Birinchi variant
Yigirma sakkizinchi variant
Download 153.27 Kb. Pdf ko'rish
|
Mustaqil talim (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’ttizinchi variant Topshiriq
- O’ttiz birinchi variant Topshiriq.
Yigirma sakkizinchi variant
Topshiriq. Cho’lponning «Kecha va kunduz» romanidan bog’langan va bog’lovchisiz bog’langan qo’shma gaplarga o’nta misol toping. Olingan manba muallifi, sahifasi ko’rsatilishi shart. a) Bog’langan va bog’lovchisiz qo’shma gaplar haqida umumiy tushuncha yozing. b) Bog’langan va bog’lovchisiz qo’shma gaplarga ikkita gap tuzing va sintaktik tahlil qiling.
Berilgan matndan qo’shma gaplarni topib, turini aniqlang. a) Qo’shma gaplar haqida umumiy tushuncha yozing. b) Qo’shma gaplarning turlariga uchta gap tuzing va sintaktik tahlil qiling. Boy ariqdan tetik hatlab, oldinda yurdi. Uning yan gi amirkon kovushi yumshoq g’irchillar, shohi yaktagi quyosh nurida jivir-jivir tovlanib, uchqunlanib yaltirar edi. Ular bog’ning tashqariga qaratilgan kichkina eshigiga kirdi. Yo’lchining ko’ziga katta bog’ manzarasi ochildi, tomosha qilib, keksa tog’aning orqasidan yuraverdi. Orasidan Qo’qon arava bemalol yuradigan keng uzun ishkomlar, ikki tanobdan mo’lroq yerni ishg’ol etgan. Ko’m-ko’k tok barglari ertalabki quyoshda jilvalandi. Bog’ning to’rt tomonini o’ragan baland, yangi paxsa devor bo’ylab shaftolilar o’sadi. Ko’klariga tirgovuchlar qo’yilgan bo’lsa ham, mevaning ko’pligidan shoxlari sinib, yerga tegib yotibdi. Bog’ning qo’yisida katta olmazor ....(O.) O’ttizinchi variant Topshiriq . Har xil bog’langan gaplardan tuzilgan qo’shma gaplarning tarkibidagi sodda gaplarning tagiga chizing va ularning o’zaro bog’lanish yo’llarini izohlang. a) Qo’shma gap haqida umumiy tushuncha yozing. b) Ikkita qo’shma gap tuzing va sintaktik tahlil qiling. 1. U sokin, kamtarin, muomalada nozik, lekin ulug’-sifat, butun olimlar uning ma’lumotini jamiki ilmlarda chuqur ekanligiga qoyil bo’lsalar ham, har yerda tasdiqlasalar ham, Navoiy ma’lumotfurushlik qilmas, ilm sohasida ko’proq o’z nuqsonlaridan gapirardi.(0.) 2. Vohid uyquli ko’zlarini arta-arta perronga chiqqanida, tong nafasi sezilib qolgan, lekin ro’paradagi chorbog’ning ichi hali qorong’u, u yer-bu yerdagi chiroqlar charaqlab turardi. (O.Yo.) 3. Bahor quyoshi ko’kning tiniq feruzasida Hirotning «Gavharshod» madrasasining haybatli gumbazi ustida porlar, gumbazning azamat peshtoqlarining naqshlari shu’lalarda jonli, havoyi bir chamanzor kabi turli tuman, olov ranglar chaqnatar, gumbaz tevaragida kabutarlar, ruvonch bilan inoq o’ynashardi. (O.) 4. Ko’zim qirg’oqda, ammo u yer bo’sh, hyech kim ko’rinmaydi. (O’.Umarbekov) 5. Professor chiqib ketgach, eshik yopilib koridorda vrachlaming oyoq tovushi tinar, yarador esa ko’zlarini yumganicha yotib xayol surardi. 6. Saraton kirgan bo’lsa ham, hamma yoq ko’m-ko’k tog’ cho’qqilarini qalin qor qoplagancha turibdi. (H. Nu’manov, A.Shorahmedov) 7. O’zi sezib turibdiki, bu gaplarga hyech kim quloq solayotgani yo’q, har kim o’z xayoli bilan band edi. (As.M.)
O’ttiz birinchi variant Topshiriq. “O’zbekiston adabiyoti san’ati” gazetasidan uslublarga misollar toping. Olingan m anba muallifi, sahifasi ko’rsatilishi shart. a) Uslublar haqida umumiy tushuncha yozing. b) Uslublar qatnashgan beshta gap tuzing va sintaktik tahlil qiling.
Download 153.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling