Bionika (yun bion hayot elementi, asl maʼnosi yashovchi)-biol va kibernetikaning


Download 26.37 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.01.2023
Hajmi26.37 Kb.
#1080679
Bog'liq
Bionika - Vikipediya



Bionika
Bionika (yun. bion — hayot elementi, asl maʼnosi — yashovchi)—biol. va kibernetikaning
yanada mukammal texnik vositalar yoki qurilmalarni yaratish maqsadida organizmlarning
tuzilishi va hayot faoliyatini oʻrganadigan bir yoʻnalishi. B. 20-asrning 2-yarmida shakllangan.
Nerv sistemasida axborotning qayta ishlanish usuli, sezgi organlarining tuzilishi va ishlashi
xususiyatlari, navigatsiya, oriyentatsiya va lokatsiya tamoyillari yoki odam va hayvonlarda
sodir boʻladigan boshqa jarayonlar, shuningdek foydali ish koeffitsiyenta juda yuqori boʻlgan
bioenergetik jarayonlar B.ning asosiy masalalaridir. Nerv sistemasi signallarni aniq va bexato
qabul qilishi, ishonchli, ixcham va energiyani tejab sarflashi bilan elektron hisoblash
mashinalariga nisbatan katta afzallikka ega. Nerv sistemasi va sezgi aʼzolarini oʻrganish
"oʻylovchi" mashinalar, yorugʻlik, harorat va elektr maydonini sezuvchi ixcham va oʻta sezgir
datchiklar hamda harakatdagi jismni kuzatib boradigan asboblar yaratishda katta ahamiyatga
ega. Hid bilish aʼzosini oʻrganish esa havodagi yoki suvdagi hidli moddalarning eng kam
miqdorini bilishga imkon beradigan qurilmalarni yaratishga yordam beradi. Hayvonlarda
uchraydigan infrakizil nurlar, ultratovush va haroratni sezuvchi reseptorlar asosida matn va
sxemalarni oʻqiydigan va taniydigan, osselogrammalar va rentgenogrammalarni tahlil eta
oladigan kurilmalar ishlab chikilgan. Kushlar, baliklar va boshqa hayvonlarning navigatsiya
qobiliyatini oʻrganish navigatsiyada foydalaniladigan uskunalarni takomillashtirishga imkon
beradi. Hayvonlarning morfologik tuzilishini oʻrganish esa texnik konstruksiyalarni barpo
etishda yangi gʻoyalar manbai hisoblanadi. Suvda tez suzadigan hayvonlarning terisini
oʻrganish tez suzar kemalar, suyaklarning tuzilishini oʻrganishdan olingan maʼlumotlar yengil
va mustahkam konstruksiyalar yaratishga imkon berdi.
Adabiyotlar

Download 26.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling