Birinchi variant


Yigirma sakkizinchi variant


Download 153.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/16
Sana08.01.2022
Hajmi153.27 Kb.
#242505
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Mustaqil talim (1)

Yigirma sakkizinchi variant 

Topshiriq. 

Cho’lponning «Kecha va kunduz» romanidan bog’langan va bog’lovchisiz 

bog’langan qo’shma gaplarga o’nta misol toping. Olingan manba muallifi, sahifasi 

ko’rsatilishi shart. 

a)      

Bog’langan va bog’lovchisiz qo’shma gaplar haqida umumiy tushuncha yozing. 

b)      

Bog’langan va bog’lovchisiz qo’shma gaplarga ikkita gap tuzing va sintaktik tahlil 

qiling.  

Yigirma to’qqizinchi variant 

Topshiriq. 

Berilgan matndan qo’shma gaplarni topib, turini aniqlang. 

a)      

Qo’shma gaplar haqida umumiy tushuncha yozing. 

b)      

Qo’shma gaplarning turlariga uchta gap tuzing va sintaktik tahlil qiling. 

Boy ariqdan tetik hatlab, oldinda yurdi. Uning yan

gi amirkon kovushi yumshoq g’irchillar, 

shohi yaktagi quyosh nurida jivir-jivir tovlanib, uchqunlanib yaltirar edi. 

Ular bog’ning tashqariga qaratilgan kichkina eshigiga kirdi. 

Yo’lchining ko’ziga katta bog’ manzarasi ochildi, tomosha qilib, keksa tog’aning orqasidan 

yuraverdi. Orasidan Qo’qon arava bemalol yuradigan keng uzun ishkomlar, ikki tanobdan 

mo’lroq yerni ishg’ol etgan. Ko’m-ko’k tok barglari ertalabki quyoshda jilvalandi. Bog’ning 

to’rt tomonini o’ragan baland, yangi paxsa devor bo’ylab shaftolilar o’sadi. Ko’klariga 

tirgovuchlar qo’yilgan bo’lsa ham, mevaning ko’pligidan shoxlari sinib, yerga tegib yotibdi. 

Bog’ning qo’yisida katta olmazor ....(O.) 



O’ttizinchi variant 

Topshiriq

. Har xil bog’langan gaplardan tuzilgan qo’shma gaplarning tarkibidagi sodda 

gaplarning tagiga chizing va ularning o’zaro bog’lanish yo’llarini izohlang. 

a) Qo’shma gap haqida umumiy tushuncha yozing. 

b) Ikkita qo’shma gap tuzing va sintaktik tahlil qiling. 

1. U sokin, kamtarin, muomalada nozik, lekin ulug’-sifat, butun olimlar uning ma’lumotini 

jamiki ilmlarda chuqur ekanligiga qoyil bo’lsalar ham, har yerda tasdiqlasalar ham, Navoiy 

ma’lumotfurushlik qilmas, ilm sohasida ko’proq o’z nuqsonlaridan gapirardi.(0.) 2. Vohid 

uyquli ko’zlarini arta-arta perronga chiqqanida, tong nafasi sezilib qolgan, lekin ro’paradagi 

chorbog’ning ichi hali qorong’u, u yer-bu yerdagi chiroqlar charaqlab turardi. (O.Yo.) 3. 

Bahor quyoshi ko’kning tiniq feruzasida Hirotning «Gavharshod» madrasasining haybatli 

gumbazi ustida    porlar,    gumbazning    azamat    peshtoqlarining    

naqshlari shu’lalarda 

jonli, havoyi bir chamanzor kabi turli tuman, olov ranglar chaqnatar, gumbaz tevaragida 

kabutarlar, ruvonch bilan inoq o’ynashardi. (O.) 4. Ko’zim qirg’oqda, ammo u yer bo’sh, 

hyech kim ko’rinmaydi. (O’.Umarbekov) 5. Professor chiqib ketgach, eshik yopilib koridorda 

vrachlaming oyoq tovushi tinar, yarador esa ko’zlarini yumganicha yotib xayol surardi. 6. 

Saraton kirgan bo’lsa ham, hamma yoq ko’m-ko’k tog’ cho’qqilarini qalin qor qoplagancha 

turibdi. (H.

Nu’manov, A.Shorahmedov) 7. O’zi sezib turibdiki, bu gaplarga hyech kim quloq 

solayotgani yo’q, har kim o’z xayoli bilan band edi. (As.M.) 



O’ttiz  birinchi variant 

Topshiriq. 

“O’zbekiston adabiyoti san’ati” gazetasidan uslublarga misollar toping. Olingan 

m

anba muallifi, sahifasi ko’rsatilishi shart. 



a)      Uslublar haqida umumiy tushuncha yozing. 

b)      Uslublar qatnashgan beshta gap tuzing va sintaktik tahlil qiling. 



  

 

 



 

Download 153.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling