Mavzu: Turistlar xavfsizligini ta’minlashning xususiyatlari. Reja
Download 209.5 Kb.
|
AMAKINIKI KURS ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Xalqaro turizmda turistlarnimg hayoti xavfsizligini ta’minlashning xalqaro huquqiy va me’yoriy hujjatlari
- O’z bekiston Respsiblikasi qonun va qarorlarida turistlar hayoti xavfsizligini ta’minlash
- 18-moddasi: «Turistiarnmg xavfsizligi kafolati»
- 19-moddasi: Turistlarning xavfsizligini ta’minlash choratadbirlari.
- 20-moddasi: «Turistlami sug’urta qilish».
- 4. Sayohat davomida turistlarning hayotiga ta’sir etuvchi omillar Atrof-muhit ta ’siri
- Jismoniy toliqish, asabiy va ruhiy omillar
- Biologik omillar
- Shaxsiy xavfsizlik va xavfsizlik buyumlari
a. turistlarning qadr-qimmati, hayoti xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari ular harakatlanadigan barcha turistlik ob’ektlarda, safarda, sayohatda, mehmonxona- larda ishlab chiqilgan va bartaraf etilgan bo‘lishi; b. turistlik ob’ektlarga va turistlar hayotiga xavf soluvchi vaziyatlar va omillar haqidagi barcha axborotlar, ma’lumotlarni turistlarga o‘z vaqtida yetkazishini ta’minlash; d. har bir davlatda turistlarning erkin harakat qilish, xavfsizligini ta’minlashning huquqiy me’yorlari ishlab chiqilishi va qabul qilishishga erishish, har bir davlatda turistlarning huquqni himoya qilish organlariga o‘z vaqtida murojaat qilishi, o‘zining haq-huquqlarini himoya qilish imkoniyatlarining yaratilishiga erishish; e. turistlarni himoya qilish, hayoti xavfsizligini ta’minlashdagi huquqiy me’yor- larni ishlab chiqish, xavfga qarshi chora-tadbirlar tizimini yaratishda har bir dav- latlarning BTT bilan o‘zaro hamkorlik qilishni ta’minlash. Gaaga deklaratsiyasida qabul qilingan yana bir muhim hujjat shundan iborat bo‘ldiki, terrorizm turizm va turistlik harakatlanishning rivojiga real xavf deb tan olindi. Jahondagi davlatlarga terroristlarga har xil siyosiy sabablarni ro‘kach qilib boshpana berish hollari jahon miqiyosida qoralanishi e’tirof etildi. Xalqaro turizm xavfsizligi va turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlashda BTT ning 2001 yil 30 sentyabr – 1 oktyabrda Yaponiyada (Ming yillikning Osaka deklaratsiyasi) o‘tkazilgan konferensiyasi, MDH davlatlarining “Turizm sohasida hamkorlik” – Ashgabat 23 dekabr 1993-yil, 29 oktyabr 1994 yil, 4 noyabr 1994 yil Osaka deklaratsiyasi, Turistlik faoliyatni tashkil qilish Yevropa Kengashi, 2 noyabr 1981 yil Nepaldagi Xalqaro mehmonxona qoidalari assotsiatsiyasi muhim qarorlar qabul qildi, tavsiyalar ishlab chiqib dunyo mamalakatlariga tarqatdi. Shuningdek, “Afina konvensiyasi” turistlarning yuklarini tashishdagi xalqaro huquq me’yor- larini ishlab chiqdi. Turagentliklar assotsiatsiyasining Butunjahon federatsiyasi (UFTAA) va Butunjahon mehmonxonalar assotsiatsiyasi (MGA) mehmonxona- larda turistlarni joylashtirish, ularning faol harakatlarini tashkil qilish, sog‘lig‘i va hayoti xavfsizligini ta’minlashning xalqaro huquqiy mezonlarini ishlab chiqdilar va bu haqda BTT ga a’zo bo‘lgan davlatlar o‘z milliy turizm siyosatiga mos bo‘lgan huquqiy me’yorlarni qabul qilishini tavsiya qildi. Qayd qilish lozimki, BTT 1994 yilda o‘z boshqaruvi tarkibida “Turistlik xizmatlar sifati” bo‘yicha komitet tashkil qildi. Bu komitet xalqaro turizmda sayyohlarning havfsizligi masala- lariga ham javob beradi. Xuddi shu yili BTT dunyoning 73 mamlakatlarida “Sayyohlarni (turistlarni), turistlik ob’ektlarni himoya qilish va xavfsizligi” mavzu- sida xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirishning tashabbusi bilan 1995 yilning yozida Shvesiya davlatining Esterund shahrida “Sayohat davrida xavflarni kamaytirish va turizm xavfsizligini ta’minlash” mavzusida xalqaro konferensiyasi o‘tkazildi. Turizm mamalakatlarining 21% ida maxsus turizm politsiyasi tashkil qilin- gan bo‘lib, bu politsiya faqat turizm faoliyati bilan shug‘ullanadi. Turizm politsiya- si zimmasiga turizm resurslarini va atrof-muhitni muhofaza qilish, giyohvandlikga qarshi kurashish, mahalliy etnik guruhlarni himoya qilish vazifalari ham yuklatil- gan. Xalqaro turizm amaliyotidan ma’lum bo‘ladiki, ko‘pgina davlatlarning turizm boshqaruvi turistlarining dunyo davlatlariga, mintaqalariga borishi yoki bormas- liklari, xavfsizlikning holati, darajalari, ushbu davlatlarda turizm siyosati va himo- ya turizmi haqida aniq tavsiyalar ishlabchiqadi va o‘z ommaviy axborot vositala- rida muntazam ravishda tavsiyalar berib boradi. 2. Xalqaro turizmda turistlarnimg hayoti xavfsizligini ta’minlashning xalqaro huquqiy va me’yoriy hujjatlari Insonning hayoti xavfsiziigini ta’minlash hamma vaqtda ham awalo insonning o’z hayotini muhofaza qilish, sog‘lig‘ini saqlash, yashash istagi hissiyotlaridan kelib chiqadi. O’z hayoti xavfsizligining ertasini o'ylamaydigan, hozirgi zamonamizdan juda ko'p yillar ilgari xavfli sharoitlarda tavakkaliga sayohatga chiqgan jasur kishilar (Skott, Magellan, Maklay, Livingston, Dikson, Nikitin, Bering, Dejnyov, Perjevalskiy, Polo, Batuta, Lazerev, Kruznshtem, Kolumb, Vamberi va boshqalar) buyuk geografik tadqiqotchi sayyohlar bo‘iishgan, lekin vaqt o‘tishi bilan inson- ning yashashga bo‘lgan hissiyotlari ham o‘zgardi. Bunday hissiyotlar zamirida albatta qo‘rqish hissi hukmron, ildcilanish hissi kuchhroq bo’lganligi hisoblanadi. Bir mamlakatdan o‘zga mamlakatlarga sayohat qilmoqchi bo‘lgan turist albatta, bu mamlakatdagi siyosiy-ijtimoiy vaziyat bilan qiziqadi, axborotlami to‘playdi va ko‘nglida xavotir yo‘qligidan aniq bir qarorga keladi. Turizmning xalqaro miqyosda rivojlanib borayotganligining sabablaridan biri, xalqaro nizolarning pasayishi, qurollanishningsusayganligi natijasida jahon xalqlarining biri-biriga qiziqishi, ko‘rishishga, muloqot qilishga, xalqlaming tarixiy-ma’naviy madaniya-tiga, xalqlar yashayotgan davlatlar tabiatiga qiziqishi, intilishi hisoblanadi. Turizmdagi xalqaro huquq-me’yorlami qabul qilgan mamlakatiarda turistlar ana shu huquq-me'yorlarga ishonib, suyanib, erkin harakat qilishadi. Shu bilan birga, turizm rivojlanishida turistik oqimlarning muayyan davlatda yoki davlatlarda ko‘payishi turizmdagi xalqaro tashkilotlaming faoliyatiga ham bog‘liq bo'ladi. Har bir davlatda, shuningdek, xalqaro miqyosda turizmni tashkil etishning eng muhim elementlaridan biri - turistiaming sog‘lig‘i va hayoti xavfsizligining ta’min- lanishi hisoblanadi. Turistiaming hayoti xavfsizligi va buyumlarining saqlanish kafolati xalqaro miqyosda va davlatlar hududlarida harakatlanish xavfsizligidagi juda ko‘p majmuali tadbirlaming qonun himoyasida ta’minlanishni talab qiladi. Turizmning xalqaro xavfsizligidagi xalqaro tajribalami Butunjahon turistik tash- kiloti (BTT) tadqsq qiladi va tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan tavsi- yalami xalqaro turizm to‘g‘risidagi qonun va huquqiy-me’yoriy hujjatlar qabul qilgan davlatlarga ko'rsatma – yo’llanma sifatida taqdim qilib kelmoqda. Sayohatlaming xavfsizligini ta’minlash haqidagi turizm Xartiyasi 1985-yil BTT dagi Bosh Assambleyaning VI - sessiyasida qabul qilingan edi. Xartiya tarkibi 9 ta modda va turist kodeksidan iborat. Xartiyaning 4-moddasida turistiaming sog‘ligi va hayoti xavfsizligini ta’minlashda, uiaming buyumlarini saqianishi, har bir davlat hududlarida erkin harakat qilishida quyidagi talablar bajarilishi dunyodagi barcha davlatlarga tavsiya qilingan; turistlarga imkoniyatlaming yaratilishi, o‘z davlatida va chet ellik turistlar uchun sayohatlar davrida BMT, BTT, Xalqaro fuqarolar aviatsiyasi tashkiloti, Xalqaro dengiz tashkiloti, Xalqaro bojxona hamkorligi Kengashi va boshqa xalqaro tashkilotlaming turizm to‘g‘risidagi, xalqaro turizm to‘g‘risidagi «Holatlar», «Dasturlar», «Huquq-me’yorlar» bilan tanishish, ulami o‘rganish, foydalanish sharoitlarini yaratishlari; turistlarning bilimi va madaniyati o'sishiga hamkorlik qilishi va yetib kelgan davlatlaming mahalliy aholisi bilan bo’lgan muloqotlarda, aloqalarda o‘zaro tushunish, o'zaro do‘stona muhitlarining yaratilishi;
• turistlami hurmat qilish, qadr-qimmatini, huquqini va xavfsiziigini himoya qilish turizm rivojianishining ajralmas qismidir. • turistlami himoya qilish, hayoti xavfsiziigini ta’minlashdagi huquqiy me’yorlami ishlab chiqish, xavfga qarshi chora-tadbirlar tizimini yaratishda har bir davlatlar- ning BTT bilan o‘zaro hamkorlik qilishini ta’minlash. Gaaga deklaratsiyasida qabul qilingan yana bir muhim hujjat shundan iborat bo’ldiki, terrorizm turizm va turistik harakatlanishning rivojiga real xavf, deb tan olindi. Jahondagi davlatlarning terroristiarga har xil siyosiy sabablami ro‘kach qilib, boshpana berish holiari jahon miqyosida qoralanishi e’tirof etildi. Xalqaro turizm xavfsizligi va turistlaming hayoti xavfsizligini ta’minlashda BTT ning 2001-yil 30-sentabr - 1-oktabrda Yaponiyada (Osaka deklaratsiyasi) o‘tkazilgan konferensiyasi, MDH davlatlarining «Turizm sohasida hamkorlik» - Ashxobod 23-dekabr 1993-yil, 29-oktabr 1994-yil, 4-noyabr 1994-yil Osaka deklaratsiyasi, «Turistik faoliyatni tashkil qilish Yevropa Kengashi», 2-noyabr I981-yil Nepaldagi «Xalqaro mehmonxona qoidalari assotsiatsiyasi» muhim qarorlar qabul qildi, tavsiyalar ishlab chiqib, dunyo mamlakatlariga tarqatdi. Turizm mamlakatlarining 21% ida maxsus turizm politsiyasi tashkil qilingan bo‘lib, bu politsiya faqat turizm faoliyati bilan shug‘ullanadi. Turizm politsiyasi zimmasiga turistlami, turizm resurslarini va atrof-muhitni muhofaza qilish, giyohvandlikka qarshi kurashish, mahalliy etnik guruhlami himoya qilish vazifalari ham yuklatilgan. Xalqaro turizm amaliyotidan ma’lum bo‘ladiki, ko‘pgina davlatlarning turizm boshqaruvi turistlaming dunyo davlatlariga, mintaqalariga borishi yoki bormasliklari, xavfsizlikning holati, darajalari, ushbu davlatlarda turizm siyosati va himoya haqida aniq tavsiyalar ishlab chiqadi va o‘z ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda tavsiyalar berib boradi. 3. O’zbekiston Respsiblikasi qonun va qarorlarida turistlar hayoti xavfsizligini ta’minlash Turizm sohasida ta’lim olayotgan barcha talabalar va mutaxassislar O’zbekiston Respublikasining «Turizm to‘g‘risida» gi Qonun moddalarini yaxshi o’zlashtirishi va mukammal bilishi o‘rinli bo’ladi. Ushbu qonunning 18-moddasi: «Turistiarnmg xavfsizligi kafolati» O’zbekiston Respublikasi hududida turistlarning xavfsizligi davlat tomonidan kafolatlanadi. Turizm sohasidagi vakolatli davlat organi manfaatdor vazirlikiar va idoralar bilan birgalikda turistlarning himoya qilinishini hamda xavfsizligini ta’minlash dasturini ishlab chiqadi va uning bajarilishini tashkil etadi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari turizm sohasida barcha turistik yo‘nalishlar bo‘yicha turistlarning himoya qilinishini va xavfsizligini ta’minlash mintaqaviy dasturlarini ishlab chiqadilar va ularning bajarilishini tashkil etadilar. Turistik faoliyat subyektlari turistlarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ular jarohatlanganda, kasallanganda va boshqa hollarda tibbiy va o‘zga xil yordam ko'rsatish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqadilar. 19-moddasi: Turistlarning xavfsizligini ta’minlash choratadbirlari. Turistik faoliyat subyektlari turistlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida: • turistlarning safarda xavf - xatardan xoli bo’lishlari uchun shart-sharoitni, safar, sayr, ekskursiya yo’llari, musobaqalar o‘tkaziladigan joylaming xavfsizligini ta’minlashlari; • turistlarga jarohatlanish va baxtsiz hodisalardan saqlanish hamda ulaming oldini olish usullarini o'rgatishlari, birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish yuzasidan yo‘l- yo‘riq berishlari, shuningdek, belgilangan yo‘nalishning xususiyati va turistlarning xatti-harakatiga bog'liq holda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf manbalari haqida ulaming o‘zini xabardor qilishlari; • turistlarning sayohatlar, safarlar, musobaqalar, boshqa turistik tadbirlarga tayyor- garligi ustidan nazoratni amalga oshirishlari; • falokatga uchragan turistlarga tezkor yordam ko‘rsatishlari; • avtomobil, tog‘-chang‘i, velosiped, suv, mototsikl, piyoda safar, g‘or turizmi va turizmning boshqa maxsus turlarini tashkil etish va o‘tkazishda xavfsizlikning alohida talablarini ishlab chiqishlari va amalga oshirishlari shart. 20-moddasi: «Turistlami sug’urta qilish». Turistlami sug‘urta qilish majburiydir va u turistik faoliyat subyektlari tomonidan sug‘urta faoliyati olib borish huquqiga ega bo‘lgan tegishli sug‘urta tashkiiotlari bilan tuziiadigan bitimlar asosida amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Turizm tashkilot- lari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida» gi Qaroriga1 muvofiq, quyidagi moddalar turistiaming hayoti xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan: xavf-xatar manbalari bo‘lgan hududlarga chet ellik sayyohlarni olib chiqish- laridan oldin, O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli boshqarmalaridan baxtsiz hodisalar yoki xavf-xatarlar kelib chiqishi mumkin bo‘lishi yoki bo‘lmasligi yuzasidan tegishli ma’lumotlar olish; ruxsat etilgan xavfsiz yo‘nalishlar bo‘yicha O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli hududiy boshqarmasi bilan kelishilgan holda belgilangan xavfsiz yo‘nalish bo‘yicha sayohat qilishni ta’minlash; belgilangan yo‘nalishning xususiyati va turistlaming xatti-harakatiga bog‘liq holda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatar manbalari haqida ulaming o‘zini xabardor qilish va xavfsizligini ta’minlash; qabul qiluvchi turistik tashkilot chet el turistlari bilan xavfsizlik choralariga rioya etishlari, O’zbekiston Respublikasida bo‘lish tartibi, ekologik xavfsizlik talablari, milliy urf-odatlarga hamda sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilishlari to‘g‘risida tegishli tushuntirish ishlarini o‘tkazadi. Ekologik turizm marshrutlarini ishlab chiqish mavzusida – «Ekologik turizm marshrutlarida turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlash» yuzasidan marshrut rahbari amalga oshiriladigan ishlar ro‘yxati keltiriladi. Turistik marshrutlarning barchasida turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari ishlab chiqilishi va marshrutni o‘tkazadigan turistik tashkilot rahbarining imzosi va gerbli muhri bilan rasmiylashtirilishi lozim. Xorijiy mamlakatga birinchi marta turist sifatida tashrif buyurmoqchi bo‘lgan shaxslar, odatda, faqat chegaraga oid va bojxona rasmiyatchiliklari mavjud deb o‘ylashadi. Biroq turist o‘z davlatiga olib kirishi mumkin bo‘lgan bir talay hayot uchun o‘ta xavfli kasalliklar mavjud, tropik mamlakatlarga kirishni tartibga solib turadigan sanitar - epidemiologik qoidalar ham juda muhim ekanligiga e’ti- rozlar bo’lmasa kerak. Tibbiy sanitar qoidalarini bilish va ularga qat’iy amal qilish turistni sayohat chog‘idagi ko‘plab ko'ngilsizliklardan saqlaydi. Chegaradan hayvonot va o‘simliklar namunalarini o‘tkazishning qat’iy belgilangan tartibi ham, xorijga safar chog’ida sug‘urta qilish masalasi ham turist uchun muhim ahamiyatga egadir. Bundan tashqari, bir qator boshqa, qonunchilik tomonidan davlat manfaatlari va jamoat xavfsizligi hamda sayohat qilayotgan shaxslar va atrofmuhit muhofazasi nazarda tutilgan xalqaro turizmning keng ommaga deyarli noma’Ium shartlari va qoidalari ham mavjud. 4. Sayohat davomida turistlarning hayotiga ta’sir etuvchi omillar Atrof-muhit ta ’siri Atmosfera bosimining tushishi, yog‘ingarchilik, havo namligi, havo harora- tining yuqoriligi yoki pastligi atrof-muhit ta ’siri omillari hisoblanadi. Tumi tashkil qilishda qulay faslni tanlash, turistik tadbirlarni amalga oshirish uchun qulay kunlami, turistik yo‘nalish uchun trassani maqsadga muvofiq holda tanlash, ob-havo va shart-sharoitlarini hisobga olish, yog‘ingarchilikdan bekinish uchun joy bo‘lishi kerak. Binolarni konditsioner, avtomatik nazorat va signalizat- siya bilan ta ’minlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatar va qutqarish chora- tadbirlari haqida turistlarni vaqti-vaqti bilan ogohlantirish lozim. Turistga berilgan ta ’rifdan ma’lumki, u boshqa bir joyga yoki mamlakatga sayohat qiladi. Ayniqsa, eng xatarli omillar turistning boshqa iqlim mintaqasiga, ya’ni odatdagi yashash sharoitidan farqli o‘laroq boshqa joyga borishidan yuzaga keladi. Turistik sayohat qisqa bo’lganligi sababli, hamma vaqt ham turistning organizmi borgan yerdagi ob-havo sharoitlariga o’rgana olmaydi. Mahalliy vaqtning to‘g‘ri kelmasligi sababli turist yaxshi uxlay olmaydi va o’zini yomon his qiladi, ekskursiyalarda ma’lumotlarni yaxshi esda olib qola olmaydi va unga qizil ko‘zlar degan ta’rif ham beriladi. Ob-havosi issiq bo‘lgan joyga borganda organizmga issiq havo ta’sir qiladi. Masalan, agar Isroilda yozda ma’lum bir miqdorda suv ichilmasa (kuniga 5 litrgacha), unda organizm suvsiz- lanadi va og‘ir oqibatlarga olib keladi. Shuning uchun tu r yaxshilab ishlab chiqilishi va turistning jismoniy holatini hisobga olishi, turistni ortiqcha zo‘riqtirmaslik va unga joy sharoitlariga mosla- shish uchun ma’lum bir vaqt (va albatta dam) ham berish kerak. Jismoniy toliqish, asabiy va ruhiy omillar Turist 1000 AQSH dollariga yo’llanma sotib olib, sarflagan puliga yarasha dam olishni xohlaydi. Lekin, kundalik hayotda es-hushi joyida bo’lgan odamlar kuniga besh marta dengizda cho‘milmaydi, sakramaydi va uncha ko‘p yugurmaydi, issiqda ko‘p soatli ekskursiyalarga har kuni boravermaydi, ertalabgacha ashula aytib, raqsga tushmaydi, har xil va o ‘rganilmagan ovqatlar iste’mol qilmaydi. Ba’zan turizmda organizm zo‘riqadi, masalan, ko‘p ekskursiyalar, toqqa chiqish, dengiz va uzoq muddatli avtobus ekskursiyalari. Bular jismoniy jihatdan baquvvat odamlarga mo‘ljallangan, ya’ni qisqa muddatli zo‘riqishlarni ko‘tara oladigan odamlarga. Qarib qolgan kishilar, yosh bolalar, sog‘lig‘i yomon bo’lgan , surunkali kasali bor odamlar, shuningdek balanddan qo‘rqadigan va dengiz chayqalishini ko‘tara olmaydiganlar shifokor bilan maslahatlashishi va ehtimol bu turdagi safar va turlarga borishdan bosh tortishi kerak bo‘ladi. Ayrim turlarga turistlami qabul qilishda turistlardan sog‘lomligi haqida ma’lumotnoma talab qilinishi kerak. Yo‘nalishni tashkil qilishda odamlaming ma’lumot qabul qilish qobiliyatini hisobga olish kerak, dam olish uchun ularga bo‘sh vaqt berish va mustaqil o ‘zlari turistik resurslar bilan tanishishlarini ta ’minlash kerak. Ishni, turistlami joyga yetkazish jadvalini va tadbirlarning ketma -ketligini har bir soniyagacha yaxshilab rejalashtirish kerak. Turistlaming bir me’yordagi hayot tarzini ta ’minlash uchun zarur va yetarli vaqt oraliqlarini obdon hisobga olish kerak (masalan, uyqu, ovqatlanish, gigiyenik, maishiy va sanitar ehtiyojlar). Ekskursiya ishining to ‘g‘riligini belgilashda turist- larning intellektual qobiliyatini, turistlar guruhining psixofizik tayyorgarligini, hamda ulaming an’analarini, urf-odatlarini, dinini hisobga olish ham muhim o‘rin tutadi. Biologik omillar Yuqumli kasalliklar va ovqatdan zaharlanish — juda xavfli hisoblanadi. Tropik iqlim mintaqasida joylashgan mamlakatlarda tarqalgan yuqumli kasallik- larga qarshi boshqa iqlim mintaqasidan kelgan turistlaming bu yerda tarqalgan xavfli yuqumli kasalliklarga qarshi immuniteti yetarli bo’lmaydi. Sariq kasal, bez- gak, tifva boshqa kasalliklarni yuqtirib olish xavfi vujudga keladi. Buning oldini olish uchun har xil profilaktik tadbirlar o‘tkaziladi, turistlarni emlash va maxsus shifokor ruxsatnomasini olishi zarur bo’ladi. Bunday ruxsatnomasiz mamlakatga kiritilmaydi (ba’zi hollarda ularga aviachipta ham sotilmaydi). Bunday talablar ko‘proq Afrika, Janubiy Amerika va Janubiy Osiyo mamlakatlariga borilganda juda muhim hisoblanadi. Shuni ta ’kidlab o ‘tish Iozimki, yuqumli hududlar xarita- sida, sariq kasalligini yuqtirib olish xavfi bor davlatlar jumlasiga Gretsiya kiritil- gan, xolera kasalligi bor hududlarga Povolje va Odessa hududi kiritilgan. Turist- larga umumiy ovqatlanish muassasalaridan tashqaridagi oziq-ovqat, mahalliy savdo shoxobchalaridan sotib olingan, ishlov berilmagan, xom mahsulotlarni va ayniqsa ko‘chada sotiladigan oziq-ovqat mahsulotlarini yeyish tavsiya etilmaydi. Ovqatdan zaharlanish oqibati — odatda juda ham og‘ir bo‘ladi. Hasharotlaming, xatarli hayvonlaming chaqishi — xavfni yuzaga keltiradi. Bu xavf aholi yashash joyidan tashqariga — changalzorlar, o‘rmonlarga uyushtirilgan ekskursiyalarga borilganda yanada yomon oqibatlarga olib keladi. Ob-havosi issiq mamlakatlarda suv havzalarida cho‘milish mumkin emas, plyajda xatarli infeksiyani yuqtirib olish mumkin. Shaxsiy xavfsizlik va xavfsizlik buyumlari Turistlarga o‘g‘rilarning tajovuz qilish hollari tez-tez uchrab turadi. Ular firibgar- larning, ko‘cha va cho‘ntak o ‘g‘rilarining diqqat markazida bo’lishadi. Shuning- dek, turistlar terroristlar uchun qulay hujum qilish obyektlari hisoblanadilar. Rio-de-Janeyro (Braziliya)da politsiya vakillari turistlarga ularning vazifalari ro‘yxatini taqdim etadi. Bu ro‘yxatda: turistlarga yolg‘iz sayr etish, qo‘riqlanayot- gan plyaj va hududlardan ikki kvartal uzoqqa ketish, taqinchoqlar taqish (uzuklar, ziraklar, zanjirlar), ko‘p pul olib yurish, pulni mehmonxona xonasida qoldirish, sumkalarni yerga qo‘yish, fotoapparat va videokameralarni stolga qo‘yish tavsiya etilmaydi. 1998-yili rus turistlaridan eng zamonaviy shovqinli plyajda o‘g‘rilar 400 AQSH dollarini olib qo‘yishgan. Boshqa bir holatni oladigan bo‘lsak, mehmon- xonaga kirayotgan turistning qo'lidan videokamerasini bir o‘g‘ri olib qo‘yadi, turist qarshilik ko‘rsatganida, uni pistolotda otib qo‘yadi va ko‘zdan g‘oyib bo’ladi. Ispaniyada turistlar mavsumi kelganda, o‘g‘rilar turistlami talashadi. Turistlar O’rta Yer dengizi atrofida joylashgan kurortlaiga borishganda, ular kredit karta yoki yo‘l chiptalaridan foydalanishmaydi, balki o‘zlari bilan katta miqdorda naqd pul olib borishadi. Shuning uchun ham bu yerda mehmonxonalami tunash keng yoyilgan. Rossiyada ham bunday ishlar bo’lib turadi. Hatto shaharlarning markazlarida ham turistlar to‘la xavfsizlikda bo‘lmaydi. Butunjahon yo‘l ko‘rsatgichi (WORD TRAVEL GUIDE 96-97 COLUMBUS PRESS LONDON nashriyoti)da quyidagicha yozilgan: Moskva va Sankt- Peterburgning markaziy ko‘chalarida yosh o‘smirlar guruhi turistlaming pulini va fotoapparitini olib qo‘yishadi, poyezdlarda yukni o‘rindiq tagiga yashirish tavsiya etiladi, aks holda ular yuklarini o‘g‘irlatib qo‘yishlari mumkin. 1998-yil Sankt- Peterburg — Tallin yo‘nalishidagi poyezdda kechqurun yopilgan kupeda yuqori sifatli fmcha diplomat o‘g‘irlanadi. Chexiya rus turistlarining talanishi haqida ommaviy axborot vositasidan foydalanadi. Terroristlar o‘z!arining harakatlari uchun turistlar guruhini, alohida turistlami va transport vositalari (samolyot, avtobus)ni tanlashadi. Rossiyada 1996-yili koreys turistlaridan iborat avtobus Moskva Kreml devori yonida terroristlar tomonidan qo’lga olinadi va butun dunyo 9 soat davomida garovga olinganlarni qutqarish uchun qilingan mardlarcha hara- katlar haqida reportajlami televizorda kuzatishgan. Yaxshiyamki, hamma garovga olinganlar qutqariladi. Har bir turistga qo‘riqchi yollab bo’lmaydi, lekin xavf haqida ogohlantirish, jamoat joylarida o ‘zini tutish qoidalari, transport vositalarida pasport, pullar va qimmatli narsalarni saqlash qoidalari, xatar yuz bergan hollarda qilinadigan sug‘urta xizmatlarining mavjudligi ko‘pgina ko‘ngilbuzarliklarning oldini oladi. Download 209.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling