Birikmalar. 2-mavzu. Rezbali birikmalar haqida umumiy ma’lumotlar


Download 470.86 Kb.
bet3/7
Sana18.06.2023
Hajmi470.86 Kb.
#1590965
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ajraladigan (rezbali, shponkali) birikmalarning hisobi.

Rezbalarning asosiy turlari
Metrik rezba (2.3-rasm) juda keng tarqalgan mahkamlash rezbalaridan biri sanaladi. Profili teng tomonli uchburchak rasmda, shuning uchun α =60o. Rezbaning uchlari o’tmaslashtirilgan holda tayyorlanadi, bu esa kuchlanishlar jamlanishini ancha kamaytiradi, rezbani shikastlanishidan saqlaydi. Radial tirqishning mavjudligi buvday rezbaning nogermetik bo’lishiga sababchidir. Metrik rezba yirik va mayda qadamli turlarga bo’linadi.
Dyuymli rezba (2.7-rasm, a). Teng yonli uchburchakli profilga ega va α=55o. Xorijdan keltirilgan detallarni xa’mirlashda qo’llaniladi.
Quvur rezbasi (2.7-rasm, b). Bunday rezba silindrsimon rezbadir va mayda dyuymli rezba hisoblanadi. Bunday rezbalarda rezbaning botiq va chiqiq qismlari doirasimon bo’lgani uchun radial tirqish mavjud emas. Germetik birikma hosil qiladi, quvurlarni ulash uchun ishlatiladi. Birikmaning yuqori jipsligini konussimon rasmda tayyorlangan quvur rezbalari ta’minlaydi.
Trapesiyaviy rezba (2.7-rasm, v). Vint-gaykali uzatmalardagi asosiy rezba hisoblanadi. Bunday rezbaning profili teng yonli trapesiya bo’lib, α=30o. Tayyorlanishi nisbatan oson va ishqalanishga kam quvvat sarf bo’ladi. Yuklanish ostida ilgarilanma-qaytma harakatni uzatish uchun ishlatiladi.
Tirak rezba (2.7-rasm, g). Profili α=27o li teng yonli bo’lmagan trapesiyadan iborat. Foydali ish koeffisienti trapesiyaviy rezbalardan yuqori. Vint-gaykali uzatmalarda yuqori yuklanishlarni bir tomonlama o’qiy yo’nalishda qabul qilishda ishlatiladi.
To’g’riburchakli rezba (2.7-rasm, d). Profilli kvadrat, kichik mustahkamlikka ega. Yedirilishi natijasida o’q bo’yicha tirqishlar hosil bo’ladi. Standartlashtirilmagan. Кam yuklanishli vint-gaykali uzatmalarda cheklangan tarzda ishlatiladi.
Doiraviy rezba (2.7-rasm, e). Profili-qisqa to’g’ri chizikdar bilan tutashtirilgan yoylardan iborat, profil burchagi α=30o. Yuqori dinamikaviy mustahkamlikka ega. Ifloslangan muhitda og’ir ekspluatasiya sharoitlarda chekli qo’llanadi. Quyma, dumalatib ishlov berish va bosim ostida yupqa devorli detallarda tayyorlanishi mumkin.

2.7-rasm. Rezbaning asosiy turlari:
a) dyuymli; b) quvur rezbasi; v) trapesiyaviy;
g) doiraviy; d) tirak; e) to’g’riburchakli

Rezbali birikmalar boltli, vintli va shpilkali bo’lishi mumkin (2.8-rasm).


Boltli birikmalar (2.8-rasm, a) biriktirilayotgan detallarda rezbani hosil qilmasdan birikma olish imkonini beradi. Aksariyat hollarda etarlicha mustahkam bo’lmagan materiallardan tayyorlangan detallarni biriktirishda ishlatiladi.
Vintli birikmalar (2.8-rasm, b) detallarni mahkamlash uchun ishlatiladi. Bunda vint detaldagi rezbali teshikka buraladi, gayka ishlatilmaydi.
Shpilkali birikmalar (2.8-rasm, v) detallar birikmasini ekspluatasiya sharoitlariga ko’ra ajratib turish hollari shart bo’lgan vaqtlarda qo’llanadi. Bunda o’zakka ikki tarafdan rezbali o’yiq hosil qilinadi. Shpilkani detalga gaykalar vositasida yoki shpilkaburagich yordamida buraladi.

2.8-rasm. Boltli (a), vintli (b) va shpilkali (v) rezbali birikmalar.
Agarda rezbali birikmalarga o’zgaruvchan kuch yoki moment ta’sir etsa, ular o’z-o’zidan bo’shashi va ko’ngilsiz hodisalarga olib kelishi mumkin. Buning oldini olish uchun turli usullarni qo’llashga to’g’ri keladi. Кontrgayka va prujinalovchi shayba ishlatish, shplint yoki simdan foydalanish, payvandlash usulidan foydalanish shunday usullardandir.
2.9- va 2.10-rasmlarda gaykani bo’shashib ketmasligini ta’minlovchi ba’zi usullar keltirilgan.

2.9-rasm. Qo’shimcha ishqalanish yoki prujinalovchi shayba vosita-
sida mahkamlash



2.10-rasm. Holatlovchi detallarni qo’llash orqali gaykani mahkamlash: shplint (a), sim (b) va kaftchali shayba (v) ishlatish



Download 470.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling