Bob. Davlat boshqaruvini demokratlashtirish tizimida siyosiy partiyalar faoliyatiga umumiy tavsif


Download 122.22 Kb.
bet8/14
Sana16.06.2023
Hajmi122.22 Kb.
#1503706
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
asi

birinchi yo‘nalish, konstitutsiyalarda siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi so‘z bormaydi,
ikkinchi yo‘nalish, Konstitutsiyalarda to‘la yoki qisman siyosiy partiyalarning roli va siyosiy partiyalarning ayrim tamoyillari haqida qoidalar mavjud;
uchinchi yo‘nalish, Konstitutsiyalarda yagona, boshqaruvchi va rahbariy partiyalarning mavjud bo‘lishini nazarda tutadi va boshqa partiyalarning faoliyati taqiqlanadi;
to‘rtinchi yo‘nalish, barcha partiyalar ta’qiqlanadi va shu sabali siyosiy partiyalar to‘g‘risida so‘z bormaydi;
beshinchi yo‘nalish, aniq ko‘rsatilgan partiyalarga yoki muayyan sohadagi partiyalarga ruxsat beriladi va boshqa partiyalar ta’qiqlanadi.
Mamlakatimiz Konstitutsiyasida siyosiy partiyalarga doir qoidalarning sezilarli darajada mavjudligi Konstitutsiyamizni ikkinchi guruhga taalluqli ekanligini ko‘rsatadi va Konstitutsiya belgilab bergan ustuvor yo‘nalishlar asosida siyosiy partiyalar faoliyatini aniq yo‘nalishlarini tartibga solishga maqsadida qator qonunlar qabul qilindi.
«O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinishi mamlakatimizda siyosiy partiyalar faoliyati yo‘lga qo‘yilishida muhim huquqiy asos bo‘ldi. 1996 yil 12 dekabrda bevosita siyosiy partiya tushunchasi, faoliyatining huquqiy asoslari, faoliyat ko‘rsatish prinsiplari, huquqlari va ular faoliyatiga tegishli boshqa me’yorlarni belgilagan «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi, shuningdek, 2004 yil 30 aprelda siyosiy partiyalarni moliyalashtirish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi «Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi.
Ushbu 1996 yil 26 dekabrda qabul qilingan “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi Qonun O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik rivojlanishining yangi bosqichini boshlab berdi va shu bilan birgalikda ushbu qonun avvalgi qonunchilik bilan hal etilmagan bir qator quyidagi masalalarni ham hal etib berdi: partiyalar faoliyatiga demokratik tamoyillarni tadbiq etish va avtoritar, millatchilik (shovinistik) tipidagi partiyalarni tuzish imkonini istisno qilish; joylarda siyosiy partiyalarni faolligini oshirishni rag‘batlantirish, ya'ni ularni fuqarolarga yaqinlashtirish va fuqarolarning o‘z siyosiy qarashlarida ma'lum fikrga kelishlariga yordam berish; partiyalar moliyaviy va iqtisodiy faoliyatining oshkoraligini hamda jamiyatning siyosiy partiyalarni moliyalashtirish manbalari haqida ma'lumotga ega bo‘lishini ta'minlash masalalarini ko’rsatildi.
Endi shu o’rinda ushbu qonunga asosan siyosiy partiyalarning tashkil etish mexanizmi haqida biroz to’xtalsak. Qonunining 6-moddasiga muvofiq siyosiy partiya tuzish uchun kamida sakkizta hududiy subyektda (viloyatda), shu jumladan, Qoraqalpog’iston Respublikasi va Toshkent shahrida yashayotgan hamda partiyaga birlashish istagida bo’lgan kamida yigirma ming fuqaroning imzosi bo’lishi talab
etiladi. Siyosiy partiya tuzish tashabbuskorlari kamida ellik kishidan iborat bo’lishi, ular partiya ta’sis hujjatlarini tayyorlash, a’zolar tarkibini shakllantirish hamda ta’sis syezdi yoki konferensiyasini chaqirish bo’yicha tashkiliy qo’mitani tuzishlari lozim.Tashkiliy qo’mita o’zi tuzilgan kundan boshlab yeti kunlik muddatdan kechiktirmay O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligiga o’z tashabbusi, qo’mitaning tarkibi, rahbari (yetakchisi), joylashgan manzili hamda ta’sis syezdi yoki konferensiyasi chaqiriladigan sanani yozma ravishda xabar qilishi lozim.Tashkiliy qo’mita tuzilgan kundan boshlab uzog’i bilan uch oy faoliyat ko’rsatish huquqiga egadir.Siyosiy partiya ta’sis syezdida yoki konferensiyasida tuziladi. Ta’sis syezdi yoki konferensiyasi partiya Ustavi va dasturini qabul qiladi, uning saylab qo’yiladigan organlarini tuziladi. Siyosiy partiyalar O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro’yhatga olinadi.
rol o‘ynaydi.

  1. Download 122.22 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling