Biznes boshqaruv asoslari
Download 0.76 Mb.
|
Biznes boshqaruv asoslari-fayllar.org (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- To’lovlar muvozanati.
- Xalqaro valyuta.
Savdo muvozanati.
Mamlakatning umumiy eksport va importlari o’rtasidagi farq savdo muvozanati deyiladi. Agar importga nisbatan eksport ko’proq bo’lsa, bu savdo ortiqchaligi hisoblanadi.Bu savdo-sotiq vaziyati ijobiy hisoblanadi. Agar eksportga qaraganda import ko’proqni tashkil etsa, savdo yetishmovchiligi hosil bo’ladi va bu savdo vaziyati salbiy hisoblanadi. Davlatda bir mamlakat bilan savdo ortiqchaligi bo’lsa, boshqasi bilan savdo yetishmovchiligi paydo bo’lishi mumkin.Shuning uchun ham mamlakatlar o’z xalqaro savdo muvozanatini muvozanatda ushlashga harakat qilishadi. To’lovlar muvozanati. Mahsulot va xizmatlar eksport va importga asosan ayirboshlashning boshqa ko’rinishlari turli millatlar o’rtasida amalga oshirilishi mumkin. Pul investitsiya va turism orqali bir mamlakatdan boshqasiga o’tadi. Bir mamlakat fuqarosi korporatsiya orqali boshqa mamlakatga investitsiya kiritishi mumkin.Biznes boshqa bir mamlakatdagi firmaga investitsiya kirita oladi.Bir hukumat boshqasiga moliyaviy yoki harbiy ko’mak berishi mumkin. Banklar xorijiy banklarga deposit mablag’larini qo’yish imkoniyatiga ega. Turistlar sayohat qilayotganlarida o’zining davlatidan dam olayotgan davlatiga pul mablag’larini olib kirishadi.Ba’zi davlatlarda sayohat qilmoqchi bo’lganlar davlatdan ma’lum bir miqdordan ko’p bo’lmagan holatda pul olib chiqib ketishlari mumkin. Davlatga kirib kelayotgan va chiqib ketayotgan pul miqdorlari orasidagi farq to’lovlar muvozanati hisoblanadi. Qachonki davlat to’laganidan ko’proq pul qabul qilib olsa, bu ijobiy to’lov muvozanatidir.Aks holda esa salbiy to’lov muvozanat holati yuzaga keladi. Xalqaro valyuta. Xalqaro biznesda yuzaga keladigan yagona muammo dunyo bo’ylab foydalaniladigan turli valyuta kurslaridir. Har millatning o’z bank tizimi va pul birligi mavjud. Misol uchun, Rossiya rubl, Yevropa ittifoqi yevro, Braziliya real, Hindiston rupiya va Saudiya Arabistoni riyaldan foydalanadi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling