Microsoft Word usmon mushafi ziyouz com doc


Download 175.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/45
Sana02.01.2022
Hajmi175.19 Kb.
#194291
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
Shayx Ismoil Maxdum. Toshkentdagi Usmon Mushafi tarixi



Toshkentdagi Usmon Mushafining tarixi. Shayx Ismoil Maxdum 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

1

Shayx Ismoil MAXDUM 



 

TOSHKENTDAGI USMON  

MUSHAFINING TARIXI 

 

Arabchadan 

Abdulloh shayx Ismoil Maxdum o‘g‘li tarjimasi 

 

«Movarounnahr» nashriyoti 

Toshkent 1995 

 

 



 

MUQADDIMA 

 

Allohga hamd, Muhammad Rasululloh va ul zotning olu ashoblariga salotu salomlar 



bo‘lsin! 

Bundan yuz yil muqaddam Samarqand shahridagi Usmon Mushafi Peterburgdagi 

podshoh kutubxonasiga olib ketilgan va Oktyabr inqilobidan keyin musulmonlarning 

talabi bilan O’zbekistonga qaytarilgan edi. U Toshkentdagi qadimiy yodgorliklar 

muzeyida maqomiga yarasha ko‘z qorachig‘iday asraladigan va e’zozlanadigan, muborak 

boylik sifatida saqlanadigan me’rosga aylandi. 

O’rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasining kutubxonasida shu 

Mushafdan fotografiya usuli bilan olingan nusxalar saqlanar edi. Yaqin yillardan beri 

ushbu kutubxonani ziyorat qiluvchilar soni ko‘paydi. Ular bu yerda mazkur nusxani 

ko‘rib, ba’zilari yodgorliklar muzeyiga borib, unda Mushafning aslini ziyorat qilishga 

musharraf bo‘la boshladilar va bundan juda hayratlandilar. Bu orada Mushafi Usmoniy 

xalq ichida juda mashhur bo‘lib ketdi va ommaning unga bo‘lgan qiziqishi ortdi. Shu 

munosabat bilan diniy idora Mushafni o‘rganish, uning qadimiy va hozirgi holatlari 

ustidan sirli pardani olish lozim va vojib deb bildi. Mushafga qiziquvchi va 

tadqiqotchilarning ehtiyojlariga javob beradigan uning tarixi va haqiqati to‘g‘risida bir 

kitob chiqarilishini zarur deb topdi. Bu borada olib borilgan ko‘p izlanishlardan so‘ng, 

Islom olamini Mushafning mavjudligi va uning maqomi bilan tanishtirish uchun fazilatli 

olim, O’rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasining rais noiblari, shayx 

Ismoil Maxdum hafizahulloh hazratlari muxtasar bir kitob tasnif qildilar. 

Qo‘lingizdagi mo‘jaz, lekin manfaati katta bo‘lgan kitob shu sa’yi ko‘shishlarning 

mahsulidir. Alloh taolo ul zotga Islom va musulmonlar uchun qilgan xizmatlariga yarasha 

mukofotlar ato qilsin. Diniy idora rahbariyati Shayx Ismoil Maxdum hazratlarining bu 

sharafli vazifani sidqidildan ado etganliklari va Qur’oni Karimni targ‘ib etish yo‘lida qilgan 

ilmiy izlanishlarini yuksak baholab, chuqur minnatdorchilik bildirish bilan birga, kitobni 

diniy idora hisobidan nashr ettirishga, nafi hammaga tegishi uchun uni keng tarqatishga 

qaror qildi. Alloh taolo to‘g‘ri yo‘lga hidoyat etuvchi zotdir! 



O’rta Osiyo va Qozog‘iston  

musulmonlari diniy idorasi 

 

 




Toshkentdagi Usmon Mushafining tarixi. Shayx Ismoil Maxdum 

 

 




Download 175.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling