Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin


* * *  Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov  www.ziyouz.com


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/318
Sana23.07.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1661981
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   318
Bog'liq
yulduzli tunlar ziyouz com

* * * 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
135
Bobur hirotlik mashhur shoir Kamoliddin Binoiy bilan bundan uch yil oldin Samarqandga 
birinchi gal kelgan paytlarida tanishgan edi. Binoiyning san’atkor xattotlar tomonidan 
ko‘chirilgan nodir bir qo‘lyozma kitobi bor ekan. Kitob yig‘ishga havasmand Bobur bu 
kitobga juda havasi keldi. Binoiy kitobini unga sovg‘a qilmoqchi bo‘ldi. Bobur Binoiyning 
Samarqandda musofir ekanini, tanqislik tortib qiynalganini bilar edi. Shuning uchun 
Bobur sahhoflarni chaqirib, bu kitobning eng baland narxi qancha bo‘lishini so‘radi. 
Sahhoflar «eng baland bahosi besh ming dirham», deyishdi. Bobur bu pulni Binoiyga 
yuborishga ulgurmay, qattiq betob bo‘lib yotib qolgan edi. 
Keyin u kasallikdan turib, Andijonga jo‘nash uchun yo‘l hozirligini ko‘rayotganda 
«Majmuati Rashidi» deb ataladigan o‘sha kitobni ko‘rdi-yu, Binoiyga hali haqini 
bermagani esiga tushdi. Darhol xazinachini chaqirib, besh ming dirham oltinni sanatdi
so‘ng pulni kitobdorga berib, Binoiyga yubortirdi. 
Bir vaqt kitobdor Binoiyni topolmay qaytib keldi. Musofir shoirning Samarqandda muqim 
turadigan uyi yo‘q, u bugun qayoqqadir mehmonga ketgan edi. Boburning odamlari 
Andijonga tezroq jo‘nash va kuch yig‘ish tashvishi bilan nihoyatda band bo‘lganliklari 
uchun hozir Binoiyni qidirib yurish ularga juda malol keldi. Lekin Bobur: 
— Shu qiyomatlik qarzni uzmaguncha Samarqanddan qo‘zg‘almaymen! — deb turib oldi. 
Shundan keyin savdaru navkarlar shaharning har tarafiga ot choptirishib, nihoyat 
Binoiyni topdilar, unga bo‘lgan voqeani aytib, besh ming dinor pulini topshirdilar. 
Kishi moliga suq podshohlarni ko‘p ko‘rgan Binoiy o‘n olti yoshli Bobur mirzoning 
bunchalik halolligidan juda qattiq ta’sirlandi-yu, unga atab bir she’r yozdi. Bu she’rdan 
bir nusxasini xattotga ko‘chirtirib, Bobur jo‘nayotganda unga esdalik qilib berib yubordi. 
Qirq to‘rt yo‘llik bu she’rda u Boburni ko‘p maqtagan: 
«Shoh sultoni Zahiriddin Bobur, 
Ki jahon shud zi siti adlash pur!» — 
deb, go‘yo jahon Boburning adolat bobidagi shuhratidan nurga to‘lganini aytgan edi. 
Bobur, «Jahon, qayda-yu, mening shuhratim qayda!» deb, bu satrlardagi mubolag‘adan 
kulgan bo‘lsa ham, lekin zamonadan ko‘p jabr ko‘rgan Binoiy uchun shu kichik yaxshilik 
tufayli, ehtimol, butun jahon adolatga to‘lib ko‘ringandir, deb o‘yladi. 
Biroq keyinchalik Samarqandga Shayboniyxon xon bo‘ldi va shahar shoirlarini yig‘ib bir 
mushoira o‘tkazdi. Bu majlisida Binoiy ham qatnashib, she’r o‘qidi. Xon uning she’rini 
yoqtiradi-yu, Binoiyni o‘ziga mulozim qilib oladi va erishgan g‘alabalarining tarixini 
yozishni topshiradi. Binoiy «Shayboniynoma» degan asarini endi yoza boshlagan paytda 
Samarqand yana qaytadan Boburning qo‘liga o‘tadi. Shayboniyxon atrof tumanlar-dan 
ham quvilib, Buxoroga qarab chekingan kunlarda Binoiy uning qarorgohidan qochib
Samarqandga keladi. U Bobur bilan uchrashmoqchi bo‘ladi, lekin Qosimbek uni 
Shayboniyxon tarafdori deb, Boburning huzuriga kiritmay, Shahrisabzga jo‘natib 
yuboradi. Bobur bu hodisadan yaqinda xabar topib, Qosimbekka: 
— Chakki qilibsiz, — dedi. Mulla Binoiy — katta shoir. O‘zi kelgan bo‘lsa ruxsat bermoq 
kerak edi. 
Qosimbek vaj ko‘rsatdi: 
— Katta shoiringiz Shayboniyxonni maqtab she’r yozgan. 
Bobur kuldi: 
— Bizni maqtab she’r yozganini bilmasmisiz? Tojdorlar maqtovni suysalar, shoir ne 
qilsin! 
Qosimbek jiddiy turib e’tiroz qilmoqda edi: 
— Amirzodam, bu odam Shayboniyxonning xufiyasi bo‘lishi mumkin. 
Bobur o‘ylab turib: 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling