Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/318
Sana23.07.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1661981
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   318
Bog'liq
yulduzli tunlar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
136
— Yo‘q, — dedi. — Hirotda Boyqaroday shohga xufiya bo‘lmagan kishi Shayboniyxonga 
xufiya bo‘lmas. 
— Ammo bu shoir Xo‘ja Yahyoning hovlisida turib, uning tuzini ichgan, keyin Xo‘ja 
Yahyoni noinsoflarcha o‘ldirtirgan Shayboniyxonga mulozim bo‘lgan. Shu yaxshimi? 
— Bu yaxshi bo‘lmasa, yaxshilik qanday bo‘lishini biz ko‘rsatmog‘imiz kerak. Odam 
yuboring, mulla Binoiyni Samarqandga beshikast olib kelsinlar. 
So‘nggi so‘z farmoyish tarzida aytilgani uchun Qosimbek uni bajarishga majbur bo‘lgan 
edi. 
...Bobur pastga tushib, devoniomga to‘rdagi eshikdan kirdi. Ko‘p o‘tmay poygakdagi 
eshikdan Qosimbek Binoiyni boshlab kirdi. 
Binoiyni Bobur bundan ikki-uch yil oldin ham bir ko‘rgan edi. O‘shanda u juda salobatli 
edi. Hozir esa juda ozib, gavdasi allanechuk kichrayib qolgan. To‘ni ham, sallasi ham 
eskirib ketgan. Faqat yirik-yirik ko‘zlari avvalgiday mag‘rur chaqnab turibdi. Bobur unga 
peshvoz chiqib uy o‘rtasida qo‘l berib ko‘rishdi. O‘ng yoniga Qosimbekni, chap yoniga 
Binoiyni o‘tqazib hol-ahvol so‘radi. Shunda Binoiy yodaki bir ruboiy aytib, yegulik g‘allasi 
yo‘qligini, kiyay desa g‘allaning qopi ham topilmasligini aytdi: 
Ne g‘alla marokaz tavonam no‘shid, 
Ne muhmali g‘alla to tavonam po‘shid 
degan satrlardagi nozik so‘z o‘yinini sezib, Bobur beixtiyor jilmaydi. «Muhmal» aslida 
noaniq degan ma’noni bildirardi. Bu so‘z bilan mulla Binoiy o‘z ahvolining noaniqligiga 
ishora qilmoqchi edi. Ayni vaqtda, «muhmali g‘alla» — ya’ni qop kiyadigan darajaga 
yetganini ham aytib, o‘z ahvoliga kinoya qilmoqda edi. «Xon huzurida topgan 
martabamiz shu bo‘ldi!» demoqchi edi. 
Bobur buning hammasini tushungan ma’noda bosh irg‘adi-yu, panjasini peshonasiga 
tirab, bir lahza jim qoldi. Uning avzoyidan she’rga she’r bilan javob bermoqchi ekanligini 
sezgan Qosimbek Binoiyga «Shoshmay turing!» deganday ishora qildi. Nihoyat, Bobur 
qo‘lini peshonasidan oldi-yu, Binoiyga kulimsirab qaradi: 
In’omu vazifa bori buyrulg‘usidir, 
Muhmalga bo‘yu g‘allaga uy to‘lg‘usidir. 
Boburda bunchalik she’riy iste’dod bor deb o‘ylamagan Binoiy bir lahza hayratlanib turdi-
yu, so‘ng tojikcha talaffuz bilan: 
— Yana bir takrorlang, amirzodam, faqir radifini uqib olmoqchiman! — dedi. 
Bobur she’rni ikkinchi aytishda ba’zi joylarini silliqlab, «g‘allaga uy» jumlasini «g‘alladin 
uy to‘lg‘usidir», deb to‘g‘riladi. «Bo‘y» va «uy» degan ichki qofiyalar o‘ziga ham yoqimli 
tuyulib, zavqini keltirdi. 
— Ta’bi nazmingizga tan berdim, amirzodam! — dedi Binoiy. So‘ng u oq oralagan qalin 
soqolining uchlarini tutamlab birpas javob qidirdi. Topdi shekilli, boshini tez ko‘tarib, 
qaddini tikladi: 
Bir muhmal uchun muncha inoyat bo‘ldi, 
Musta’mal agar desam nelar bo‘lg‘usidir! 
Binoiyning turkiy she’rga ham bunchalik ustaligi endi Boburni hayratga soldi. Bu yerda 
«muhmal» so‘zi uchinchi bir ma’noda ishlatilgani — Binoiy avvalgi ruboiysiga kamtarona 
baho berib, uni «muhmal», ya’ni «xom» deb atagani ham ajoyib edi. «Muhmal»ga 
«musta’mal», ya’ni «pishiq», «mukammal» so‘zining ichki qofiya qilingani ham Boburga 
juda yoqdi, u munshiyni chaqirib, mulla Binoiy aytgan ruboiylarni yozib olishni buyurdi. 
Ikki orada bo‘lib o‘tgan mushoiradan Qosimbek ham xiyla ta’sirlangan edi. U o‘sha 
kuniyoq Binoiyni yaxshi bir hovliga joylashtirdi, Boburning buyrug‘i bilan aravada un, 
guruch, bir qo‘y, issiq barra po‘stin berib yubordi. Binoiy podshoh mulozimlari qatorida 
ulufa ola boshladi. 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling