlanganligi bilan ajralib turardilar. Shu sababli ular g’oyat katta, ammo wz iqtisodiy va sotsial darajasi jih’atidan bir-biriga wxshamaydigan, xilma-xtl bwlgan mamlakatni siёsiy jih’atdan yangitdan birlashtirish uchun muayyan darajada bazis bwla oladilar. Eronning kwproq rivojlangan shimoliy qismida sanoat va deh’qonchilik bilan shug’ullanadigan ah’oli orasida turkman xonlariga nisbatan g’azab ayniqsa sezilib turardi. Bu xonlar wzaro urushlari bilan, shuningdek mustasil talonchiliklari bilan mamlakatning xwjalik va ijtimoiy h’aёti normal rivojlanishiga h’alaqit berradilar. XVI asrning 90 boshlarida wzining eng keng kwlamdagi ekspeditsiyasini boshdan kechiraёtgan agressiv sultonlar turkiyasi tomonidan xavfning ortib boraёtganligi h’am yangitdan siёsiy birlashishini zarur qilib qwygan. Safaviylarning yuksalishi va safaviylar davlatining xarakteri. Yangi dinatiya wz nomini shayx Sayfiddindan oldi (1254-1334). Bu shayx XVI asrda Ozarbayjonda «Safaviyё» nomli musulmonlar jamoasiga boshchilik qilgan edi. Safaviylar xalfalar davridaёq Eronda keng tarqalgan shia mazh’abiga mansub edilar. XV asrning ikkinchi yarmida ardabil shayxlari shu qadar mustah’kamlanib oldilarki, ular Ozarbayjonda mah’alliy turkman xonlariga qarshi h’okimiyat uchun kurash boshladilar. Safaviylar wz atroflariga Eronning wrta va mayda wtroq feodallarini jipslashtirib, savdogarlardan madad olib, h’amda deh’qonlar va h’unarmandlarning noroziligidan foydalanib, ayni vaqtda ayrim turk kwchmanchi qabilalarini wz tomonlariga og’darishga muvaffiq bwldilar va ular orasidan wz otliq askarlari safiga chavandozlarni ёlladilar. 1499 yilda Ardabilning h’amda bwysundirilgan qwshni tur qabilalarining shayxi bwlgan İsmoil Safavid XVI asrning boshlaridaёq butun Janubiy Ozarbayjonni egallab, 1502 yilda Tarbriz shoh’i deb elon qildi (1502 yildan 1524 yilgacha h’ukmronlik qildi). Tabriz safaviylar Eronning poytaxti bwldi; Armaniston va Kurdiston swngra esa Bag’dod va Mesopotamiya (h’ozirgi İroq) bwysundirildi. İsmoil davrida yuz yildan kwproq davom etgan Eron-Turkiya urushi boshlanib keldi. Bu urush XVII asr 30-yillarining oxirigacha davom etdi. Turk sultoni Salim I wz tomonidan Zakavkaze Kurdiston va Mesopotamiyaga davogar edi. Turklarning 1514 yilgi yurishi avvaliga ular uchun muvaffaqiyatli bwldi. Turk qwshinlari safaviylar Eronning poytaxti Tabrizni qwlga olishga ulgurdilar. Ammo oziq-ovqatning etishmasligi h’amda yanisarlar orasidagi alaёn ularni Eron viloyatlarini tashlab chiqishga majbur etdi. Shu narsa xarakterliki, ikkita musulmon davlati wrtasidagi bu urush ideologik kelishmovchiliklar bayrog’i ostida olib borildi. Eronlar shia mazh’abiga, turklar sunniylar mazh’abiga mansub edilar. Wz h’ukmronligining oxirida İsmoil Gruziyani, swngra butun Shirvon xonligini (shimoliy 91 Ozarbayjonda) bwysundirdi. Shu tarzda ozarbayjon va faqat eron elementlaridan tashqari turli turk, tojik, kurd, arab va boshqa elatlarni wz tarkibiga birlashtirgan va markazi Ozarbayjonda bwlgan katta davlat ancha tez barpo etildi. Safaviylar davlati ah’olisining uchdan bir qismiga yaqinini kwchmanchilar tashkil qilar edi. Ozarbayjon, turkman va fors qabilalarining juda kwpchiigida patriarxal-feodal munosabatlar h’ukmronlik qilardi, ayrim qabilalar esa qabilachilik tuzumidan endigina ilk feodalizm munosabatlariga wtaёtgan edi. Safaviylarning ancha keng «yamoq ёstiq», yani wz etnik sostavi jih’atidan juda xilma-xil bwlgan davlati yuqorida aytib wtilganidek Eronga turklar agressiyasi tah’did qilib turgan vaziyatda vujudga keldi. Keyinchalik bu feodal-mustabid davlatning wzi nih’oyatda agressiv davlatga aylanib, Zakavkaze va Wrta Osiё xalqlarini wz h’okimiyatiga bwysundirishga intila boshladi. Til, din, turmush va tarixiy traditsiyalar jih’atidan Eronga ёt bwlgan bir qancha xalqlar safaviylarning og’ir milliy zulmini wz boshlaridan kechirdilar. Abbbos 1 ning urushlari. Safaviylar davlati shoh’ Abbos 1 davrida (1587- 1629) eng kwp qudratga twldi. Abbos 1 podsholik qilishi, bir tomondan, markaziy shoh’ davlatining eng yirik mustaqil feodallarni tugatish h’isobiga swzsiz wsishi bilan xarakterlanadi. Bu feodallar bir vaqtlar yangi sulolaning yusalishiga ёrdam bergan Ozarbayjondagi turk (turkman) qabillarining boshliqlaridan tashkil topgan edi. Safaviylar h’okimiyat tepasiga kelgan davrdan to Abbos 1 podsholik qilaёtgan paytgacha wtgan sakson yillik davr mobaynida ular kwchmanchi qabila zodagonlarining eng yirik vakillaridan qudratli wtroq feodal er egalariga aylanib, shoh’ning oliy h’okimiyati ostida amalda kwp jih’atdan mustaqil bwlgan juda katta territoriyalarni nazorat ostida saqlar edilar. Ana shu mustaqil xonlarga qarshi kurash-Abbos h’ukmronlik qilgan dastlabki davrning katta qismini tashkil etdi. Wndan ortiq xon davlatlari («mamoliklar») Abbos tomonidan tamomila tugatildi, kwpgina xonlar qatl etildi, ularning erlari va boshqa mol mulklari esa musodara qilindi. Buning natijasida shoh’ning obrwsi ancha oshdi va bu markaziy h’okimiyat ah’amiyatining wsishidagi sabablardan biri bwlib xizmat qildi. Abbos 92 davriga kelib safaviylar Eronning wz feodallari va Eron savdogarlari bilan juda yaqinlashib ketdilar. Bu narsa poytaxtning shimoldan danubda-Tabrizdan İsfaxon shah’riga kwchirilishida wz ifodasini topdi. Abbos h’arbiy ishga katta etibor berdi. Abbos Turkiya bilan h’al qiluvchi urushga tayёrgarlik kwrib, 12 ming kishilik piёdalar (wqchilar) korpusidan va g’ulomlar deb ataluvchi otliqlarning 10 ming kishilik porpusidan iborat muntazam armiya barpo etdi. G’ulomlar wz tuzilishlari jih’atdan turk yanicharlariga wxshshdilar, chunki ular h’am xristian ah’olidan, asosan Zakavkazening gruzin va arman ah’olisidan zwrlik bilan tortib olingan bolalardan tashkil topar edi; bu bolalar musulmonga aylantirilar va Eronda eng fanatik ruh’da tarbiyalanardilar. Abbos ingliz instruktorlari vositasi bilan wz armiyasida wq otuvchi qurol va twplarni joriy qildi. Muntazam doimiy qismlar tashkil qilish bilan bir vaqtda Abbos 1 feodal lashkarlaridan h’am foydalandi. Bu lashkarlar turli qabilalar va ayniqsa kwchmanchi qabilalar orasidan twplanar h’amda shoh’lar qwshinida eng asosiy rolni wynar edi. Umuman olganda Abbosning 120 ming kishidan iborat juda katta armiyasi bwlib, shoh’ ana shu armiyasi bilan 1602 yilda turk sultoniga qarshi urush boshladi. Turkiya Eron urushi wn yil davom etdi. 1612 yilgi sulh’ga binoan, Eron XVI asr 90-yillarning boshlarida Turkiyaga berishga majbur bwlgan deyarli h’amma viloyatlarini wziga qaytarib oldi. Bu erlar sostaviga Gruziya, Armaniston, Shirvon, Janubiy Ozarbayjonning viloyatlari. Kurdiston, Bag’dod va Mesopotamiya kirar edi. İkki yirtqich- sulton Trukiyasi va shoh’ Eroni wrtasidagi kurash bu gal Eronning g’alabasi bilan tugallandi. Natijada yuqorida sanab wtilgan kwpchilik mamlakatlar ah’olisining ah’voli yaxshilanishi u ёqda tursin, balki h’atto battar bwldi. Xususan, Abbosning aloh’ida chegra dasht zonalarini (turklar bilan yangi urush eh’timoliga qarshi) yaratish soh’asidagi tadbirlari Gruziya bilan Armaniston ah’olisi uchun ayniqsa og’ir mushkilot bwlib tushdi, buning natijasida juda kwplab ah’oli wzi tug’ilib wsgan joylarni tashlab ketishga majbur bwldi. 93 Trukiya bilan urush tamom bwlgandan keyin kwp wtmasdanoq Abbos Afg’onistonning kattagina qismini wz erlariga qwshib oldi. 1622 yilda Abbos qwshinlari Fors kwltig’idagi Ormuz portidan portugaliyalarni h’aydab chiqardi. Eron qwshinlarining Ormuzni qwlga olish operatsiyasi ingliz flotining h’arakatlari bilan qwshib olib borildi. Ammo inglizlarning ёrdami beg’araz emas edi. Abbos Anliyaning Ost-İndiya kompaniyasiga wz davlatida poshlinasiz savdo qilish h’uquqini berishga majbur bwldi. İsfaxonda va boshqa shah’arlarda ingliz kontoralari va savdo uylari ochildi. Keyinchalik h’ukumat inglizlar bilan raqobat qiluvchi Gollandiya Ost-İndiya kompaniyasiga h’am kwpgina savdo imtiёzlarini berdi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling