Microsoft Word usmon mushafi ziyouz com doc
PAYG’AMBAR (S.A.V.)NING DAVRLARIDA YODLAB OLISH VA YOZISH YO’LI
Download 175.19 Kb. Pdf ko'rish
|
Shayx Ismoil Maxdum. Toshkentdagi Usmon Mushafi tarixi
PAYG’AMBAR (S.A.V.)NING DAVRLARIDA YODLAB OLISH VA YOZISH YO’LI
BILAN QUR’ONNI JAM’ QILINISHI
Yuqorida aytilganidek, sahobalardan Qur’onni to‘la holda yozib va yodlab olganlar bor edi. Al-Buxoriy Anas raziyallohu anhu(r.a.)dan rivoyat qiladilar: «Rasululloh davrlarida to‘rt kishi Qur’onni jam’ qilgan edi. Hammalari ansorlardan edilar. Bular: Ubay bin Ka’b, Muoz bin Jabal, Zayd bin Sobit va Abu Zayd». Bu haqda Imom Muslim ham Hamomdan rivoyat qilganlar. Imom Buxoriyning hazrati Anasdan keltirgan boshqa bir rivoyatlarida bunday deyiladi: «Payg‘ambar vafot etgan paytlarida to‘rt kishidan boshqa hech kim Qur’onni jam’ qilmagan edi: Abud Dardo, Muoz bin Jabal, Zayd bin Sobit Abu Zayd». Ibn Kasir aytadilar: «Bu yerda hazrat Anas to‘rt kishidan boshqa deganlarida faqat ansorlarni ko‘zda tutayaptilar, chunki : muhojirlardan ham jam’ qilganlar borlig‘ig‘a shubha yo‘q». Imomi Nasoiy sahih isnod bilan Abdulloh bin Umardan rivoyat qiladilar: «Qur’onni jam’ qildim va uni har bir kecha to‘la o‘qir edim. Buni eshitib Payg‘ambar alayhissalom: «Uni (Qur’onni) har oyda (to‘la) o‘qi(b chiq),» dedilar. (Hadisning asli «Sahih»da). Sha’biy aytadilar: «Payg‘ambar zamonlarida Qur’onni, olti kishi jam’ qilgan edi: Ubay, Zayd, Muoz, Sa’d bin Ubayd, Abu Zayd va Mujammi’ bin Joriya». Muhojirlardan Usmon, Ali, ibn Mas’ud, Solim Mavlo Huzayfa, Abdudloh bin Umar va ibni Oslar ham Qur’onni jam’ qilganlikdari haqida rivoyat bor. Ibni Sirindan rivoyat qilinishicha, hazrati Ali raziyallohu anhu aytdilar: «Rasululloh vafot qilganlarida, to Qur’onni jam’ qilmagunimcha jum’a namozidan boshqa namozlarda rido(ustki kiyim)imni kiymayman, deb qasam ichdim. Shunday qilib uni jam’ qildim ( yod oldim)». Xuddi shunday hadis Ikrimadan ham rivoyat qilingan. Unda aytilishicha hazrati Abu Bakr Siddiq Ikrimaga: «Ha, (Ali ridosini kiyganini) ko‘rmadim», deganlar. Toshkentdagi Usmon Mushafining tarixi. Shayx Ismoil Maxdum
Download 175.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling