O’n uchinchi variant
Topshiriq.
Badiiy asarlardan murakkab qo’shma gaplarga misollar toping. Olingan manba
muallifi, sahifasi ko’rsatilishi shart.
a)
Murakkab qo’shma gaplar haqida umumiy tushuncha yozing.
b)
Murakkab qo’shma gaplar qatnashgan ikkita gap tuzing va sintaktik tahlil qiling.
O’n to’rtinchi variant
Topshiriq.
Ergash va bosh gaplarni aniqlab tagiga chizing va bosh gapga bog’lovchi
vositalarni izohlang.
a)
Ergashgan qo’shma gap haqida umumiy tushuncha yozing.
b)
Ergashgan qo’shma gaplardan ikkitasini sintaktik tahlil qiling.
1. Siz qayerni xoxlasangiz, o’sha yer menga yoqadi. (O.) 2. Kimki o’z ishiga xushyor bo’lsa,
u hech qachon yanglishmaydi. (Furmonov) 3. Xalq shunday bir daryoyi azimki, uning
mavjidan na shohning, na darveshning kulbasi qolur. (O) 4. Elmurod g’aramdan sirpanib
tushar ekan, bolaning harakat va avzoyi eshonga boshqacha ko’rindi. (P.T.) 5. Bilamanki,
mening ixtiyorimga qarshi bormaydi. (S.B.) 6. Men sizga shuning uchun ishonamanki, bir
boshingiz bilan o’n odam ko’tarasiz. (H.G’.) 7. Senday qonxo’r zolimdan qolmasin deb biror
zot, Bosh ko’tardik, zulmdan boimoqchi edik ozod. (H.O.)
Do'stlaringiz bilan baham: |