Mavzu: Turistlar xavfsizligini ta’minlashning xususiyatlari. Reja
Download 209.5 Kb.
|
AMAKINIKI KURS ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH Mavzuning dolzabrligi
- 1. Turizm sohasida xavfsizlikni ta’minlash tamoyillari
- Milliy qonunlar, xalqaro kuquqlar asosida
- Makrodarajadagi tashkiliy mexanizmlar asosida.
- 3. Mikrodarajadagi tashkiUy mexanizm asosida.
- 4. Iqtisodiy mexanizmlar asosida.
- Tarmoq miqyosida turizmda xavfsizlik darajalari
- Davlat xizmati tarkiblari
- Davlat jamoa xizmati tarkiblari
- Davlai jamoa xizmati tarkiblari OAV
- Xususiy xizmatlar tarkiblari
Mavzu: Turistlar xavfsizligini ta’minlashning xususiyatlari. Reja: Kirish. 1. Turizm sohasida xavfsizlikni ta’minlash tamoyillari. 2. Xalqaro turizmda turistlarnimg hayoti xavfsizligini ta’minlashning xalqaro huquqiy va me’yoriy hujjatlari. 3. O’zbekiston Respsiblikasi qonun va qarorlarida turistlar hayoti xavfsizligini ta’minlash. 4. Sayohat davomida turistlarning hayotiga ta’sir etuvchi omillar. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. KIRISH Mavzuning dolzabrligi: Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq xizmatlar ko’rsatish sohasidagi turizm xizmatlari iqtisodiy taraqqi- yotning ustuvor yo’nalishi sifatida talqin qilinib, unga e’tibor davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan. Soha rivoji uchun zaruriy tashkiliy-huquqiy mexanizmlar vujudga keltirilib, hukumat tomonidan tegishli me’yoriy hujjatlar qabul qilindi va bu yo’nalishdagi ishlar hozir ham davom etmoqda. Insonning hayoti xavfsizligini ta’minlash hamma vaqtda ham avvalo insonning o‘z hayotini muhofaza qilish, sog‘lig‘ini saqlash, yashash istagi hissiyotlaridan kelib chiqadi.
O‘z hayoti xavfsizligining ertasini o‘ylamaydigan, hozirgi zamonamizdan juda ko‘p yillar ilgari xavfli sharoitlarda tavakkaliga sayohatga chiqgan jasur kishilar (Kuk, Skott, Magellan, Maklay, Livingston, Dikson, Nikitin, Bering, Dejnyov, Prjevalskiy, Polo, Batuta, Lazerev, Kruznshtern, Kolumb, Vamberi va boshqalar) buyuk geografik tadqiqotchi sayyohlar bo‘lishgan. Lekin, vaqt o‘tishi bilan zamirida albatta qo‘rqish hissi hukumronroq, ikkilanish hissi kuchliroq bo‘lganligi hisoblanadi. Bir mamlakatdan o‘zga mamlakatlarga sayohat qilmoqchi bo‘lgan turist albatta, bu mamlakatdagi siyosiy-ijtimoiy vaziyat bilan qiziqadi, axborotlarni to‘playdi va ko‘ngli tinchligi, xavotir yo‘qligidan aniq bir qarorga keladi. Turizmning xalqaro miqyosida rivojlanib borayotganligining sabablaridan biri xalqaro nizolarning pasayishi, qurollanishning susayganligi natijasida jahon xalqlarining biri-biriga qiziqishi, ko‘rishishga, muloqot qilishga, xalqlarning tarixiy-ma’naviy madaniyatiga, xalqlar yashayotgan davlatlar tabiatiga qiziqishi, intilishi hisoblanadi. Turizmdagi xalqaro huquq-me’yorlarini qabul qilgan mamlakatlarda turistlar ana shu huquq-me’yorlarga ishonib, suyanib erkin harakat qilishadi. Shu bilan birga, turizm rivojlanishida turistlik oqimlarning muayyan davlatda yoki davlatlarda ko‘payishi turizmdagi xalqaro tashkilotlarning faoliyatiga ham bog‘liq bo‘ladi. Har bir davlatda, shuningdek xalqaro miqiyosda turizmni tashkil etishning eng hisoblanadi. Turistlarning hayoti xavfsizligi va buyumlarining saqlanish kafolati xalqaro miqiyosda va davlatlar hududlarida harakatlanish xavfsizligidagi juda ko‘p majmuali tadbirlarning qonun himoyasida ta’minlanishni talab qiladi Mamlakatimizda turistik salohiyatni yuksaltirish, turistlar oqimini ko‘payti- rish, shuningdek, ularga qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish maqsadida 2017 yil 23-noyabrda Vazirlar Mahkamasining “ Turistlar xavfsizligini ta’minlashning qarori”ga muvofiq turistlar oqimi yuqori bo‘lgan Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz, Termiz shaharlarida 2018 yil 1-yanvaridan boshlab xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmalari tashkil qilinib, tanlov asosida bir nechta xorijiy tillarda erkin so‘zlasha oladigan, kasbiy jihatdan yetuk hamda yuksak muomala madaniyatiga ega xodimlar jamlandi va moddiy- texnik bazasi mustahkamlandi. Mavzuning maqsadi: Xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalarining turizm obyektlarida va infratuzilmasi hududida turistlar xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlari natijasi bo‘yicha ma’lumot berildi. Ta’kidlanganidek, Buxoro, Surxondaryo, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari IIBlarining xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari tomonidan joriy yilning 5 oyi davomida 47 davlat va xalqaro tashkilotlardan tashrif buyurgan 313 delegatsiyani kutib olish, ularning xavfsizligini ta’minlash va kuzatish bilan bog‘liq tadbirlar tashkil etilgan. Bo‘linma xodimlari tomonidan turli masalalarda yordam so‘ragan 23 mingdan ortiq xorijiy va mahalliy turistlarning murojaatlari ko‘rib chiqilgan va ularga kerakli yordam ko‘rsatilgan. Shuningdek, turistlarga nisbatan sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda aholining madaniyati va mehmondo‘stlik fazilatlarini yuksaltirish maqsa- dida bo‘linmalar tomonidan 2 ming 709 profilaktik tadbir o‘tkazilgan. Turistlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish va xavfsizlik choralarini kuchay- tirish masalalari yuzasidan tegishli davlat organlari va tashkilotlarga 105 taklif va taqdimnomalar kiritilgan, ularning 18 tasi ichki ishlar organlarining boshqa sohaviy xizmatlariga, 42 tasi mahalliy hokimiyat organlariga, 45 tasi boshqa davlat organ va tashkilotlariga yuborilgan. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning joriy yil 6 martdagi “Transport va turizm obyektlarida jamoat xavfsizligini ta’minlashning samarali tizimini joriy etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra turistik salo- hiyati yuqori bo‘lgan Toshkent, Samarqand viloyatlari hamda Toshkent shahrining ichki ishlar organlari tarkibida ham xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari tashkil qilindi, – deydi Ichki ishlar vazirligi xavfsiz turizmni ta’minlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh inspektori, polkovnik Sarvarbek Usmonov. – Shuningdek, yuklatilgan vazifalarni samarali bajarish uchun barcha boshqarmalar zamonaviy texnik vositalari bilan jihozlandi. Jumladan, alohida belgilari bilan ajralib turuvchi avtobus, yengil xizmat avtomashinalari, motosikl, skuter, segvey hamda planshetlar bilan ta’minlangan. 1. Turizm sohasida xavfsizlikni ta’minlash tamoyillari Turizm xavfsizligi keng ma’noli tushuncha bo‘lib, turizmda xavfsizlik turist va uning yuklarining xavfsizligi, turistik muhit qatnashchilarining muhim hayotiy qiziqishlarini ichki va tashqi xavflardan hamda turizm rivojianishida atrof-muhitni salbiy omillardan himoyalanganligi tushuniladi. Turizmdagi xavfsizlik – bu turist hayoti va sog‘!ig‘ini saqlash maqsadida hamda unga va atrof-muhitga (jamoaga, jamiyatga, davlatga, tabiatga) yetkazilgan zararlami minimallashtirishga qaratilgan majmuali tadbirlardan iborat. Dunyoda bo’lib o‘tayotgan voqea, hodisalar xavfsizlik masalasi qanchalik muhimligini ko‘rsatmoqda va bu yerda nafaqat mamlakat ichki tartibi, balki xalqaro darajada muvofiqlashtirish talab etiladi. Turizmda xavfsizlikni ta’minlash borasidagi qarorlar turistik faoliyat sohasidagi qonunlarning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Hozirgi paytda turizmda xavfsizlik masalasi quyidagi tamoyillar asosida ta’minlanadi: Milliy qonunlar, xalqaro kuquqlar asosida turistlami jo ‘natuvchi yoki qabul qiluvchi, davlat ulami himoya qilishi, panohiga olishi shart. Mamlakatda xorijiy turistlar kelishini nazorat qiluvchi, shaxsiy mulkini, shaxsiyatini himoya qiluvchi, joriy-qidiruv ishlarini olib borish, sug‘urta to'Iovlarini to‘lash, valyuta ayriboshlash, madaniy qiymatga ega buyumlami olib chiqish, axborot olishga imkoniyat, diplomatik va advokat ko‘magi va boshqa masalalarga tegishli huquqiy- me’yoriy aktlar qabul qilinadi. Turistik firmalar litsenziya oladilar va mahsulotlarini sertifikatlaydilar. Xalqaro me’yoriar aviatashuchilar, suv transporti kompaniyalari, avtokorxonalardan avariya va favqulodda hodisalarni oidini olish maqsadida yagona va universal standartni bajarishni talab qiladi. Makrodarajadagi tashkiliy mexanizmlar asosida. Bevosita va bilvosita turistlar xavfsiziigini ta’minlash bilan bog‘liq davlat va jamoa tarkiblari yordarnida amalga oshiriladi. Bular huquqiy, tartibni saqlash kuchlari (militsiya, razvedka xizmatlari) jinoyatchilikning oidini oladi; bojxona tarkibi - bular eksport - import, kontrabanda bilan kurashadilar; qutqaruv xizmatlari (tog‘ hududlarida, o‘rmonlar-da, yong‘indan, tibbiy, FHV va boshqalar.) - odamlami tabiiy ofatlar va texnogen xavflari mavjud joylardan qutqaradilar. Tashqi ishlar vazirligi - vaqtinchalik kelgan mamlakatda har xil holatlargatushib qolgan fiiqarolarga konsullik himoyasi xizmatini taqdim etadilar. Soiiq qo‘mitasi - iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashadi, standartlashtirish xizmati - iste’moichilarga taklif etiladigan tovar va xizmatlar soni va sifatini nazorat qiladi, prokuratura - davlat va shaxsga qarshi harakatlami oidini oladi, veterinariya va sanepideraiologiya xizmati - sanitariya talablarini tekshiradi va boshqalar 3. Mikrodarajadagi tashkiUy mexanizm asosida. Bu sayohatchilarga bevosita xizmatlar taklif etuvchi turistik korxonalardir. Masalan: turtirma marshrutni sertifikatlaydi, sug‘urta kompaniyasi - sayohatchi hayotini sug‘uitalaydi, mehmonxona yong‘in va epidemiologik xavfsizlikni ta’minlaydi, avtotransport korxonalari mashinalaming texnik holatini tekshiradi. Mahalliy jamoa ham tashrif buyuruvchilaming xavfsiziigini ta’minlashlari shart. Buning uchun gidlar maxsus tayyorgarlikdan o‘tadiIar, marshrutlar xavfsizligi (yo‘llar toshloq, zaharli o‘simliklar, yowoyi hayvonlar) tekshiriladi, turistlar maxsus moslamalar (palatka, qutqaruv jileti, dori-darmon) bilan ta’minlanadi, qutqaruvchilar va o'rmon xizmat- lari guruh kelgani va ulaming bu yerda bo‘Iish muddati haqida ogohlantiriladi. Turistning o‘zi ham xavfsizlik qoidalariga rioya qilishi shart. Ya’ni uning hayoti va sog‘iig‘iga nimalar xavf solishini anglashi, qabul qilingan talablarga rioya qilishi, hushyor bo‘lishi zarur. 4. Iqtisodiy mexanizmlar asosida. Xavfsizlik ta’minlanishining iqtisodiy mexanizmlari turist hayoti va mulkiga zarar yeikazilganda uni moliyaviy qopiashni nazarda tutadi. Masalan: sug‘urta. kompaniyasining sug'urta kafoiati zaruriy summani to‘lashga qurbi yetadigan bo‘iishi kerak. Tarmoq miqyosida turizmda xavfsizlik darajalari
Insonning hayoti xavfsizligini ta’minlash hamma vaqtda ham avvalo inson- ning o‘z hayotini muhofaza qilish, sog‘lig‘ini saqlash, yashash istagi hissiyotlari- dan kelib chiqadi. O‘z hayoti xavfsizligining ertasini o‘ylamaydigan, hozirgi zamonamizdan juda ko‘p yillar ilgari xavfli sharoitlarda tavakkaliga sayohatga chiqgan jasur kishilar (Kuk, Skott, Magellan, Maklay, Livingston, Dikson, Nikitin, Bering, Dejnyov, Prjevalskiy, Polo, Batuta, Lazerev, Kruznshtern, Kolumb, Vamberi va boshqalar) buyuk geografik tadqiqotchi sayyohlar bo‘lishgan. Lekin, vaqt o‘tishi bilan insonning yashashga bo‘lgan hissiyotlari ham o‘zgardi. Bunday hissiyotlar zamirida albatta qo‘rqish hissi hukumronroq, ikkilanish hissi kuchliroq bo‘lganligi hisoblanadi. Bir mamlakatdan o‘zga mamlakatlarga sayohat qilmoqchi bo‘lgan turist albatta, bu mamlakatdagi siyosiy-ijtimoiy vaziyat bilan qiziqadi, axborotlarni to‘p- laydi va ko‘ngli tinchligi, xavotir yo‘qligidan aniq bir qarorga keladi. Turizmning xalqaro miqyosida rivojlanib borayotganligining sabablaridan biri xalqaro nizolar- ning pasayishi, qurollanishning susayganligi natijasida jahon xalqlarining biri- biriga qiziqishi, ko‘rishishga, muloqot qilishga, xalqlarning tarixiy, ma’naviy madaniyatiga, xalqlar yashayotgan davlatlar tabiatiga qiziqishi,intilishi hisoblanadi Turizmdagi xalqaro huquq-me’yorlarini qabul qilgan mamlakatlarda turistlar ana shu huquq-me’yorlarga ishonib, suyanib erkin harakat qilishadi. Shu bilan birga, turizm rivojlanishida turistlik oqimlarning muayyan davlatda yoki davlatlarda ko‘payishi turizmdagi xalqaro tashkilotlarning faoliyatiga ham bog‘liq bo‘ladi. Har bir davlatda, shuningdek xalqaro miqiyosda turizmni tashkil etishning eng muhim elementlaridan biri – turistlarning sog‘lig‘i va hayoti xavfsizligining ta’minlanishi hisoblanadi. Turistlarning hayoti xavfsizligi va buyumlarining saqlanish kafolati xalqaro miqiyosda va davlatlar hududlarida harakatlanish xavfsizligidagi juda ko‘p majmuali tadbirlarning qonun himoyasida ta’minlanishni talab qiladi. Turizmning xalqaro xavfsizligidagi xalqaro tajribalarni Butunujahon turistlik tashkiloti (BTT) tadqiq qiladi va tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan tavsi- yalarni turizm to‘g‘risidagi qonun va huquqiy-me’yoriy hujjatlr qabul qilgan dav- latlarga ko‘rsatma – yo‘llanma sifatida taqdim qilib kelmoqda. Sayohatlarning xavfsizligini ta’minlash xaqidagi Hartiya 1985 yil BTT dagi Bosh Assambleyaning VI – sessiyasida qabul qilingan. Hartiya tarkibi 9 ta modda va turist kodeksi, turist kodeksi ham yana 9 ta moddadan iborat. Hartiyaning IV moddasida turistlarning sog‘ligi va hayoti xavfsizligini ta’minlashda, ularning buyumlarining saqlanishi, har bir davlat hududlarida erkin harakat qilishida quyidagi talablar bajarilishi dunyodagi barcha davlatlarga tavsiya qilingan: • davlatlarning ma’sulligi; • turistlarga imkoniyatlarning yaratilishi – o‘z davlatida va chet ellik turistlar uchun sayohatlar davrida BMT, BTT, Xalqaro fuqarolar aviatsiyasi tashkiloti, Xalqaro dengiz tashkiloti, Xalqaro bojxona hamkorligi Kengashi va boshqa xal- qaro tashkilotlarining turizm to‘g‘risidagi, xalqaro turizm to‘g‘risidagi “Holatlar”, “Dasturlar”, “Huquqiy-me’yorlar” bilan tanishi, o‘rganish, foydalanish sharoit- larini yaratishlari; • turistlarning bilimi va madaniyati o‘sishiga hamkorlik qilishi va yetib kelgan davlatlarning mahalliy aholisi bilan bo‘lgan muloqatlarda, aloqalarda o‘zaro tushunish, o‘zaro do‘stona muhitlarining yaratilishi; • turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlash va buyumlarining saqlanish chora- tadbirlarini xalqaro qonunlarga mos holda ishlab chiqishi; • gigiyena va sog‘liqni saqlash xizmatlariga murojaat qilish, yordam olishning barcha shartsharoitlarini yaratishi, yuqumli kasalliklar va baxtsiz hodisalardan saqlanish haqida ogohlantirish; • turizmda buzg‘unchilik maqsadlaridagi qilingan har qanday xatti-harakatlarning oldini olish; • turistlar va mahalliy aholini giyohvandlik moddalaridan noqonuniy foydalanish manbalaridan himoya qilish tizimlarini ishlab chiqishi kabi xalqaro turizm huquqiyme’yorlari ishlab chiqilgan. BTT ning davlatlar o‘rtasida obro‘sini ko‘targan va konferensiyalar ishlab chiqilgan tavsiyalar, ko‘rsatmalar, yo‘llanmalarning aniqligi, joriy etishga qulayligi va tushunarli ekanligi bo‘yicha BTT ning “Jahon turizmi bo‘yicha Manila deklaratsiyasi” ni qabul qilgan Turizm bo‘yicha butunjahon konferensiyasi qarorlari muhim ahamiyatga ega. Konferensiya 1980 yil 27 sentyabrdan 20 oktyabrgacha Filippin davlatining poytaxti Manila shahrida bo‘lib o‘tdi. Konferensiyaga 107 davlatning delegat- siyalari va 91 delegatsiya kuzatuvchi sifatida qatnashdi. • Manila konferensiyasidagi eng muhim qaror va tavsiyalar xalqaro miqiyosida va davlatlarda turistlarning hayoti xavfsizligini, sog‘lig‘ini ta’minlash va ularning buyumlarini saqlash, davlatlarda turistlarning erkin harakatlariga barcha shart- sharoitlarni yaratish natijasida xalqlar, elatlar va millatlarning do‘stona aloqalariga asoslar yaratiladi, millatlar o‘rtasidagi urf-odatlarni o‘rganish, qiziqish natijasida bir-biriga yaqinlik qiluvchi davlatlararo madaniyat markazlari kelib chiqadi. Konferensiyaning tinchlik shiori – “Dunyoda tinchlikni, hamkorlik, hamjihatlikni saqlash, xalqlarning madaniy merosini rivojlan-tirishda turizmning hissasi” mavzusi qabul qilindi. Manila konferensiyasida 27-sentyabr “Butunjahon turizm kuni” deb belgilandi. Xalqaro turizmda va davlatlar turizmida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha aniq va jiddiy tavsiyalarni ishlab chiqqan xalqaro konferensiyalarning eng obro‘lisi, tan olingani BTT ning Turizm bo‘yicha “Gaaga deklaratsiyasi” qabul qilinishi bo‘ldi. Butunjahon turizm tashkilotining (BTT) dunyo davlatlarining Parlamentlariaro turizm bo‘yicha xalqaro konferensiyasi Niderlandiyaning Gaaga shahrida 1989 yilning 30 martidan 14-apreligacha bo‘lib o‘tdi. Konferensiya ishida Parlamentlararo ittifoq (MGTS) vakillari ham qatnashdi. Bu xalqaro tashkilotni Niderlandiya davlatning parlamenti taklif qilgan edi. Konferensiya birinchi navbat-da BMT ning jahon davlatlarida turizmni rivojlantirishda BTT ning mehnatlari va muhim mavqe’ga ekanligini e’tirof etdi. Ikkinchidan, jahon turizmining rivojlanayotganligida xalqaro tashkilotlar: xalqaro mehnat tashkiloti (MOT), Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (VOZ), BMT ning fan va madaniyat,ma’orif tashkiloti (YUNESKO), Xalqaro fuqaro aviatsiyasi (MKAO), atrof-muhit bo‘yicha BMT dasturi (YUNEP), xalqaro jinoiy qidiruv politsiyasi (INTERPOL) va xalqaro iqtisodiyot hamkorlik va rivojlantirish tashkilotlari BTT bilan mustahkam aloqada bo‘ldilar, yordam berdilar. Turizm bo‘yicha Gaaga deklaratsiyasi 10 ta tamoyilni qabul qildi va dunyo mamalakatlariga tarqatdi. Deklaratsiya jahonda turizmning rivojlanishida turizm xavfsizligi xalqaro miqiyosda va milliy davlatlar miqiyosida ta’minlanishi shartli- gini ta’kidladi. Bunga erishish uchun quyidagilani amalga oshirishni tavsiya qiladi: - turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlash me’yorlarini ishlab chiqish va turizmda joriy qilish; - jamoatchilikka aniq axborotlarni yetkazish va tarqatish; turistlarning xavfsizligini o‘rganuvchi va ta’minlovchi, ayniqsa ekstremal vaziyatlarda xavfsizlikni ta’minlashni tadqiq qiluvchi institutsional markazlar tashkil qilish; - turistlarning xavfsizligini ta’minlashda xalqaro, qit’alararo hamkorlikni tashkil qilish va harakatlantirish. Gaaga deklaratsiyasining turistlarning sog‘lig‘i va hayoti xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalari: • turistlarni hurmat qilish, qadr-qimmatini, huquqini va xavfsizligini himoya qilish turizm rivojlanishining ajralmas qismidir. Shuning uchun ham: Download 209.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling