Mavzu: Turistlar xavfsizligini ta’minlashning xususiyatlari. Reja
Xatarli nurianish va kimyoviy omillar
Download 209.5 Kb.
|
AMAKINIKI KURS ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yong‘in xavfi
- TRANSPORT VA TURIZM OBYEKTLARIDA XAVFSIZLIKNI TA’MINLASHGA OID QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
- O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
- II. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari
- III. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va O’zbekiston Respublikasi vazirliklarining huquqiy-me’yoriy hujjatlari
- IV. Internet saytlari
Xatarli nurianish va kimyoviy omillar Ultrabinafsha nurlanishi, radioaktivlik darajasining yuqori bo‘lishi - juda ham ko‘p uchraydigan omillar hisoblanadi. Ultrabinafsha nurlanish xavfi bor hollarda (quyoshdan kuyish, issiq urishi) turistlarni ogohlantirish kerak hamda ularga xatarli hududga borishganda shaxsiy himoya vositalari (quyosh nuriga qarshi ko’z oynak- lar, himoyalovchi krem, maz va kiyimlar)ni ishlatish tavsiya etiladi. Bu tog‘larga uyushtirilgan safarlarda, tog‘-chang‘i va suv sayohatida ham keng tarqalgan. Radiatsiya darajasi yuqori bo’lgan hududlarga turistik yo'nalishlarni uyush- tirish mumkin emas. Yaponiyalik ko‘pgina turistlar doimo o ‘zlari bilan radiatsiya darajasini ko‘rsatuvchi maxsus datchiklar olib yurishadi va radiatsiya darajasini yuqoriligini sezishsa, turistik yo‘nalishlami to‘xtatishlari ham mumkin. Joylarning inson organizmiga ta ’sir qiluvchi kimyoviy omillari ham b o ‘ladi (masalan, zahar- lovchi, og‘riq paydo qiluvchi). Yo‘nalishni tashkil qilish vaqtida bunday omillar bor yo‘qligini tekshirish kerak. Suv tarkibida, ayniqsa, ichimlik suvi tarkibida, havo, tuproq, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi zararli moddalar ustidan nazorat o ‘matish kerak. Shuningdek, kimyoviy ta ’siri past bo‘lgan yo‘nalish trassalarini, yo‘lda dam olish joylarini, uxlash uchun joylami, ovqatlanish uchun va dam olish joylarini tanlash maqsadga muvofiqdir. Joylarda dezinfeksiya ishlarini qo’llash kerak. Yong‘in xavfi Qurilish me’yorlari va qoidalariga doimo rioya qilish kerak. Shuningdek, turistlaming himoyasi uchun obyekt va muassasalarda yong‘in xavfining oldini oladigan qo‘llanmalarga ham e’tibor berilsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Tashish bosqichidagi xavf va xatarlar sayohatda turistlarni tashish juda ham xatarli bo’lgan bosqich hisoblanadi, chunki transport vositalari juda katta xatar manbalaridir. Tashish turlarining hammasida xavfsizlik eng asosiy masala bo’lishiga qaramas- dan, noxush hodisalarning ko‘pi tashish bosqichida sodir bo‘ladi. Avtobuslaming avariyaga uchrashi, temiryo‘1 poyezdlarini (eng zamonaviy liniyalar ham) relslar- dan chiqib ketishi ( 1998-yili Germaniyada yuqori tezlik bilan harakat qiladigan poyezd relsdan chiqib ketgan va bu og‘ir oqibatlarga olib kelgan. 2006-yilning avgust oyida Misrda bir-biriga qarama-qarshi yo‘lga chiqqan poyezdlarning to‘q- nash kelishi natijasida yuzlab odamlar vafot etdi va jarohatlandi), dengiz kemalarining ch o ‘kishi, hamma markadagi samolyotlarning yerga yoki dengizga qulashi mumkin. Texnik yoki tabiiy nosozliklar falokatlarni keltirib chiqaradi, lekin bunday hollar terroristlaming ishi deb belgilanmaydi. Har hafta butun jahon juda ham ayanchli hodisalar bilan birga o ‘n va o ‘ndan ortiq odamlar o‘limi bilan tugayotgan falokatlarni eshitib larzaga keladi. Lekin, bunday hodisalar tashish hajmining kam foizini tashkil etadi. Agar bunday bo‘lmaganda hech kim biror-bir yerga bormasdi, xavfdan qo‘rqib uyda o ‘tirar edi. Bundan tashqari, har b ir turist sayohatga otlanayotganda, albatta, u bilan hech narsa sodir bo‘lmaydi, — deb hisoblaydi. Har bir transport turida yo‘lovchilarni tashish qoidalari mavjud va shu bilan birga yo’lovchi va ularning yuklarini sug‘urtalovchi institutlar tashkil etilgan. Havo va dengiz, avtomobil va temir yo‘llarida tashish haqida Butunjahon Konvensiyasi qabul qilingan. Bunda xavfsizlik qoidalari asosiy o‘rinni egallaydi. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI TRANSPORT VA TURIZM OBYEKTLARIDA XAVFSIZLIKNI TA’MINLASHGA OID QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport va turizm obyektlarida jamoat xavfsizligini ta’minlashning samarali tizimini joriy etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 6-martdagi PQ-4229-son qaroriga muvofiq, shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda transport va turizm obyektlari hamda ularga tutash hududlarda jamoat xavfsizligini ta’minlashning markazlashgan muvofiqlashtirilgan boshqaruvini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda Bosh boshqarma deb ataladi) tuzilmasida Situatsion-tahliliy markaz (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etilsin. 2. Quyidagilar Markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin: transport va turizm obyektlari hamda ularga tutash hududlardagi holat va vaziyatni monitoring qilish, kelib tushgan ma’lumotlar tahlili asosida vaziyatning kelgusi rivojlanishini prognoz qilish; transport va turizm obyektlari hamda ularga tutash hududlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, tizimlashtirish, jamlash va tahlil qilish; transport va turizm obyektlari hamda ularga tutash hududlarda huquqbu- zarlik holatlari, tabiiy va texnogen tusdagi hodisalarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan tezkor va samarali choralar ko‘rish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish; transport va turizm obyektlari hamda ularga tutash hududlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflar to‘g‘risida Bosh boshqarma Navbatchilik qismini tezkor ma’lumotlar bilan ta’minlash. 3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi tuzilmasida Situatsion-tahliliy markazni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi: a) 1 oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi Situatsion-tahliliy markazining nizomini tasdiqlasin; b) 2021-yil 1-yanvarga qadar: transport obyektlarida xavfsizlikni ta’minlovchi profilaktika inspektorlari va patrul-post xizmati xodimlarini mobil videoregistrator (bodikamera)lar bilan ta’minlasin; transport obyektlarida xavfsizlikni ta’minlovchi profilaktika inspektorlarini qidiruvdagi shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan dasturiy ta’minotga ega planshetlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin; 5. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyala- rini rivojlantirish vazirligi Markazni transport va turizm obyektlari hamda ularga tutash hududlarda jamoat xavfsizligini ta’minlashning markazlashgan boshqaruvini amalga oshirish uchun zarur yuqori tezlikdagi aloqa transport kanallari bilan belgilangan tartibda ta’minlasin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV Toshkent sh., 2019-yil 17-dekabr, 1010-son Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-dekabrdagi 1010-son qaroriga ILOVA FOYDALANILGAN AJDABIYOTLAR RO‘YXATI I. O’zbekiston Respublikasi qonunlari 1.1. 0 ‘zbekiston Respublikasining «Turizm to‘g‘risida»gi Qonuni. -T., 1999-yil 20 avgust. II. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari 2.1. «O’zbekistonda turizmi sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash to‘g‘risida» gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30 – iyundagi PF-2332-sonli Farmoni. 2.3. «O’zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-dekabrdagi PF-4861-sonli Farmoni. 2.4. «O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni. 2.5. “Turizm sohasini rivojlantirishda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organ- larining mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-iyuldagi PQ-3129 sonli Qarori. III. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va O’zbekiston Respublikasi vazirliklarining huquqiy-me’yoriy hujjatlari 3.1. «O’zbekiston Respublikasida turizmni rivojlantirishning ayrim masalalari to‘g‘risida» O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil l6-martdagi 53-sonli Qarori. 3.2. «O’zbekiston Respublikasida xalqaro turizmning zamonaviy infrastrukturasini barpo etish chora-tadbirlari to’g’risida» gi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-iyundagi 210-sonli Qarori. 3.3. «O’zbekistonda turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillash- tirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkama- sining 2017-yil 2-iyuldagi 324-sonli Qarori. IV. Internet saytlari 4.1. www.gdnet.org 4.2. www.stat.uz 4.3. www.lex.uz 4.4. www.uzbektourism.uz 4.5. www.uzreport.uz. 4.6. www.Turkistonpress.uz 4.7. www.russiatourism.ru 4.8. www.fw.unwto.org 4.9. www.wttc.org 4.10. www.unwto.org 4.11. www.gastrotur.ru Download 209.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling