Sihrob norboyev
Download 14.01 Kb.
|
2 5427238623617485263
1.«Evgenika» ta’limoti. «Evgenika» atamasini birinchi bo’lib 1883 yilda taniqli ingliz antropologi, psixologi va biometriya asoschisi F. Galton taklif qildi. U evgenikaga shunday ta’rif berdi: «Kelajak avlodlarning jismoniy yoki aqliy fazilatlarini yaxshilashi yoki pasaytirishi mumkin bo’lgan, jamoatchilik tomonidan nazorat qilish talab etiladigan ta’sirlarni o’rganish». Bunga u tag’in shuni qo’shimcha qildiki, birinchi bosqichda mazkur sohaga oid masalalar sof ilmiy ishlovdan o’tkaziladi, bundan ish evgenik g’oyalar targ’ibotidan nariga o’tmaydi. Ikkinchi bosqichda amaliy xususiyatga ega bo’lgan bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish va tegishli qonunlarni qabul qilish mumkin bo’ladi. Nihoyat, uchinchi bosqichda bunday qonunlar keraksiz bo’lib qoladi, chunki odamlar evgenika qonunlari zarurligini tushunib etadi. Evgenikaning otasi – J. Meller (AQSh) Er yuzini genial odamlar bilan to’ldirishni orzu qilgan, buning uchun u eng aqlli odamlarni tanlab olib, qolganlarni sterilizatsiya qilishni taklif qilgan. U, shuningdek, tanlash mezonlari muammosini ham ishlab chiqqan va shaxsning quyidagi alomatlarini ta’riflab bergan: 1) ziyolilik; 2) uyushqoqlik (boshqa odamlar bilan hamkorlikda faoliyat ko’rsatishga qodirlik), altruizm; 3) jismoniy va ruhiy salomatlik. Evgenikaning rivojlanishi insoniyat uchun dramatik oqibatlarga sabab bo’ldi. AQSh va Germaniyada irqlar o’rtasida aqliy va ma’naviy fazilatlar jihatidan jiddiy farqlar mavjudligi to’g’risida qonunlar qabul qilindi. Mazkur nazariya Shimoliy Evropa irqi (inglizlar va nemislar) yuksak darajada qobiliyatli irq, habashlar, lo’lilar, yahudiylar va slavyanlar esa – eng past irq vakillari, degan g’oyani ilgari surgan fashizmning negiziga aylandi. Nemis irqchilarining fikriga ko’ra, lo’lilar va yahudiylar to’laligicha qirib tashlanishi, boshqa past irq vakillari esa ishchi kuchi sifatida saqlab qolinishi lozim. Shunga o’xshash «evgenik» tadbirlar AQShda va boshqa mamlakatlar (Gollandiya)da ham amalga oshirildi. Insoniyatning ilg’or vakillari irqchilarning g’oyalaridan voz kechdi va madaniy relyativizm qarashlarini ilgari surdi. Mazkur nazariyaga binoan, shaxsning barcha fazilatlari ko’p sonli omillar bilan belgilanadi. Bu omillar orasida yaxshilash va takomillashtirish mumkin bo’lgan irsiyat va madaniy muhit asosiy rol o’ynaydi. Shuning uchun ham irsiy omillar rolini oshirib yubormaslik kerak. Insonning ko’pgina tug’ma xususiyatlari, avvalambor, uning aqliy qobiliyati monogen emas, balki poligendir, ya’ni bir nechta genlarning o’zaro ta’siri bilan belgilanadi. Mazkur genlar bola o’sgan va tarbiyalangan shart-sharoitlarga qarab namoyon bo’ladi. Xullas, naslning «sifati» ko’pgina omillarga bog’liq bo’ladi. Mazkur omillar orasida irsiyat va madaniy muhit muhim o’rinni egallaydi. Irsiyatni yaxshilash vazifasi mazkur ikki – irsiy va madaniy yo’nalishlarni o’z ichiga oladi. Irsiy yaxshilash ikki yo’l bilan: taqiqlash chora-tadbirlari, yangi «salbiy evgenika» yoki sterilizatsiya yordamida; rag’batlantirish chora-tadbirlari, ya’ni «ijobiy evgenika» yoki selektsiya yordamida amalga oshirilishi mumkin. Salbiy evgenika (sterilizatsiya) dramatik tarixga ega. AQShda 1907 yilda Indiana shtatida majburiy sterilizatsiya o’tkazish to’g’risida qonun qabul qilindi. qonunga binoan, ruhiy xasta, aqli zaif, jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlar uchun sudlangan odamlar, surunkali ichkilikbozlar, fohishalar, ota-onasiz etimlar va daydilar sterilizatsiya qilinishi lozim edi. XX asrning boshida evgenika g’oyasi ma’naviy qoida sifatida ilgari surildi. AQSh va Germaniyada qabul qilingan evgenik dasturlar «salbiy evgenika»ga oid tadbirlarni o’z ichiga olgan edi. XIX asr oxiri - XX asrning boshida AQShda janubiy va sharqiy Evropadan kelayotgan irsiy jihatdan «tuban» muhojirlar aholining «yuksak fazilatli» anglosakson qismini siqib chiqaryapti, degan g’oya targ’ib qilina boshlandi. Senat va hukumatga tazyiq ko’rsatilishi natijasida 1924 yilda AQShga Evropadan shimolliklar va anglosakslarning ko’chib kelishini rag’batlantiruvchi, janubiy va sharqiy Evropadan muhojirlar, ayniqsa, yahudiylarning kirishini esa qattiqqiyinlashtiruvchi qonun qabul qilindi. Majburiy tartibda sterilizatsiya qilish to’g’risidagi birinchi qonun AQShda 1907 yilda, oxirgi qonun esa – 1937 yilda Jorjiya shtatida qabul qilindi. Mazkur qonunlar mamlakatda amalda bo’lgan davrda, statistika ma’lumotlariga ko’ra, 100 mingdan ortiq kishi, shu jumladan juda ko’p habashlar majburan sterilizatsiya qilindi. Aksariyat shtatlarda ruhiy xasta, aqli zaif, jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlar uchun sudlangan odamlar, ayrim shtatlarda esa, bundan tashqari, surunkali ichkilikbozlar, epileptiklar, fohishalar, ota-onasiz etimlar va daydilar sterilizatsiya qilindi. Sterilizatsiya qilinayotgan shaxslarda qandaydir zararli genlar mavjudligi haqida hech qanday dalillar mavjud emas edi. Mamlakatga kiritish rad etilgan shaxslar haqida ham shunday deyish mumkin. Germaniyada evgenik dasturlar XIX asrning oxiri – XX asrning boshlarida «germanlarning oliy irqi»ni ko’klarga ko’targan va uni «past» irqlar ifloslashidan himoya qilishga chaqirgan «irqiy tozalik»ka oid maqola va kitoblar paydo bo’lishi bilan boshlandi. 1933 yilda hokimiyatga Gitler kelishi bilan irqchilar harakati kuchaydi va davlat dasturiga aylandi. Dastlab ruhiy xastalar, shuningdek nemis ayollari Birinchi jahon urushining oxirida Germaniyaga kelgan Frantsiya armiyasining habash askarlaridan tuqqan metislar sterilizatsiya qilindi. Shundan keyin Ikkinchi jahon urushining o’lim lagerlarida barcha lo’lilar va yahudiylarni, jinsidan qat’i nazar, yalpi qirg’in qilishga kirishildi. qirib tashlangan lo’lilar soni ma’lum emas, «yahudiylar masalasini uzil-kesil hal qilish» jarayonida esa 6 mln.dan ortiq yahudiy qirib tashlandi. Asosan SSSR va Polsha hududida qo’lga olingan minglab asirlar orasidan yaradorlar, bemorlar, jismonan zaiflar darhol o’ldirilar, qolganlardan esa ishchi kuchi sifatida foydalanilardi. Ular, toki mehnat qilish qobiliyatiga ega ekan, og’ir sharoitlarda saqlanar, shundan keyin o’ldirilar edi. Bugungi kunda XXasrning o’rtalarida Gollandiyada qabul qilingan (va yashirin amalga oshirilgan) qonunlar haqida ma’lumotlar mavjud. Bu va boshqa dahshatli ma’lumotlar bugungi kunda keng ma’lum. Ammo bu erda «salbiy» evgenika qo’ygan maqsadlar – inson populyatsiyasini zararli irsiy belgilardan «tozalash» haqida so’z yuritilganligini ko’pincha unutib qo’yadilar. Umuman olganda, evgenika asoschilari ta’riflab bergan printsiplardagi spekulyatsiyalar irqchilikning ilmga zid qoidalari va tug’ma belgilarning nasldan naslga o’tishi to’g’risidagi ta’limot bilan qo’llab-quvvatlangan. Maqsadi inson populyatsiyasini noyob irsiy belgilar bilan boyitishdan iborat bo’lgan «ijobiy» evgenikaning taqdiri qanday kechdi? Biologik va genetik irsiyatni yaxshilash to’g’risidagi rejalar turli-tuman shakllar kasb etmoqda. Masalan, amerikalik Robert Grexem Nobel mukofoti soxiblaridan olingan urug’ (sperma)ni saqlash uchun bank tashkil etdi. Undan alohida aqliy qoliliyatga ega ayollarni ixtiyoriy tarzda urug’lantirish uchun foydalanish mo’ljallangan. Hozir AQShda inson hujayralari va to’qimalarining mingdan ortiq banklari mavjud. 343 bank jinsiy hujayralarni saqlashga, 200 bank – embrion hujayralarini saqlashga ixtisoslashgan. Millatlararo biologik banklar – Euroskinbank tashkil etilmoqda. 1976 yilda AQShdagi barcha banklar yagona Uyushmaga birlashdi va umumiy standartlar ishlab chiqdi. «Ijobiy» evgenika maqsadlarini amalga oshirish yo’llari buyuk genetiklar – rossiyalik A.S. Serebrovskiy va amerikalik G.J. Meller tomonidan ko’rsatib berildi. Ularning ikkalasi ham donorlarning muzlatilgan spermasini urug’lantirish maqsadida saqlashni taklif qildi. evgenika inson genetikasi va uning muhim qismi – tibbiy genetikaning yuzaga kelishi va rivojlanishiga turtki bergan muhim omillardan biri bo’lib xizmat qildi. Evgenika tomonidan qo’yilgan maqsadlar – inson genotipini zararli irsiy belgilardan xalos etish va uni jismoniy va aqliy rivojlanish uchun muhim genlar bilan boyitish – bugungi kunda ham dolzarb bo’lib turibdi. Evgenika qo’yganumumiy vazifa – insoniyatni zararli irsiyatdan xalos etish – ћal qilinganicha yo’q. Bu vazifa genetikaga va irsiy injeneriyaga o’tdi. Bugungi kunda evgenika inson qavmidagi tug’ma kasalliklarni yo’qotishga yo’naltirilgan. Ma’lumki, kasalliklarni davolash va profilaktika qilishda ilgari bemorning o’limi bilan yo’qolgan genlar saqlanib qoladi. Evgenika oldiga uning asoschilari qo’ygan va erishilmagan maqsadlar tibbiy genetikaga o’tgan. Bugungi kunda tibbiy genetikaning va tibbiyotchilarning asosiy vazifasi bolaning rivojlanishi jarayonida yuz ko’rsatgan irsiy o’zgarishlarni boshqarish – kasallanish, mehnatga layoqatsizlik va o’limning oldini olish uchun adaptiv muhit (iqlim, parhez, dori-darmonlar) yaratish, har bir insonga uning genotipidan kelib chiqib yuqori darajada sifatli hayot kechirishni ta’minlashdan iborat. 2.Yaxshilik va yomonlik Yaxshilik va yomonlik kategoriyalari ahloqiy ongning eng umumiy tizimiga kiradi. Shu o’rinda yaxshilikni baxt-saodat, ezgulikdan farqlay olish lozim, chunki yaxshilik insoniyat baxt-saodati, ezgu niyatlarining ahloqiy tomonini ifoda etadi. Voqelik har doim kishilar uchun baxt-saodat hodisasi sifatida, kishilarning moddiy, va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish tushunchasida namoyon bo’ladi. Yaxshilik ijtimoiy hodisalarni, shuningdek, ahloqiy xatti-harakat, xulq-atvor, tamoyil va qoidalarning ayrim kishilar, jamoatchilik, insoniyat nuqtai nazaridan ijobiy baholari majmuini anglatadi. Yomonlik tushunchasida kishilarning maqsadi, ular e’zozlaydigan narsalarga zid keladigan, baxtga erishish, odamlar orasidagi munosabatlarda ijobiy o’zgarishlar qaror topishiga xalal beradigan qarashlar hamda tasavvurlar ifodalanadi. “Yaxshilik va yomonlik” tushunchalarining shakllanishi inson ongi va uning mehnat faoliyati mustaqil shakllangan davrdan boshlanadi. Ya’ni odamlarning o’zaro bir-birlari bilan munosabatlari jarayonida vujudga keladi, ijtimoiy hayot taraqqiyoti bilan ular mazmun va shakl jihatidan o’zgarib turadi. Shuni ta’kidlash kerakki, turli tarixiy davrlarda yaxshilik va yomonlik talqinida ularni bir-biridan farq qilish bilan cheklanmaslik lozim, chunki ijtimoiy turmushda yaxshilik va yomonlik tarzida namoyon bo’ladigan hodisalar ko’pincha bir-biriga zid bo’ladi. Insonning xatti-harakati, ahloqiy sifati, kishilarning aloqalari va o’zaro munosabatlari shakllari jamiyatning umumiy ahvoli bilan belgilanadi. O’tmishda turli falsafiy yo’nalishlardagi ta’limotlarda “yaxshilik va yomonlik”, “ezgulik” tushunchalari turlicha talqin qilingan. Masalan: ba’zi mutafakkirlar yaxshilik inson xatti-harakatlariga ahloqiy baho berish, yomonlik esa ezgulikka zid tushuncha sifatida Aflotun talqinicha, yaxshilik inson tabiati o’zgarmas bo’lgani uchun o’zgarmas abadiy “ximmat” deb, yana boshqalari yaxshilik bu — extiros va orzu-havasni qondiruvchi narsa, deb talqin qiladilar. Yaxshilik va yomonlik haqidagi tasavvurlar xalqdan-xalqqa, asrdan-asrga o’tib, shu qadar o’zgarib ketganki, ko’pincha ular bir-biriga tamomila zid kelib qolgan. Shuni aytib o’tish joizki, “yaxshilik va yomonlik” tushunchalari jamiyatdan tashqari va unga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lishi mumkin emas. Bu kategoriyalarga ijtimoiy-tarixiy nuqtai-nazardan yondoshmoq, ya’ni davr o’tishi bilan uning mazmuni ham o’zgarishi, boyib borishni hisobga olmoq zarur. Biroq shuni ham nazarda tutish kerakki, yaxshilik va yomonlik o’rtasida har doim ziddiyat mavjuddir. Yaxshilik va yomonlik haqidagi fikrlar Markaziy Osiyo mutafakkirlari A.N.Forobiy, A.A.Ibn Sino, A.R.Beruniy, U.Xayyom, A.Navoiy va boshqalar ijodida qam yaqqol ko’rinadi. Xususan, Forobiy “yaxshilik va yomonlik” tushunchalarining insonning ma’lum ruxiy holati va tarbiya natijasida vujudga keluvchi muayyan ma’naviy xislatlari bilan bog’lagan holda talqin qiladi. Inson xatti-harakatidagi noma’qul qoralanadigan narsalarning hammasi yomonlikdir. Bu tushunchalarning o’zgarishi ijtimoiy tuzum xususiyatlariga ham bog’liq bo’ladi, ammo bu bilan yaxshilik bilan yomonlikning ob’ektiv asosga ega ekanligini inkor etib bo’lmaydi. Yaxshilikning ob’ektivligi kishilarning jamiyatga foyda keltirish uchun intilishi va bu foyda jamiyat taraqqiyotining ob’ektiv qonuniyatlariga muvofiq bo’lishidan iborat. Yaxshilik ishonch, mehr-oqibat kabi xislatlar bilan bog’liq bo’lib, mamlakat farovonligi uchun xalol mehnat qilishdir. Yaxshilik insoniylikdir, u xalqimizning insonparvarlik qarashlarini, quvonchlarini ifodalaydi. Insonning butun hayoti, uning xalqqa tekkan nafi, mehr-muhabbati, raxm-shafqati bilan o’lchanadi. Download 14.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling