Bob. Davlat boshqaruvini demokratlashtirish tizimida siyosiy partiyalar faoliyatiga umumiy tavsif
Download 122.22 Kb.
|
asi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchidan
- Beshinchidan
- Oltinchidan
Birinchidan, jamiyatimiz hayotida ijtimoiy va siyosiy faollik hamda jamoatchilik nazoratini oshirishga xizmat qilishi;
Ikkinchidan, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy sohalardagi keng ko‘lamli islohotlarning maqsadli vazifalarini bajarishda siyosiy partiyalarning tashabbuskorligi, roli, ta'siri hamda mas'uliyatini kuchaytirish; Uchinchidan, hokimiyatning vakillik va ijro etuvchi organlarini shakllantirishda siyosiy partiyalarning faol ishtirokini ta'minlash; To‘rtinchidan, markazdagi va joylardagi davlat hokimiyat organlarining mamlakat parlamentida o‘z vakillariga ega bo‘lgan siyosiy partiyalar, mahalliy vakillik organlaridagi partiya guruhlari oldida hisob berishini belgilab beradigan va ta'minlaydigan samarali huquqiy mexanizmlardan foydalanish; Beshinchidan, siyosiy partiya fraksiyasi vakilining Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari lavozimlaridan birini egallashda kafolatli huquqqa ega bo‘lishi siyosiy partiyalar fraksiyalarining Oliy Majlis quyi palatasi faoliyatini tashkil etishdagi rolini oshirishda muhim omil bo‘ladi; Oltinchidan, Toshkent shahar va viloyat hokimi nomzodlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tegishlicha Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining har biri bilan hamda mahalliy vakillik organlaridagi partiya guruhlari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish tartibining joriy etilishi Qonunchilik palatasida, Xalq deputatlari viloyatlar 23O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi axborotnomasi. 2015 y., 52-son, 645-modda. Kengashlarida o‘z vakillariga ega bo‘lgan siyosiy partiyalarga, markazda va joylarda ijro organlarini shakllantirish jarayoniga faol ta'sir ko‘rsatish imkoniyatini beradigan huquqiy mexanizmlarni samarali amalga oshirish; yettinchidan, mamlakat Bosh vazirining siyosiy partiyalar fraksiyalarining tashabbusiga binoan, viloyat va Toshkent shahar hokimining esa partiya guruhlari tashabbusi asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimidan ozod qilinishi mumkinligi to‘g‘risidagi qoidalarning belgilanishi hukumat faoliyati ustidan parlament nazoratini hamda xalq deputatlari mahalliy kengashlari deputatlarining viloyat va Toshkent shahar hokimining faoliyati ustidan nazoratini kuchaytirishga olib keladi24. Xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlari faoliyatini avvalo siyosiy partiya doirasida keng muhokamadan o‘tkazish hamda ommaviy axborot vositalarida keng ko‘lamda yoritish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2010 yil 12 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» nomli ma'ruzasida ham siyosiy partiyalarning davlat boshqaruvidagi rolini oshirishga qaratilgan qator takliflar ilgari surildi. Ushbu takliflar asosida 2011 yil 18 apreldagi qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga kiritilgan o‘zgartishlar alohida ahamiyat kasb etadi. Undan ko‘zlangan asosiy maqsad Bosh vazir lavozimiga nomzod ko‘rsatish va uni tasdiqlashning yanada demokratik prinsiplarining yangi tartibini o‘rnatishni ko‘zlaydi. Unga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovlarda eng ko‘p deputatlik o‘rnini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiyalar tomonidan taklif etiladi”. Ushbu 24 I. Bekov, K. Xamidova: O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, “Saylov va siyosiy partiyalar” Toshkent – 2014 norma siyosiy partiyalarning davlat boshqaruvidagi rolini oshirishga qaratilgan islohotlarning navbatdagi bosqichi va mantiqiy davomidir. Agarda hozirga qadar, amaldagi qonunchilikka ko‘ra siyosiy partiyalarning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyalari Bosh vazir nomzodini tanlashda maslahatlashuv instituti orqali ishtirok etgan bo‘lsa, Prezidentimiz tomonidan qonunchilik tashabbusi orqali bildirgan taklifi asosida saylov natijalariga ko‘ra, eng ko‘p deputatlik o‘rniga ega bo‘lgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi o‘rinlarga ega bo‘lgan bir necha siyosiy partiyalarga Bosh Vazir nomzodini taklif etish huquqi berildi. Ushbu tartib, ko‘pchilik GFR, Italiya, Vengriya, Chexiya, Latviya, Estoniya, Shvetsiya, Daniya, Yaponiya kabi bir qator xorijiy mamlakatlarda keng qo‘llaniladigan taomillarga to‘liq mos keladi. Bunda hukumatning saylov natijalari bo‘yicha g‘olib chiqqan partiya yoki partiyalar koalitsiyasi vakillaridan iborat tarkibda shakllanishining asosiy shartlaridan biri parlament ishonchini qo‘lga kiritishi sanaladi va unga bildirilgan ishonchsizlik votumi hukumatni iste'foga chiqishiga yoki parlamentni tarqatib yuborishga olib keladi25. Download 122.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling