Yigirmanchi variant
Topshiriq.
Qismlari uyushgan murakkab qo’shma gaplarga beshta misol toping.
a)
Qismlari uyushgan murakkab qo’shma gaplar haqida umumiy tushuncha yozing.
b) Yuqoridagi ikkitasini sintaktik tahlil qiling.
Yigirma birinchi variant
Topshiriq.
Quyidagi gaplardan bog’lovchisiz bo’g’langan qo’shma gaplarni ajratib yozing.
1. Yo’lda ba’zan oq pushti sariq va qizil gullar uchraydi. 2. Gap yo’q, so’z yo’q, qishloq
tomonga o’qdek uchib keta boshladi. 3. Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz. 4. Dugonalar ish
bilan band bo’lishdi. 5. Eshikni mushtim bilan tiqillatgan edim. 6. Boshi bilan javob ishorasini
berib oldinlar edi.
a) Bog’lovchisiz bo’g’langan qo’shma gaplar haqida umumiy tushuncha yozing.
b) Bog’lovchisiz bo’g’langan qo’shma gaplar qatnashgan ikkita gap tuzing va sintaktik tahlil
qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: