Microsoft Word usmon mushafi ziyouz com doc
Download 175.19 Kb. Pdf ko'rish
|
Shayx Ismoil Maxdum. Toshkentdagi Usmon Mushafi tarixi
www.ziyouz.com kutubxonasi
10 davrada Huzayfa bin Yamon ham bor edi. Bir kishi «Kim Abu Muso qiroatida o‘qisa, Kinda eshigi oldidagi burchakka kelsin, kim Abdulloh bin Mas’ud qiroatida o‘qisa, Abdulloh uyining ro‘parasidagi burchakka o‘tsin deb qoldi. (Boshqa bir rivoyatda «Ibn Ummi Abd qiroati yoki Abu Muso Ash’ariy qiroati» deyilgan.) Ular «Baqara» surasidagi oyatning o‘qilishi tug‘risida tortishib qolgan edilar. Birlari «Alloh uchun Haj va Umrani komil suratda ado qiling!» deb o‘qisa, ikkinchilari «Haramga qilinadigan Haj va Umrani komil suratda ado qiling!» deb, o‘qir edilar. (198-oyat.). Huzayfa g‘azablanganidan, ko‘zlari chaqnab o‘rnidan turib ketdi. Masjidda bo‘lishiga qaramasdan ko‘ylagini tizzalarigacha ko‘tarib: “Yo amirul-mu’minin mening oldimga kelsin yo men uning oldiga boraman, sizlardan oldin ham shunday bo‘lgan edi. Allohga qasamki, agar tirik bo‘lsam, amirul-mu’minin oldiga borib, qiroatni bir xil qilish kerakligini uqdiraman va bu mushaflarni suvga g‘arq qilib tashlaymiz”, dedi. Abdulloh bin Mas’ud unga javoban shunday dedi: “Allohga qasamki, agar shunday qilsang, Alloh seni boshqa suvga (ya’ni jahannam suviga) g‘arq qiladi”, dedi. Xuddi shunday janjal Usmon(r.a) davrlarida Madinaning o‘zida ham sodir bo‘ldi. Ibni Ashtahning Anas bin Molikdan qilgan rivoyatlarida hazrati Anas aytadilar: “Qur’on xususida Usmon zamonlarida ixtilof qildilar. Bir muallim shogirdlariga bir sohibi mushaf qiroati bo‘yicha ta’lim berar, ikkinchi muallim ikkinchi qiroat sohibi bo‘yicha. Bolalar bir joyga to‘planganlarida bir-birlari bilan shu xususida tortishar edilar. Tortishuvlar hatto muallimlar orasida ham paydo bo‘la boshladi. Muallimlar bir-birlarining qiroatlarini ayblay boshladilar. Ish hatto shogirdlar bilan shogirdlar va muallimlar bilan muallimlar o‘rtasida qon to‘kishgacha bordi. Bu xabar Usmonga yetib keldi. U kishi, hali mening yaqinimda turib bir-birlaringizni yolg‘onchi qilasizlar va Qur’on xususida ayblaysizlar, boshqa diyorlardagi ahvol qanday kechadi? Ey Muhammad (s.a.v.) ning ashoblari, yig‘ilinglar va musulmonlarga boshqa imom saylanglar”, dedi. Ibn Abu Dovud sahih isnod bilan Suvayd bin Hafladan rivoyat qiladilar: “Suvayd aytdi: “Ali karramallohu vajhahu(k.v.) Usmon to‘g‘risida yaxshi gapdan boshqa narsa gapirmanglar. Allohga qasamki, mushaflar xususidagi ishni u bizning hammamizning maslahatimiz bilan qilgan. Menga ba’zi birovlaringizning “Mening qiroatim sening qiroatingdan yaxshi”, degan gaplaringiz yetib keldi, bu esa salkam kufrning o‘zidir», — dedilar. “Nima qilish kerak?” deb so‘radik biz, deydi Suvayd. Ali: “Ixtilof va tafriqa bo‘lmasligi uchun musulmonlarni bitta mushafga jamlash kerak, deb o‘ylayman»,— deb javob berdilar. Biz: “Sizning fikringizni qo‘llab-quvvatlaymiz”, dedik. Ali (k.v.) yana shunday deganlar: “Agar valoyat mening qo‘limda bo‘lganda, mushaflar xususida Usmon qilgan ishlarini qilardim”. («Al-Itqon» 1-jild 59-bet, «Al-Masohif» 1-bet.) Roviylar aytadilar: “Huzayfa hazrati Usmonga odamlarning ixtilofi to‘g‘risida xabar qilganda, xalifa dahshatga tushdilar va hamma sahobalarni to‘pladilar. O’sha kunlarda ularning soni 12 ming edi. Ular voqeadan xabardor etilganda, sahobalar uni katta xavf, deb bildilar. Ixtilof va tafriqa bo‘lmasligi uchun musulmonlarni bitta mushafga o‘tkazish to‘g‘risida ra’ylari bil-ittifoq, bir qarorga keldi. Mazkur sahifalardan bitta mushaf (muqovalangan kitob) qilib nusxa ko‘chirildi va unga Quraysh lahjasi asos qilib olindi. Odamlarni shu qiroatda o‘qishlikka buyurildi. Shunday qilib, katta bir fitnaning oldi olindi. Agar odamlar o‘z hollariga qolib, Qur’on qiroatlari birlashtirilmaganda, Qiyomatgacha tuzatib bo‘lmaydigan buzg‘unchilik va tahrif sodir bo‘lar edi. («Tarixul- Qur’on», 39-bet) Ibni Abu Dovud ushbu rivoyatni keltirganlar: “Usmon (r.a.) Qurayshiylar va ansorlardan 12 kishini to‘plab, ularga agar biror narsa to‘g‘risida ixtilof qilsanglar, uni Quraysh lahjasidagisini yozinglar, deb farmon berdi”. Baqara surasidagi ,,tobut»(sandiq) so‘zidan boshqa narsada ixtilof chiqmadi. Zayd «ho» bilan dedilar, qolganlar «to» bilan Toshkentdagi Usmon Mushafining tarixi. Shayx Ismoil Maxdum
Download 175.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling