www.ziyouz.com kutubxonasi
6
hayotga kelgandek his qilardilar.
Sahobalarning Qur’onni yod olishga bo‘lgan zavqu shavqlariga dalolat qiladigan
xabarlar ko‘p. Rasululloh (s.a.v.) Qur’ondan ta’lim berish, uni tilovat qilishlikka katta
ehtimom ko‘rsatar va ta’limtarbiya, irshod ishlarini Kalomullohni yod olgan, qorilarga
topshirar edilar.
SURA VA OYATLAR TARTIBI
Shunday qilib, Qur’oni Karim Rasululloh (s.a.v.) zamonlarida yozilgan va hifz
qilingan edi. Undagi sura va oyatlarning tartibi Alloh taolo ilhomi ila Rasuli akram
(s.a.v.) tomonlaridan belgilangandir. Bu ishning Alloh subhonahu va taolo tomonidan
kelgan vahiy asosida bo‘lganligiga «Qiyomat» surasidagi oyatlar dalildur:
«Uni (Qur’onni sizning dilingizda) jamlash ham, (tilingizda) qiroat qildirish ham
Bizning zimmamizdadir. Bas, qachon Biz (ya’ni Jabroil farishta) uni (ya’ni har bir
vahiyni) o‘qib bitganimizdan so‘nggina, siz ham uni o‘qishga ergashing!» (17-18
oyatlar).
Qur’oni Karim Rasululloh (s.a.v.) davrlarida hifz qilingan, namozlarda va boshqa
munosabatlar bilan o‘qilgan kitob bo‘lgani uchun ham uni tartiblanmagan edi, deyishlik
ehtimoldan uzoqdir. Suralarning ba’zilari to‘laligicha, ba’zilari parcha-parcha qilib nozil
qilindi. Hech shubha yo‘qki, Qur’oni Karim suralari va oyatlarining hozirgi tartibi
payg‘ambar alayhissalom ko‘rsatgan va o‘qitgan tarzdadir. Imom Buxoriy asarlarida
Payg‘ambar alayhissalomdan quyidagi hadis bor: «Kimki Baqara surasining oxiridan ikki
oyat o‘qisa, unga kifoyadur». Mana shuning o‘zi ham Qur’oni Karim Rasululloh davrlarida
tartibga solinganligiga dalolat qiladi. («MalQur’on» kitobi, 213-bet.)
Do'stlaringiz bilan baham: |