Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/318
Sana23.07.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1661981
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   318
Bog'liq
yulduzli tunlar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
170
ukalari bilan birga arkning darvozaxonasiga boradi. Taslim bo‘lganlarini ko‘rsatish uchun 
qilichlarini bo‘yinlariga osib, darvozadan tashqariga shafqat so‘rab chiqadilar. 
Ark darvozasi oldida Shayboniyxonning o‘g‘li Temur Sulton turgan ekan. Navkarlariga: 
«Asir olma, arzimaydi, qir hammasini!» — deb buyruq beradi. Ahmad Tanbalni aka-
ukalariga qo‘shib, qilich bilan chopib, burdalab tashlaydilar. Keyin boshlarini kesib bir 
qopga tiqadilaru Shayboniyxonga ko‘rsatgani olib ketadilar. 
Tohirning hikoyasi shu yerga kelganda Bobur: 
— Yo xudoyo tavba! — deb beixtiyor yoqasini ushladi. 
So‘nggi paytlarda Boburni ezib yurgan javobsiz savollardan biriga hozir go‘yo 
momaqaldiroqday vahimali javob kelgan edi. Xo‘ja Abdulladay mard, fidokor odamni 
qo‘rg‘on darvozasiga osib o‘ldirgan Ahmad Tanbalning o‘zi endi o‘sha qo‘rg‘ondagi ark 
darvozasi oldida itday xor bo‘lib o‘lgan edi! Bobur in’om qilgan qilichni uning boshiga 
razilona urgan Tanbal endi boshqa qilichlar zarbidan burdalangan edi! 
Tog‘dagi chagraklarning boshini vahshiylarcha kesib, xurjunga solib kelgan Tanbalning 
o‘z boshini yanada vahshiyroq bir tarzda kesib, qopga solib ketgan bo‘lsalar, uni, albatta 
xonga eltib ko‘rsatganlar. 
Bobur qopdan Shayboniyxonning oyog‘i tagiga yumalab tushgan tanish kallalarni ko‘z 
oldiga keltirdi. Mahmudxonda eshik og‘a bo‘lib yurgan Tilba Sultonning yo‘g‘on bo‘yinli 
semiz boshini Shayboniyxon tanigan bo‘lsa kerak. Ammo xon Ahmad Tanbalning 
kallasini tanimaydi. Shayboniyxon o‘zini shuncha ovora qilgan Ahmad Tanbalning 
basharasini ko‘rib qo‘ygisi keladi, ammo yuztuban tushgan qonli kallaga qo‘l urgisi 
kelmaydi. Ahmad Tanbalning qonli kallasini oyog‘ining uchi bilan yumalatib o‘nglab, 
siyrak soqoliga, suyagi bo‘rtgan keng yuziga qaraydi. Bobur o‘zicha tasavvur etgan bu 
hodisadan aqli shoshib:
— Obbo! Obbo! — deb bir necha marta takrorlab qo‘ydi. 
Bu hodisalarda qandaydir o‘zgacha bir adolat borligini sezgan Bobur boshqa voqealarni 
aqliga sig‘dirolmay lol bo‘lib qoldi. Shayboniyxon berahmlikda Ahmad Tan-baldan ham 
o‘tib tushgan-ku. Nahotki falak intiqom qilichini shunday shafqatsiz xonning qo‘liga berib 
qo‘ysa? Bir vaqtlar Bobur orzu qilgan, ammo yetisholmagan ulkan maqsadga — 
Movarounnahrdagi parokanda viloyatlarni birlashtirib, yagona kuchli davlat barpo etish 
maqsadiga — endi Shayboniyxon yetishmoqdami? Nahotki buning uchun 
Shayboniyxonday makkor, zolim va shafqatsiz bo‘lish kerak edi? Tohir Andijonda 
xonning buyrug‘i bilan bo‘lgan qirg‘inning tafsilotini aytib berganda Boburning sochlari 
tikka bo‘lib ketdi. Minglarcha ayollar, o‘smirlar, chollar Ahmad Tanbalning odamlari 
qatorida bekordan-bekorga nobud qilingan edi. Nahotki hozirgi zo‘rlar zamonasida 
yengib chiqish uchun Shayboniyxonday zo‘ravonliklar qilish shart bo‘lsa?! 
Bobur ma’rifatli shoh bo‘lishga urinib, she’ru san’atga ko‘p vaqt berib, insofu diyonatni 
o‘ylab, nahotki shu tufayli Shayboniyxonga yutqizgan bo‘lsa?! 
— Amirzodam, xon kishilari sizni so‘roqlab yurganlarini eshitdim. Ayg‘oqchilari hid olib 
So‘xga kelib qolsalar ham ajab emas! 
Bobur ota yurtidan batamom ajralganini endi astoydil his qildi. Ahmad Tanbalning 
mag‘lubiyati buloqning ko‘ziga tushgan yangi bir ko‘chki edi. Tog‘ning bu tomonida buloq 
qaytadan ko‘z ochishi mumkin bo‘lgan yo‘llarning hammasi bekildi. Agar Bobur tezroq 
tog‘ oshib Xurosonga ketmasa, Shayboniyxon aylanib o‘tib, uning so‘nggi yo‘lini ham 
bekitadi! 
Bobur iztirob ichida Tohirning oddiy bir navkar ekanligini ham unutdi-yu, unga hasrat 
qilib gapirdi: 
— Xonumondin ayrilganimiz ozmidi? Endi vatandin ham judo bo‘lurmizmi?! 
Boburning ko‘zi yoshlanganini ko‘rgan Tohirning ham ko‘ngli buzilib, lablari pirpira-di: 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling